Tarixiy antropologiya


Hozirgi zamon odamining kelib chiqishi to„g„risidagi ilmiy


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

1. Hozirgi zamon odamining kelib chiqishi to„g„risidagi ilmiy 
nazariyalar. 
Zamonaviy odamning ilk vatanini qidirish masalasi 
tarixning qiziqarli kashfiyotlarga boy antropologik topilmalarning 


120 
solnomasi bo‘lib qoldi. Tabiatshunoslarning e‘tiborini avvalo, Osiyo 
qit‘asi, jumladan, Janubiy-Sharqiy Osiyo o‘ziga tortgan va bu yerdan 
Dyubua keyinchalik xomo erektus deb nomlangan dastlabki gominid 
qoldig‘ini topgan (Homo erectus-tik yuruvchi odam). So‘ngra 1920–
1930-yillarda Markaziy Osiyo Shimoliy Xitoydagi Chjoukoutyan 
g‘oridan bundan 460–230 ming yillar avval yashagan 44 ta odam 
skeletining qoldiqlari topildi. Sinantroplar deb nom olgan ushbu 
odamlarni bir vaqtlar odamning shajarasidagi eng qadimgi bo‘g‘in, deb 
hisoblaganlar. 
Ammo asta-sekin «insoniyat beshigi» roli Afrikaga ko‘chdi. 1925 
yilda Kalaxari cho‘lidan avstralopitek deb nomlangan qazilma 
gominidning qoldiqlari, keyingi o‘tgan 80 yil davomida ushbu qita‘ning 
janubi va sharqidan yuzlab bunday qoldiqlar topildi va ularning yoshi 
1,5 mln.dan 7 mln. yilgacha belgilandi. 
Shunday bo‘lishiga qaramasdan, arxeologlarning ixtiyoridagi 
asosiy manba — bu toshdan ishlangan mehnat qurollari hisoblanadi. 
Ular orqali toshga ishlov berish usullari qanday takomillashganini va 
odamni intellektual qobiliyatlarining qanday rivojlanganligini kuzatish 
mumkin. 
Meridional yo‘nalishda O‘lik dengizi botig‘idan Qizil dengiz 
orqali va so‘ngra Efiopiya, Keniya va Tanzaniya hududlaridan ko‘plab 
olduvoy tipidagi (chopperlar, choppinglar, qo‘pol retushlangan 
uchirindilar va h.k.lar) tosh buyumlarga ega eng qadimgi makonlar 
topilgan. Shuningdek Kada Gona daryosi havzasidadagi 2,6 mln yillar 
bilan sanalanadigan tufning ostidan 3 mingdan ziyod primitiv tosh 
qurollar topilgan bo‘lib, ular dastlabki Homo vakili — bilag‘on odam - 
Homo habilis lar tomonidan ishlangan. 
Odamzotning yoshi keskin oshdi: ma‘lum bo‘lishicha, 6–7 mln. 
yillar muqaddam umumiy evolyutsion daraxtdan avstralopiteklar ajralib 
chiqqan va avstralopiteklar yangi ―aqlli‖ taraqqiyot yo‘liga asos soldilar. 
Bundan tashqari, zamonaviy anatomik tipdagi — aqlli odam Homo 
sapiens ham bundan taxminan 200–150 ming yillar avval Afrikada 
paydo bo‘ldi. Shunday qilib, 1990-yillarga kelib odamning «afrikadan» 
kelib chiqish nazariyasi turli populyasiyalarni genetik tadqiqotlari bilan 


121 
ham mustahkamlandi va umum qabul qilindi. Agar Homo sapiens 
dastlab faqat Afrikada paydo bo‘lgan bo‘lsa, u holda qanday qilib 
boshqa qita‘larni egalladi? 
Bundan 1,8–2,0 mln. yillar muqaddam zamonaviy odamning uzoq 
o‘tmishdoshi— tik yuruvchi odam Homo erectus yoki unga yaqin 
bo‘lgan Homo ergaster dastlab Afrikadan tashqariga chiqdi va 
Yevrosiyoni egallay boshladi (so‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, Dmanissi 
odami – xomo jeorjikus - xomo xabilis bo‘lgan: M.A. de Lyumley.). Bu 
qadimgi migrasiyalarning birinchi to‘lqini edi. Shunday qilib, Buyuk 
ko‘chishni — bir necha yuz ming yillar uzoq va sekin davom etgan 
jarayonni qazilma odamlar va arxaik tosh industriyalar orqali kuzatish 
imkoni mavjud. 
Birinchi migrasion oqimda ikkita asosiy — shimolga va sharqqa 
bo‘lgan yo‘nalishlarni qayd qilish mumkin. Birinchi yo‘nalish Yaqin 
Sharq va Eron tog‘lari orqali Kavkazga (va, ehtimol, Kichik Osiyoga) va 
so‘ngra Yevropaga yo‘nalgan. Bunga dalil sifatida — Dmanissidagi 
(Sharqiy Gruziya, 1,810 ming yil) va Atapurkadagi (Ispaniya: 1,7–1,6 
va. 1,2–1,1 mln yil) eng qadimgi paleolit davri topiilmajoylari 
materialarini keltirish mumkin. 
Ibtidoiy odamning ko‘plab izlari Qozog‘iston va O‘rta Osiyodan 
ham topilgan. Xususan, Kaspiyning qurg‘oqchil Sharqiy sohillaridan o‘n 
minglab primitiv tosh qurollar topilgan: faqat Mugodjari tog‘laridan 1 
m

joydan o‘nlab qadimgi qo‘l cho‘qmorlarini — bifaslarni yig‘ib olish 
mumkin. 
Sharqiy yo‘nalishda odamning ilk izlari — 1,65–1,35 mln yillar 
bilan sanalangan galkali qurollar — Janubiy Arabistondagi g‘orlardan 
topilgan. So‘ngra sharqqa qarab eng qadimgi odamlar ikki yo‘nalishda 
harakat qilganlar: shimoliy yo‘nalish O‘rta Osiyoga, janubiy yo‘nalish 
Sharqiy va hozirgi Pokiston va Hindiston hududlari orqali o‘tgan. 
Pokistondagi kvarsit qurollarga ega (1,9 mln yil) va Xitoydagi (1,8–1,5 
mln yil) topilmajoylarning sanasi, shuningdek Indoneziyadagi 
antropologik topilmalarga (1,8–1,6 mln yil) ko‘ra, aytish mumkinki, ilk 
gominidlar Janubiy, Janubiy-Sharqiy va Sharqiy Osiyoni 1,5 mln yillar 
muqaddam zabt etganlar. Markaziy va Shimoliy Osiyo chegarasidagi 


122 
Janubiy Sibir hududida, Oltoyda ilk paleolit davriga oid Karama makoni 
ochilgan va uning yotqiziqlaridan arxaik qayroqtosh industriyali 4 ta 
qatlam ajratilgan. Ushbu qatlamlarning sanasi 800–600 ming yillar bilan 
belgilanadi. 
Birinchi to‘lqin migrantlar tomonidan qoldirilgan Yerosiyoning 
barcha eng qadimgi makonlaridan eng qadimgi olduvoy tosh industriyasi 
uchun xarakterli bo‘lgan qayroqtoshdan yasalgan qurollar topilgan. 
Taxminan shu vaqtning o‘zida yoki biroz kechroq Afrikadan 
Yevrosiyoga boshqa bir ilk gominidlarning — kichik hajmli tosh 
buyumlar ko‘pchilikni tashkil qiladigan mikrolitli industriya egalari 
migrasiya qildi va ular ham amalda yuqorida ta‘kidlangan yo‘nalishlar 
orqali harakatlandi. Ushbu ikkala eng qadimgi toshga ishlov berish 
texnologiyalari an‘analari ibtidoiy odamzotning qurollar ishlab 
chiqarishini shakllanishida hal qiluvchi rol o‘ynadi. 
Afrikadan Yaqin Sharqqa ikkinchi global migrasiya to‘lqini 
bundan 1,5 mln yillar avval bo‘lib o‘tdi. Yangi migrantlar kim edi? 
Aftidan, ular Homo heidelbergensist (geydelberg odami) — o‘zida ham 
neandertal va ham sapiyens xususiyatlarni jamlagan odamning yangi turi 
bo‘lgan. Ushbu «yangi afrikaliklar» ni ancha takomillashgan toshga 
ishlov berish texnologiyalar, ya‘ni levallua chaqmoqlash texnikasi va 
bifasial ishlov berish usullarga ega ashelga xos industriyalari bilan 
farqlash mumkin. Ushbu migrasion to‘lqin Sharqqa harakatlanib, 
birinchi to‘lqin gominidlari avlodlari bilan to‘qnash kelganlar va bu 
holat ikki industrial an‘analarning — galkali va so‘nggi ashel 
an‘analarining aralashuviga olib keldi. 
Afrikadan migrasiya qilgan ikkinchi eng qadimgi to‘lqin 
Osiyoning g‘arbiy mintaqalari orqali sharqqa harakat qilgan. Ular ikkita 
yo‘l orqali yo‘nalganliklari taxmin qilinadi: ulardan biri Himolay 
tog‘larining janubrog‘idan va Tibet tog‘laridan Hindiston orqali Sharqiy 
va Janubiy-Sharqiy Osiyoga, ikkinchisi — Old Osiyo tog‘laridan 
Markaziy va Shimoliy Osiyoga qarab yo‘nalgan. 
Bundan 
600 
ming 
yillar 
muqaddam 
ushbu 
afrikaliklar 
Yevropagacha yetib bordilar va natijada neandertallar — zamonaviy 
odamga yaqin tip shakllandi. Taxminan 450–350 ming yillar muqaddam 


123 
ushbu ashel an‘anasi sohiblari Yevrosiyoning sharqiga, Hindiston va 
Markaziy Mo‘g‘ilistonga yetib bordilar. Biroq Osiyoning sharqiy va 
janubiy-sharqiy mintaqalariga yetib bormadilar. 
Afrikadan uchinchi chiqish anatomik zamonaviy odam turi bilan 
bog‘liq va ular bundan 200–150 ming yillar muqaddam Afrika 
evolyutsion maydonida paydo bo‘ldilar. Taxmin qilinishicha, 80–60 
ming yillar muqaddam so‘nggi paleolit davriga xos madaniy an‘analar 
sohiblari bo‘lgan Homo sapiens boshqa qit‘alarni: dastavval Yevrosiyo 
va Avstraliyaning sharqiy qismlarini, so‘ngra — Markaziy Osiyo va 
Yevropani egallay boshlagan. 
Shu joyda biz tariximizning eng dramatik va munozarali qismiga 
duch kelamiz. Genetik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bugungi odamlar 
butunlay bitta turdan - Homo sapiensdan tarkib topgan. Yevrosiyo 
hududlarida yuz minglab yillardan beri yashab kelayotgan Afrikadan 
chiqqan birinchi va ikkinchi to‘lqinning eng qadimgi odamlar 
populyasiyalari avlodlariga nima bo‘ldi? Ular bizning turimiz 
evolyutsiyasi tarixida iz qoldirdimi, agar qoldirgan bo‘lsa, ularning 
zamonaviy odamzod shakllanishiga qo‘shgan hissalari qanday? 
Bu savolga tadqiqotchilarning javoblarini ikkita turlicha guruhga 
monosentristlar va polisentristlarga ajratish mumkin
O‘tgan asrning oxirlarida Homo sapiens ning paydo bo‘lishi 
masalasida monosentrik nazariya, ya‘ni zamonaviy odamning ―afrikadan 
chiqqanligi‖ va uning vatani Afrika ekanligi va shu yerdan butun 
dunyoga tarqalganligi haqidagi qarashlar to‘liq ustunlik qildi. 
Zamonaviy odamlarda genetik o‘zgaruvchanlikni o‘rganish natijalariga 
asoslangan tadqiqotchilarning hisoblashicha, 80–60 ming yillar 
muqaddam Afrikada demografik portlash sodir bo‘lgan va aholi 
sonining ortishi hamda oziq ovqat zaxiralarining yetishmasligi 
Yevrosiyoga migrasiyaning navbatdagi to‘lqinini boshlab berdi. 
Evolyusion jihatdan nisbatan mukammalroq bo‘lgan tur bilan raqobatga 
dosh bera olmagan boshqa zamondosh turlar, masalan neandertallar 
bundan 30-25 ming yillar avval evolyutsion zanjirdan tushib qoldilar. 
Monosentristlarning 
ushbu 
jarayonning 
borishiga 
nisbatan 
qarashlari turlicha. Ulardan birlari, yangi odamlar populyasiyalari 


124 
aborigen aholini qirib yoki noqulay mintaqalarga siqib chiqardi va bu 
joylarda neandertallarda o‘lim, ayniqsa, bolalar o‘limi kuchaydi va 
tug‘ilish kamaydi, deb hisoblasalar, boshqalari, uzoq vaqt yonma-yon 
yashaganlari tufayli ayrim hollarda (Pireneyaning janubida) zamonaviy 
odamlar va neandertallar madaniyatlarining diffuziyasi, ba‘zan esa 
gibridizasiya sodir bo‘lgan, degan fikrni ilgari suradilar. Nihoyat, 
uchinchi nuqtai-nazarga ko‘ra, zamonaviy odamlar va neandertallar 
o‘rtasida akkulturasiya va assimilyasiya jarayonlari sodir bo‘lgan va 
aborigen aholi genetik jihatdan so‘rilib ketib, yo‘q bo‘lib ketgan.
Ishonchli 
arxeologik 
va 
antropologik 
dalillarsiz 
ushbu 
xulosalarning barchasini to‘liq qabul qilish qiyin. Garchi, agar aholining 
tez ko‘payishi haqidagi munozarali fikrni qabul qilsak ham, baribir nima 
uchun ushbu migrasion oqim dastavval qo‘shni hududlarga emas, balki 
to Avstraliyagacha bo‘lgan uzoq sharqqa yo‘l olganligi tushunarsiz 
bo‘lib qoladi. Aytish joizki, bu yo‘lda aqlli odam 10 ming km dan 
ko‘proq masofani bosib o‘tishi lozim edi, biroq bu oraliqda arxeologik 
ma‘lumotlar hanuz topilmagan. Bundan tashqari, arxeologik 
ma‘lumotlarga ko‘ra, Janubiy, Janubiy-Sharqiy va Sharqiy Osiyo 
mahalliy industriyalari qiyofasida bundan 80-30 ming yillar oralig‘ida 
hyech qanday o‘zgarishlar yuz bermagan. Kelgindilar bilan aborigen 
aholi aralashganda bunday o‘zgarishlar bo‘lishi muqarrar edi.
Bunday «yo‘l» dalil isbotlarning yo‘qligi xomo sapiyensning 
Afrikadan dengiz sohillari bo‘ylab yo‘nalganligi va ular qoldirgan 
paleolit davriga oid izlar hozirda suv ostida qolganligi haqidagi 
qarashlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Biroq voqyealar shu tarzda 
rivojlangan 
bo‘lsa, 
Janubiy-Sharqiy 
Osiyo 
orollarida 
yangi 
afrikaliklarning (xomo sapiyensning) tosh industriyalari o‘zgarmagan 
holatda paydo bo‘lishi kerak edi, ammo 60-30 ming yillar bilan 
sanalanadigan arxeologik materiallar buni tasdiqlamaydi. 
Monosentrik faraz hozirgacha boshqa ko‘plab savollarga qoniqarli 
javob bermadi. Xususan, nega zamonaviy jismoniy tipdagi odam 150 
ming yil avval paydo bo‘lgan bo‘lsa, an‘anaviy ravishda so‘nggi paleolit 
davri bilan bog‘lanadigan madaniyat 100 ming yilga kechikib paydo 
bo‘ldi? Nima uchun Yevrosiyoning bir-biridan uzoq hududlarida deyarli 


125 
bir vaqtda paydo bo‘lgan ushbu madaniyat unchalik gomogen emas, 
agar uning sohiblari yagona tur bo‘lganda madaniyatlar bir xilda bo‘lishi 
kerak emasmidi? 
Odam 
tarixidagi 
«oq dog‘lar»ni polisentrik konsepsiya 
tushuntirishga 
harakat 
qiladi. 
Ushbu 
odamning 
mintaqalararo 
evolyutsiyasi haqidagi gipotezaga ko‘ra, Homo sapiens ning shakllanishi 
Afrikada ham, o‘z vaqtida Homo erectus lar tomonidan o‘zlashtirilgan 
Yevrosiyoning 
keng 
hududlarida 
bir 
xilda 
sodir 
bo‘lgan. 
Polisentristlarning fikriga ko‘ra, aynan har bir mintaqada qadimgi 
aholining uzluksiz rivojlanishi Afrikada, Yevropada, Sharqiy Osiyo va 
Avstraliyada so‘nggi paleolitning ilk bosqichlariga oid madaniyatlarning 
sezilarli darajadagi tafovutlarga egaligini ko‘rsatadi. Garchi zamonaviy 
biologiya nuqtai-nazaridan ham turli va geografik jihatdan olis 
hududlarda bitta yagona turning shakllanishi ehtimoli kam, bu joylarda 
ibtidoiy odamning taraqqiy topgan moddiy va ma‘naviy madaniyatga 
ega zamonaviy odamning mustaqil va parallel evolyutsiyasi jarayonlari 
sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Quyida biz ushbu tezisni isbotlovchi, Yevrosiyoda ibtidoiy odam 
evolyutsiyasi bilan bog‘liq arxeologik, antropologik va genetik 
ma‘lumotlarni keltiramiz.
Ko‘p sonli arxeologik topilmalarga ko‘ra, Sharqiy va Janubiy- 
Sharqiy Osiyoda 1,5 mln yillar avvalgi tosh industriyalarning 
rivojlanishi Afrika va Yevrosiyoning boshqa qismlaridagiga qaraganda 
tubdan boshqacha yo‘nalishda kechgan. Qizig‘i shundaki, xitoy-malay 
hududida tosh qurollar yasash texnologiyasi million yillar davomida 
sezilarli o‘zgarishlarsiz hukm surgan. Bundan tashqari, ushbu tosh 
industriya 80-30 ming yilliklar oralig‘ida, bu yerda zamonaviy anatomik 
turdagi odamlar paydo bo‘lishi kerak bo‘lgan davrda hyech qanday 
keskin innovasiyalar — toshga ishlov berishda na yangi texnologiyalar 
va na yangi tosh qurollar tiplari paydo bo‘lmagan. 
Antropologik ma‘lumotlarga kelsak, xomo yerektusning ko‘proq 
mashhur skelet qoldiqlari Xitoy va Indoneziyadan topilgan. Orasidagi 
tafovutlarga qaramasdan ular yetarlicha bir xildagi guruhni tashkil 
qiladi. Xitoyning Yunsyan uyezdi hududidan topilgan xomo yerektusni 


126 
miyasining hajmi (1152–1123 sm
3
) alohida qiziqish uyg‘otadi. Bundan 1 
mln yillar muqaddam yashagan ushbu qadimgi odamlar morfologiyasi 
va madaniyatining anchayin ilgarilab ketganligini ularning yonidan 
topilgan tosh qurollar ham tasdiqlaydi. 
Osiyo xomo yerektusining navbatdagi evolyutsion bo‘g‘ini 
Shimoliy Xitoydagi Chjoukoutyan g‘oridan topilgan. Ushbu gominid 
Yava pitekantroplariga o‘xshash bo‘lib, Homo turiga Homo erectus 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling