Tarixiy antropologiya


Homo sapiens. Homo sapiens sapiens


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

3. Homo sapiens. Homo sapiens sapiens (ikki bor aqlli odam) 
qayerda paydo bo‗lgan, degan savolni qo‗yadigan bo‗lsak, bu savolga 
javob berish ancha mushkuldir. Agar olimlar odamning dastlabki kelib 
chiqqan vatani Afrika ekani haqida yagona fikrga kelgan bo‗lishsa, 
Homo sapiens sapiens haqida bir fikrga kelmaganlar. Mavjud fikrlar esa 
xilma-xildir. Shulardan birinchisi – yana Afrika, zero aynan ana shu 
qit‘aning janubi-sharqida nafaqat qazilma gominidlar va unga qarindosh 
odamsimon shakllar rivojlanishning deyarli barcha bosqichlari, balki 
hozirgi zamon tipidagi odamning ilk antropologik topilmalari 
aniqlangan manzilgohlar topilgan. 
Ikkinchi fikrga ko‗ra, odamning tadrijiy rivojlanishi anchagina quyi 
bosqichlarda u qadar mushtarak xususiyatga ega bo‗lmagan. Hozirgi 
tipdagi aqlli odam shunchaki Afrikada paydo bo‗lib, keyinchalik yer 
kurrasi bo‗ylab joylashmagan. U anchagina kengroq hududda, go‗yoki 
sayyoramizning turli geografik mintaqalarida yashagan qadimgi odamlar 
negizida shakllangan, deb aytishga barcha asoslar bor. Biz o‗zimizning 
shajaramizdan o‗sha uzoq o‗tmishdoshimiz neandertallarni ham 
chiqarib yubormasligimiz kerak. Bunda gap madaniyatni almashinishi 
emas, balki aralashishi to‗g‗risida bo‗lishi kerak. 
Bu jarayonning yorqin birinchi dalili Tog‗li Oltoyda olingan. 
Oltoydagi g‗or makonlarda bundan 60–30 ming yillar muqaddam o‗rta 
paleolit tosh qurollarini yuqori paleolit tosh qurollari bilan 
almashganligini ko‗ramiz. Ikkinchi xuddi shunday yodgorlik 
O‗zbekistondagi Obirahmat g‗ori materiallari bo‗lib, bu erda ham tog‗li 
Oltoydagi g‗or bilan bir davrlarga xos bo‗lgan tosh qurollari topilgan. 
Ammo Obirahmat g‗orining ustunlik tomoni bu yodgorlikda ham odam 


136 
suyaklari topilgan bo‗lib, bu suyaklar aynan neandertal odami bilan 
hozirgi zamon odami orasidagi oraliq odamidir (bu masalaga quyida 
qaytamiz). 
Shunday qilib, XX asrning 70-yillarigacha fanda insoniyatni bir 
chiziq bo‗ylab taraqqiy etganligi, ya‘ni evolyutsiyasi bo‗lganligi 
to‗g‗risidagi nazariya bor edi. Bu nazariyaga ko‗ra, dastlab Homo 
Erectus, keyin neandertal odami va undan keyin hozirgi zamon odami 
paydo bo‗lganligi to‗g‗risidagi qarash hukmron edi. Oltoyning Denisov 
g‗or-makonida arxeologlardan tashqari geologlar, paleontologlar va 
boshqa ko‗plab mutaxassislar ishlashib, odamni kelib chiqishi to‗g‗risida 
yuqorida keltirilgan nazariyalar asossiz ekanligini ko‗plab faktlar 
yordamida inkor etdilar. Paleoantropologiya fanida to‗ntarish yasagan 
dalil nimadan iborat edi? Bundan 5-6 yil ilgari Denisov g‗orida olib 
borilayotgan qazishmalarda taxminan 5 yoshlar atrofidagi qizchaning 
barmoq suyaklari topildi. Aynan shu suyaklarni DNK genetik belgilari 
tadqiq qilinganda, neandertal odamidan hozirgi zamon odamiga faqat 
4% gen o‗tganligi aniqlandi. Olimlar yuqoridagilardan kelib chiqib, 
insoniyatni kelib chiqishi 4 ta mustaqil taraqqiyot yo‗lidan 
rivojlanganligini alohida ta‘kidlashdi:
1. Yevropada yashagan neandertallardan;
2. Afrikada yashagan Homo Sapiens Africanusdan;
3. Homo Sapiens orientalensis (sharqiy tip, Janubi-sharqiy Osiyo va 
Sharqiy Osiyo hududlariga xarakterli);
4 Homo Sapiens Altaiensis (yoki denisovlik – Shimoliy va 
Markaziy Osiyo hududlari uchun xarakterli). 
A.Derevyanko fikriga ko‗ra, qachonlardir yuqoridagi 4 ta tipning 
hammasi bitta tomirdan tarqalishgan va keyincha yana o‗z bo‗g‗inlariga 
ajralishgan. Keyinroq yana birlashganlar. Hammasidan ham ularning 
ichida turlararo qo‗shilish jarayoni davom etgan. Bu qo‗shilish nafaqat 
biologik, balki madaniy jihatdan, bilimlarni bir-birlariga berish, tosh 
qurollarni ishlash usullarini o‗rgatish masalalari va boshqalar berildi. 
Ammo shu 4 ta bo‗g‗indan iborat guruhlar bilan boshqa turdagi 
maymunlarni bir-birlari bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri qo‗shilishi mumkin emas 
edi. Ya‘ni, ot bilan eshak qo‗shilsa, xachir tug‗iladi. Ammo dunyoga 


137 
kelgan xachirlardan biron-bir avlod qolishi mumkin emas. Xuddi o‗sha 
ajratilgan turlar orasida ham bir-birlari bilan qo‗shilishi mumkin edi. 
Odamlar dunyoning turli qismlarida, turli haroratda yashab tanasining 
rangi qora, oq yoki sariq bo‗lishiga qaramay ularning o‗rtasida bemalol 
farzandli bo‗lish va ulardan avlodlar qoldirish imkoniyati bo‗lgan. 
Shuning uchun ham Denisov g‗oridan topilgan odam panjasi alohida tur 
emas, balki tur ichidagi guruh deyish mumkin. Tur ichidagi guruhlar bir-
biriga qo‗shilsa ulardan bo‗lgan bolalar muvaffaqiyatli yashaydi. Shu 
bilan birga Afrikalik negroid bilan Yevropalik oq tanli odamni qo‗shsa 
birinchidan ular o‗zlarini genlarini almashtirish imkoniyatiga ega 
bo‗lganlar va ikkinchidan ulardan ko‗plab bola tug‗ilib, avlod 
qoldirishgan. Buning aksicha bo‗lsa, ya‘ni yaqin qarindoshlar orasida 
bo‗lgan nikoh munosabatlari yomon natijalarni bergan. Ulardan 
tug‗ilgan bolalarning ko‗pi nogiron tug‗ilishi hayotda ko‗plab uchragan. 
Farg‗ona vodiysidagi Selungur g‗oridan topilgan manbaviy 
ashyolar ham yuqorida ta‘kidlangan bebaho yodgorliklar jumlasidandir. 
Shunday qilib, O‗rta Osiyo shu jumladan, O‗zbekiston hududlari ham 
ibtidoiy odam shakllangan va taraqqiy qilgan insoniyat beshiklaridan 
biridir. Yurtimiz ilk paleolit davrining boshlaridanoq odamning eng 
qadimgi 
tiplaridan 
bo‗lgan 
xomo 
erektuslar 
tomonidan 
o‗zlashtirilganligini 1,5 mln yil bilan sanalangan. Farg‗ona vodiysidagi 
Selungur g‗oridan topilgan bola suyagi qoldiqlari 550–600 ming yil 
bilan 
sanalangan 
Toshkent 
vohasidagi 
Ko‗lbuloqning 
quyi 
qatlamlarining davlanishi ham taxminan shu davrlar bilan davrlanadi.
Selungur g‗orining 3-madaniy qatlamida oltita alohida tish (3 ta 
yuqori qoziq tish va 3 ta pastki jag‗ tish) topilgan bo‗lib, bu tishlar bir 
nechta turli jinsdagi individlarga mansub bo‗lishi mumkin. Shuningdek, 
Teshiktosh bolasiga yaqinroq yosh bolaning o‗ng elka suyagi topilgan. 
A.A.Zubovning ta‘kidlashicha, Selungur odami jag‗ tishlarning 
morfologiyasi qator arxaik belgilarini saqlab qolgan, shu bilan birga 
evolyutsion taraqqiyotda anchayin ilgarilab ketgan va zamonaviy 
odamga eltuvchi asosiy magistraldan chetlashgan mavjudot ekanligini 
ko‗rsatadi. Antropologlarning fikricha, uning elka suyagi Teshiktoshdan 
topilgan xuddi shunday suyak bilan taqqoslanganda ancha arxaik 


138 
ko‗rinishga ega. Shuningdek, Selungurda ensa suyagining bo‗lagi ham 
topilgan, biroq uning ilmiy talqini antropologlar tomonidan o‗rganilib 
ilmiy ommaga etkazilmagan.
O‗rta paleolit davriga oid Teshiktoshni dunyoga mashhur qilgan 
narsa bu g‗ordan neandertal bola qabrining topilishi bo‗ldi. Birinchi 
madaniy qatlamning tubida yer sathidan 25 sm chuqurlikda ezilgan va 
deyarli tuproqqa qorishib ketgan bosh chanog‗i topildi. Bu bo‗laklar 
deyarli tabiiy ketma-ketlikni saqlagan holatda bir xil sathda yotardi. 
Keyinchalik 1 madaniy qatlamning tagidagi sof qatlamdan ham 
odamning parchalangan suyak qoldiqlari: umurtqa, qovurg‗a, naysimon 
suyaklar, kurak suyagi, o‗mrov suyagi va pastki jag‗ bo‗laklari topilgan. 
A.P.Okladnikovning fikricha, odam suyagi qoldiqlari 5–6 ta echki 
suyaklari bilan o‗ralgan holatda yotadi va bu hol unga Teshiktoshda 
atayin ko‗mish udumlari hukm surgan, deyishiga asos bo‗ladi. Ushbu 
qabr Teshiktoshda 1-madaniy qatlamda hayot hukm surgan davrga oid 
deb topilgan. 
Teshiktosh odami o‗zining taksonomik holatiga ko‗ra qator 
munozaralarga sabab bo‗ldi. Ayrim antropologlar topilmani G‗arbiy 
Yevropaning klassik neandertallari bilan yaqinligini ta‘kidlasalar 
(Debets, Gremyaskiy, Xauelsls va boshqalar), boshqalari Old Osiyo yoki 
―progressiv‖ Yevropa neandertallari bilan taqqoslaydilar (Veydenreyx, 
Yakimov, Klark, Xauell, Alekseev va boshqalar). Topilmaning yosh 
bolaga tegishli ekanligi masalaning yechimini yanada qiyinlashtiradi. 
Topilmaning jinsi dastavval 9–10 yoshlardagi o‗g‗il bolaga, so‗ngra shu 
yoshdagi qiz bolaga tegishli deb etirof etilgan. Teshiktosh bolasi 
suyaklari maxsus tekshirishlar natijasida antropologik jihatdan 
mukammal o‗rganilgan. O‗rganilish natijasi yomon bo‗lmadi. Ibtidoiy 
odamlar o‗lgan odamni ko‗mishdan ilgari tosh qurollar yordamida etdan 
tozalashgan va shundan keyingina uni maxsus qazilgan go‗rga 
ko‗mishgan. 
Shunday qilib, O‗zbekiston hududlari xomo erektuslar tomonidan 
ilk bor o‗zlashtirilgan. So‗ngra yurtimizga G‗arbiy Yevropada paydo 
bo‗lgan neandertallar kirib kelganlar. Ma‘lumki, neandertal tipidagi 
odamlar G‗arbiy Yevropa xomo erektuslaridan paydo bo‗lganlar va 


139 
keyinchalik butun dunyoga tarqalganlar. Adabiyotlarda bu tipdagi 
gominidlar bundan 100 ming yillar muqaddam paydo bo‗lgan va O‗rta 
Osiyo hududlarini bundan 50–60 ming yillar burun o‗zlashtirganlar. 
Teshiktosh bolasining Yevropa neandertallari qatoriga kiritilishi buning 
yorqin misoli bo‗la oladi. Demak, O‗zbekiston hududlari so‗nggi 
neandertallar 
tomonidan 
egallangan. 
Shuning 
uchun 
biz 
mamlakatimizdagi o‗rta paleolit davriga oid materiallarni kuzatar 
ekanmiz, ularda so‗nggi muste davriga xos elementlardan: plastinalar va 
ba‘zan mikroplastinalar, mikroqirg‗ichchalar va hakozo belgilarni 
kuzatamiz. Shuni ta‘kidlash joizki, yaqin vaqtlargacha neandertallarni 
zamonaviy odamning ajdodlari, deb kelgan tadqiqotchilar mavjud edi. 
Lekin keyingi yillarda Yevropa olimlari olib borgan tadqiqotlarda bu 
tipdagi gominidlar insoniyat taraqqiyotidagi chetlashgan shaxobcha 
bo‗lib, ular bizning ajdodlarimiz emasligi aniqlandi. Odamning 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗tmishdoshi hisoblangan arxaik tipdagi xomo 
sapienslar esa Yaqin Sharqda bundan 100–80 ming yillar muqaddam 
yashaganligi aniqlangan.
So‗nggi paleolit davri Yevropada bundan 35 ming yillar muqaddam, 
zamonaviy tipdagi odam, ya‘ni xomo sapiens sapiensning paydo bo‗lishi 
bilan belgilanadi (orinyak yodgorliklari). O‗zbekiston hududlarida 
paleolitning so‗nggi bosqichiga oid yodgorliklar ko‗plab topilgan. 
Ammo ularning sanasi yuqori paleolit davrining ikkinchi yarmi va 
oxirlari bilan belgilanadi. 
Mezolit davriga oid paleoantrapologik topilmalar yurtimiz 
yodgorliklarida uchramagan. Biroq neolit davriga oid Kaltaminor va 
Sazag‗on madaniyati makonlaridan topilgan qabrlardagi topilmalar 
evropoid irqiga mansub. Olingan barcha ma‘lumotlar, ibtidoiy davrlarda 
O‗zbekiston hududlarida o‗zining kelib chiqishiga ko‗ra evropoid irqiga 
mansub odamlar yashaganligidan dalolat beradi. 
Ilk va o‗rta pleystotsen davrida gominidlar oilasining evolyutsiyasi 
zamonaviy qiyofadagi inson vujudga kelishiga qulay imkoniyat yaratdi. 
Xomo oilasining qadimgi vakili bo‗lib hisoblanadigan neandertal odami 
zamonaviy qiyofadagi insonga zarur bo‗lgan barcha fiziologik va 
morfologik ko‗rinishlarga (katta bosh miya, erkin harakatlanadigan 


140 
qo‗llar, tik yura olish, bo‗g‗inlar va qisqa so‗zlarni ishlata olish) ga ega 
edi. 
Ammo yuqorida ta‘kidlanganidek, ularning bir qadar primitiv 
xususiyatlari (bosh miyaning oddiyligi, qo‗llarni orqaga aylantira 
olmasligi, nutq va tafakkurning uzviy emasligi) ham saqlanib qolgan 
edi. Shu sababli neandertallar kollektivi jamoa darajasiga o‗sib chiqish 
darajasiga etmay qoldi. 
Taniqli antropolog Ya.Ya.Roginskiy fikricha, bosh miyaning old 
qismlari taraqqiyoti hozirgi zamon odami qiyofasidagi odamlarning 
vujudga kelishida muhim rol o‗ynab, ularning ijtimoiy sifatlarini 
oshishiga va urug‗ tashkilotining vujudga kelishida asosiy rol o‗ynadi. 
Bosh chanog‗i qopqog‗ining ko‗tarilib (tik, vertikal holatga) o‗tishi, 
bosh miyaning old qismlarini rivojlanib borishi, oxir-oqibatda peshona 
suyagining tik bo‗lishi, ko‗z usti qabartmasining yo‗qolishi kabi 
morfologik o‗ziga xoslik tabiiy tanlanish orqali avloddan-avlodga yaxshi 
xususiyatlarni o‗tib kelishi bilan zamonaviy qiyofadagi odamlar 
shakllangan degan nazariyani ilgari suradi. 
Bosh chanog‗ining o‗zgarishi, yuz tuzilishiga ham katta ta‘sir 
ko‗rsatgan. Nihoyat, nutq uchun, nutq apparatining takomillashuvi ijobiy 
tartiblar va ishlab chiqarishning taraqqiy etishi bilan bog‗liq edi. 
Hozirgi zamon qiyofasidagi odamlarning vujudga kelishi so‗nggi 
pleystotsenning oxirida va so‗nggi paleolit boshlariga to‗g‗ri keladi. 
Ammo, shuni unutmaslik kerakki, so‗nggi paleolit manzilgohlarida ham 
neandertal 
odamlarining 
yodgorliklari 
mavjud. 
Muste 
davri 
yodgorliklarida zamonaviy qiyofadagi odamlarning yodgorliklari 
mavjudmi? degan tabiiy savol tug‗iladi. Bunday yodgorlik 1953 yilda 
Qrimda 
A.A.Formozov 
tomonidan, 
so‗nggi 
muste 
davri 
yodgorliklaridan topilgan. 
Arxeologik va geologik adabiyotlarda Homo sapiens (aql-idrokli 
odam) o‗rta va hatto, ilk pleystotsen davri yodgorliklarida topilganligi 
bilan bog‗liq ma‘lumotlar mavjud. Biroq, ularning ko‗pchiligi geologik 
davrlashtirish borasida adashishlari ham kuzatilgan. Shuni alohida 
ta‘kidlash lozimki, zamonaviy qiyofadagi odamlarning vujudga kelishi 


141 
va ularning dastlabki davrlarda neandertal odamlari bilan yonma-yon 
yashaganliklari tarixiy haqiqatdir. 
Dunyo olimlari orasida hanuzgacha zamonaviy qiyofadagi 
insonning dastlabki vatani va vujudga kelgan vaqti, makoni qizg‗in 
bahslarga sabab bo‗lmoqda. Shulardan biri ―hozirgi qiyofadagi 
zamonaviy odamlarda uchraydigan turli irqlar turli mintaqalarda 
yashagan neandertallarning hozirgi qiyofadagi odamlarga aylanish 
oqibatida vujudga kelgan‖ degan nazariyadir. 
Bir so‗z bilan aytganda, zamonaviy qiyofadagi insonning vujudga 
kelgan makoni xususidagi fikrlar hali bahsli, munozaralarga boy mavzu 
bo‗lib hisoblanadi. Ammo, ko‗pgina olimlar politsentrik nazariya 
tarafdori bo‗lib, ularning fikricha, neandertallarning inson oykumenasi 
hududi bo‗ylab keng tarqalganligi, neandertallarda irq ko‗rinishlarining 
mavjudligi ularning nazariyasi uchun xizmat qiladi. 
So‗nggi paleolit davri odamlarining spetsifik va morfologik o‗ziga 
xosligi har ikki gipotezaga mos kelgan holda ular orasidan qaysi biri 
ustun mavqega egaligiga oid ma‘lumotlarni bermaydi. Jumladan, 
burunlarning qush tumshug‗iga xosligi, yuqori paleolit Yevropa 
odamlariga xos anatomik xususiyat bo‗lib, evropoid odamlarida ham bu 
hol sezilib turadi. 
Keng burun negroid irqining qadimgi va zamonaviy qiyofadagi 
odamlari uchun ham xosdir. Qisiq ko‗zlilik va keng yuzlilik mongoloid 
irqining qadimgi va hozirgi zamon qiyofalari uchun ham xos belgi bo‗lib 
hisoblanadi. Bu farq politsentrik nazariya va uning tarafdorlari 
tomonidan ilgari suriladi. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling