Tarixiy antropologiya


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

sensu lato yotadi. Yuqori pleystosen davrida undan oxir-oqibatda 
zamonaviy anatomik va genetik turdagi odam - Homo sapiens 
shakllangan va u 4 ta shaklni o‘z ichiga qamrab olgan. Ularni 
quyidagicha nomlash mumkin: Homo sapiens africaniensis (Sharqiy va 
Janubiy Afrika), Homo sapiens neanderthalensis (Yevropa), Homo 
sapiens orientalensis (Janubiy-Sharqiy va Sharqiy Osiyo) hamda Homo 
sapiens altaiensis (Shimoliy va Markaziy Osiyo). Aniqrog‘i, ushbu 
barcha ibtidoiy odamlarni yagona Homo sapiens turiga birlashtirishning 
taklif etilishi ko‘pgina tadqiqotchilarda shubha va qarshiliklarni 
uyg‘otadi, ammo bu taklif katta hajmdagi analitik materiallarga 
asoslanadi va yuqorida biz uning kichik bir qismini keltirdik. 
Aftidan, ushbu turosti gominidlarining hammasi ham zamonaviy 
anatomik tipdagi odamning shakllanishida bir xil hissa qo‘shmagan: eng 
ko‘p genetik turli-tumanlikka Homo sapiens africaniensis ega bo‘lgan 
va aynan u zamonaviy odamning asosi bo‘lgan. Ammo zamonaviy odam 
genofondida neandertallar va denisovaliklar genlarining mavjudligi 
haqidagi eng yangi paleogenetik tadqiqotlar ma‘lumotlarining 


131 
ko‘rsatishicha, qadimgi odamning boshqa guruhlari ham bu jarayonlarda 
chetda turmaganliklarini isbotlaydi. 
Bugungi kunda odamning kelib chiqishi muammosi bilan 
shug‘ullanuvchi arxeologlar, genetiklar va boshqa mutaxassislar ko‘plab 
yangi ma‘lumotlarni to‘plashdiki, ular asosida turli g‘oyalar, hatto 
diametral qarama-qarshi gipotezalarni ham ilgari surish mumkin. 
Hozirda bu masalani sinchiklab muhokoma qilish vaqti yetdi, faqat bitta 
shart bilan: odamning kelib chiqishi muammosi — multidissiplinar 
muammo va yangi g‘oyalar natijalarning turli soha mutaxassislari 
tomonidan qo‘lga kiritilgan kompleks tahlillariga asoslanishi lozim. 
Faqat shu yo‘l bilan asrlar davomida odamlarni qiziqtirib kelayotgan eng 
munozarali masalalardan biri — inson tafakkurining shakllanishi 
muammosini yechimini topishga olib kelishi mumkin. 
Eski dunyoning barcha materiklarida hozirgi irqlarning geografik 
tarqalishidagi parallelizmlar tufayli yuqoridagi keltirilgan ma‘lumotlar 
har ikki nazariyani ham ma‘lum darajada yoqlaydi. Ammo to‗plangan 
materiallar irqlarning tarqalishi masalasida politsentrizm nazariyasi 
ustunligini ko‗rsatadi. Masalan, G‗arbiy va Sharqiy Yevropa 
hududlaridan topilgan Homo sapiens larda burun qismining, yuz 
qismining oldinga chiqqanligi ularni hozirgi zamon evropeoid 
odamlarining antropologik shakllariga o‗xshashligini ko‗rsatadi; negroid 
irqi vakillarida burun kataklarining kattaligi, yuz qismining oldinga 
chiqqanligi qadimgilarga ham xos; yuzning yapaloq ekanligi, 
ko‗zlarining qisiqligi Xitoyning so‗nggi paleolit davri yodgorliklarida 
ko‗plab kuzatilgan. Shu bilan birga barcha yuqori paleolit davri 
yodgorliklaridan topilgan bosh suyaklari, ular qaysi materikdan 
topilishidan qat‘i nazar, qator belgilari bilan bir-birini takrorlashadi. Bu 
faktor so‗nggi paleolit davri odamlarining aralash tipli ekanligi yoki 
ularning tarkibida bir nechta tiplar mavjud bo‗lganligini ko‗rsatadi. 
Aksincha, hozirgi zamon odamlari kuzatilganda, ularning tiplari qadimgi 
odamlarning tiplariga qaraganda ko‗p emasligi ko‗zga tashlanadi. Bu 
xulosalar esa monotsentrizm nazariyasi vakillarining foydasiga xizmat 
qiladi. Bu davrdagi odam tiplarining belgilariga keng, pastga tushgan 
yuz, cho‗zinchoq bosh suyagi, peshona, yuz orbitasining pastligi kiradi. 


132 
Bularning hammasi so‗nggi paleolit davri bosh suyaklariga o‗ziga xos 
morfologik shakl beradi. Bunday holatlarni antropologik adabiyotlarda 
yuz skeleti bilan bosh chanog‗i o‗rtasidagi disgarmonik bog‗liq emaslik 
deb aytiladi. Bu holat hozirgi zamon odami shakllanishining ilk 
bosqichlarida uning morfologik tipi hali to‗liq shakllanib bo‗lmaganligi 
sababli yuz bergan bo‗lishi ham mumkinligini ko‗rsatadi. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling