Tarixiy antropologiya


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

2. Avstrolopiteklar. Avstrolopiteklar tarqalgan hudud ham juda 
katta bo‘lib ular Janubiy Saxro cho‘llaridan boshlab butun Afrika 
qit‘sini o‘z ichiga qamrab oladi. Bugungi kunda fanga ma‘lum 
bo‘lishicha avstrolopiteklar xech qachon Afrika qit‘asini tark 
etishmagan. Yana shuni ta‘kidlab o‘tish lozimki avstrolopitekka 
o‘xshagan mavjudot qoldiqlari Afrika qit‘asidan boshqa Xitoy va 
Indoneziyada ham topilgan bo‘lib lekin ular o‘z isbotini topmagan 


101 
hamda baxsli munozaralarga boy bo‘lib turibdi. Afrika qit‘asi ichida 
avstrolopiteklarning istiqomat qilgan hududlari ikkta asosiy rayonga 
bo‘linadi. Bular Sharqiy Afrika (Tanzaniya, Keniya, Efiopiya) va 
Janubiy Afrikadir. 
Avstrolopiteklar yashagan davr va turlariga qarab ularni uch 
guruhga buo‘lib o‘rganishimiz mumkin.
Ilk avstrolpiteklar – 7-4 mln yillar ilgari yashagan bo‘lib juda primitiv 
tana tuzilishiga ega bo‘lgan. Bugungi kunda ularning bir nechta turlari 
o‘rganilgan.
Rivojlangan avstrolopiteklar – 4 -2,5 mln yillar ilgari yashagan bo‘lib 
unchalik katta bo‘lmagan tana tuzilishiga ega bo‘lgan. Asosan 
Australopithecus urug’i bir nechta turi bilan ajralib turadi. 
Yirik avstrolopiteklar – 2,5-1 mln yillar ilgari yashagan bo‘lib judak 
yirik tana va jag‘ suyaklari va juda kichik odingi lablari va juda katta 
pastki lablari bilan ajralib turadi. Yirik avstrolopitekla o‘z navbatida 
uchta turdan iborat Paranthropus guruhiga ham bo‘linadi
Bu guruhlar ichida ya‘ni Sharqiy hamda Janubiy Afrika 
Respulikalarida yashagan avstrolopiteklar o‘rtasida taksonomik 
bog‘liqlik xam xali o‘z isbotini topgani yo‘q. Lekin avstrolopiteklarning 
bir vaqtning o‘zida va bir qancha hududlarda istiqomat qilishgani bir 
qancha faraz ilgari surilgan bo‘lsa ham xali fanga noma‘lumoigicha 
qolmoqda. Yana bir qiziqarli jihati shundaki avstrolopiteklarning ayrim 
turlar eng qadimgi odamlar (yoki "ilk Homo") vakillari bilan bir 
hududda ya‘ni Sharqiy Afrikada yashaganliklari xaqida ikkilanishsiz 
e‘tirof etishimiz mumkin.
 Hozirgi paytda 400 dan ortiq avstrolopitek qoldiqlarining 
topilganligi ma‘lum. Jumladan, Sharqiy Afrikadagi Olduvay darasidan 
zinjantrop qoldiqlari va Tanzaniyadan, shuningdek, Efiopiyaning 
janubidagi Omo daryosi havzasidan yana boshqa topilmalar qo‗lga 
kiritilgan. Avstrolopiteklarga yaqin shakl Janubi-Sharqiy Osiyodan, 
gigantopitek qoldig‗i Xitoyning janubiy qismlaridan, megantrop qoldig‗i 
esa Yava orolining Sangirani degan joyidan topilgan. 
Avstrolopiteklarga oid materiallar V.P.Yakimov (1966) va 
Ya.Ya.Roginskiylar 
tomonidan ancha mukammal o‗rganilgan. 


102 
Avstrolopiteklar ikki oyoqda yurishgan. Ammo avstrolopiteklar 
oyoqlarining tovon qismi tik yurishga unchalik moslashmagan, chunki 
uzoq vaqt daraxtga ilinib yurish natijasida panjaning rivojlanganligi 
kuchli edi. Avstrolopiteklarning jag‗ qismi juda katta edi. Lekin oziq 
tishlarining ancha kichikligi ularni odamsimon maymunlardan 
uzoqlashtirib odamlarga yaqinlashtiradigan belgi edi. Avstrolopitek 
maymunlarining miyasining hajmi 435sm kubdan – 600 sm kubgacha, 
yoki o‗rtacha 522 sm kub atrofida edi. Shuni ta‘kidlashimiz kerakki, 
arxantroplar miyasining o‗rtacha hajmi 974 sm, hozirgi zamon odamlari 
miyasining 
hajmi 
1300 
sm 
kubga 
tengdir. 
Avstrolopitek 
maymunlarining o‗rtacha og‗irligi 36 kg dan 55 kg gacha bo‗lgan. 
Shu narsa diqqatga sazovorki, avstrolopiteklar oyoqlarining shakli 
ko‗proq odamlarning oyoqlariga yaqin bo‗lsa, boshlarining shakli esa 
ko‗proq 
primitiv 
edi. 
Avstrolopiteklarning 
bosh 
chanog‘i 
shimpanzenikiga o‘xshash. Ular asosan yirik jag‘ suyagli, katta bosh 
suyaklari, miya xajmining kichigligi va keng yuz tuzilishi bilan 
xarakterlanadi. Avstrolopiteklarning tishlari yirik lekin joylashuviga 
ko‘ra odamnikiga yaqin bo‘lgan. 
Avstrolopiteklarni tur sifatida sistemalashtirish masalasida ham 
olimlar o‗rtasida tortishuv ketadi. Ko‗pchilik olimlar avstrolopiteklarni 
gominidlar oilasining ―kichik oilasi‖ deb qarashsa, boshqa bir olimlar 
ularni ―pongidlar oilasi‖ tarkibiga kiruvchi kichik oila deb hisoblashadi. 
Har holda avstrolopiteklar odamlar dunyosiga emas, balki hayvonlar 
dunyosiga kirganligini alohida ta‘kidlashimiz kerak. Hali bu davrda 
avstrolopiteklarning hayvonlar dunyosidan odamlar dunyosiga o‗tishi 
uchun amalga oshirilishi kerak bo‗lgan ―buyuk sakrash‖ yuz bermagan 
edi. 
Antropolog 
olimlardan 
V.P.Yakimov 
avstrolopiteklarni 
antropoidlarga emas, balki gominid primatlarga qo‗shishga harakat 
qilgan. Uning fikricha, ular ikki oyoqda yurishgan, gavdaning yuqori 
qismini 
ushlab 
turish 
uchun 
qo‗ldan 
suyanchiq 
sifatida 
foydalanishmagan. Ular nisbatan katta va ancha murakkab tuzilishga ega 
bo‗lgan miyasi, shuningdek, bosh chanog‗i tuzilishining ayrim belgilari, 


103 
tish sistemasi va skelet tuzilishi bilan hozirgi antropoidlar yoki eng 
qadimgi odamlarni eslatadi.
Janubiy Afrika avstrolopiteklari yashagan qatlamlar yuqori 
eoplestotsen, yuqori villafrank, ayrimlari esa quyi pleystotsen davri bilan 
davrlanadi va ularning yoshi o‗rtacha 2-3 mln. yilni tashkil etadi. 
Sharqiy 
Afrika 
avstrolopiteklarining 
yoshi 
Janubiy 
Afrika 
avstrolopiteklarining yoshiga nisbatan ancha yuqoridir. Yoshni 
aniqlashning kaliy-argon usuliga qaraganda, ularning yoshi bir necha 
yuz mingdan 5,5 mln yillar bilan belgilanadi. Janubiy Afrika 
avstrolopiteklari yoshiga nisbatan Sharqiy Afrika avstrolopiteklarining 
yoshi yuqori bo‗lishining asosiy sababi bu hududlarda vulqonlarning 
tez-tez bo‗lib turganligi natijasidir. Juda ko‗plab avstrolopiteklar 
yashagan joylar o‗sha davrda yashagan hayvonlarning suyaklari bilan 
birga vulqon kullari, tuf va lavalar bilan qoplanib qolgan. Shuning uchun 
ham aynan shu hududlarda ko‗plab avstrolopiteklarning suyaklari 
saqlanib qolgan. Aynan shu qadimgi qatlamlarning ustki qismi vulqon 
kuli va lavalari bilan qoplanib qolganligi natijasida ularni kaliy-argon 
usuli bilan davrlash nisbatan oson kechdi. Ya‘ni, har qanday geologik 
qatlam yoki antropologik qatlam ma‘lum bir geologik hodisa tufayli 
berkilib qolgan bo‗lsa, ular toza – ―steril qatlam‖ deb ataladi. Chunki 
o‗sha berkilib qolgan qatlamni aniq vaqtini aniqlash mumkin bo‗ladi. 
Avstrolopiteklar tropik o‘rmonlarda va savannalarda yashab asosan 
o‘simliklar bilan oziqlanishgan. Lekin shu o‘rinda shuni ta‘kidlab o‘tish 
lozimki so‘ngi avstrolopiteklar ba‘zi olimlarning fikrlariga ko‘ra 
antilopalarga ov qilishgan yoki katta yirtqich hayvonlarning o‘ljalirini 
tortib olib oziqlana boshlaganlar. Ilk avstrolopiteklar asosan o‘rmonlarda 
keng tarqalishgan va yashaganlar. Janubiy Afrikaning rivojlangan 
avstrolopiteklari esa juda keng hududlarda tarqalganlar. Ular asosan 
o‘rmonlardan 
tortib 
quruq 
savannalarda 
yashashgan. 
Yirik 
avstrolopiteklar esa olimlarning fikriga ko‘ra ko‘proq suvga yaqin 
joylarda yashashgan. Lekin ba‘zi bir olimlarning fikriga ko‘ra esa ular 
asosan quruq va ochiq landshaftli hududlarda yashashgan.
Sharqiy Afrikadan topilgan avstrolopiteklarning qoldiqlari asosan 
ko‘l bo‘ylari yoki suvga yaqin bo‘lgan joylardan aniqlangan. Bu 


104 
topilmalar ularning xammasi suvga yaqin joylarda yashaganliklaridan 
dalolat bermaydi. Chunki aynan suvga yaqin bo‘lgan joylarda ularning 
suyak qoldiqlari yaxshi saqlangan. Balki avstrolopiteklarning yashagan 
hududlari suvdan uzoq joylarda joylashganligi ham bo‘lishi mumkin. 
Odatda avstrolopiteklar yashagan davr rekonstrusiya qilingan 
Afrika landshaftlari o‘zida o‘rmonlar bilan birga quruq savannalarni 
ham qamrab oladi. Bu landshaftlarning hilma-hilligi balkim keyinchalik 
zamonaviy odamlarning yerning turli yerlarini o‘zlashtirilishiga olib 
kelgan bo‘lishi mumkin. Bu savollar va taxminlarga javobni aynan 
avstrolopiteklak yashagan davrdan qidirish maqsadga muofiq bo‘ladi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling