Tarixiy antropologiya
Dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
2. Dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi
Ibtidoiy jamiyat tarixining ilk urug‘chilik davrida avjiga chiqqan terim-termachilik xo‘jaligi doimiy ravishda rivojlanishda bo‘lib, odamzod nafaqat hayot kechirdi va shuning bilan baravar harakatda ham bo‘lib, tabiat sirlarini bilib va undan unumli foydalanish choralarini ko‘rib bordi. Bu harakatlar ibtidoiy iqtisodiyotning ikki buyuk xo‘jaligi – dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishiga olib keldi. Bu yutuqni mashhur arxeolog olim G.Chayldning «neolit inqilobi» deb atagani ham bejiz emas. To‘g‘ri, neolit davrining boshlang‘ich taraqqiyot bosqichlarida terim-termachilik, ya‘ni o‘zlashtiruvchi xo‘jalik hukm surardi. Ma‘lumki, dunyoning ayrim o‘lkalarida yashagan ko‘pgina qabilalar umrbod o‘zlashtiruvchi xo‘jalik iskanjasidan chiqolmadilar. Neolit davrining so‘nggi bosqichlarida tashkil topgan texnik progress ishlab chiqarish iqtisodining vujudga kelishiga muayyan sharoit yaratdi. Dehqonchilik va chorvachilik ishlab chiqarish iqtisodiyotining vujudga kelishi insoniyat jamiyatining galdagi rivojlanishiga muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Ishlab chiqarish xo‘jaligining vujudga kelishida ikki faktor – biologik va madaniyat muhim omil bo‘ldi. Hayvonlarni xonakilashtirishga o‘tish muayyan tabiiy sharoiti ma‘qul, o‘simliklarga, hayvonot dunyosiga boy o‘lkalarda sodir bo‘ldi. Odamzod turmush kechirish davomida turli donli o‘simliklar bilan tanish bo‘lgan, ularning hayot uchun foydali tomonlarini o‘z tajribalaridan o‘tkazgan, sinab ko‘rgan. Takror hosil olish tajribalarini o‘tagan. Avtraliyalik oborogenlar donli o‘simliklarni o‘rib olib, boshoqlarini yerga ko‘mib, qayta hosil olish sirlari bilan tanish bo‘lganlar. Amerikalik hindlar yovvoyi sholi donlaridan foydalanuvchilarni «hosil yig‘uvchi xalqlar» deb atagan. Odamzodning bunday harakatlari oziq-ovqatni nafaqat topish, balki g‘amlash tajribalariga o‘rgatib, dehqonchilik xo‘jaligining tashkil topishiga yaqinlasha boradi. Shu asnoda o‘troq turmush tarzi shakllana boradi. Arxeologik ma‘lumotlarning guvohlik berishicha, ayrim viloyatlarda yashagan mezolit davri qabilalari terim-termachilik bilan bir qatorda donli o‘simliklardan ham foydalanganligini ko‘rsatmoqda. 147 Falastin va Iordaniya mamlakatlariga keng tarqalgan natufiya madaniyati vakillari oddiy o‘troq dehqonchilik bilan tanish bo‘lganligini ko‘rsatmoqda. Natufiyaliklar va boshqa mezolit davri aholisi qadama tosh o‘roqlardan foydalanganlar. Bunday o‘roqlar suyak dastaga ega bo‘lib, mikrolit tig‘lar bilan jihozlangan. Manzilgohlardan oddiy yorg‘uchoq, keli va uning dastalari topilgan. Bu kabi asbob jihozlar bilan donni maydalashgan. Bu yodgorliklarning yoshi mil. avv. 11-9 ming yilliklarga to‘g‘ri keladi. Shunday yodgorliklardan Falastinning Vadi – en Natuf tomonidan, Old Osiyoga tegishli Iroq hududidagi Shanidar, Zavm-chemk g‘orlarining madaniy qatlamlaridan topilgan manbalar ilk dehqonchilikning ko‘rinishidan guvohlik beradi. Aksariyat olimlarning fikricha, dastlabki dehqonchilikning kashfiyotchisi xotinlar bo‘lgan. Ma‘lumki, terim-termachilik bilan ham o‘z vaqtida asosan ayollar shug‘ullangan. Dastlabki dehqonchilik ham uzoq vaqtlar ayollarning ishi bo‘lib kelgan. Dastlabki dehqonchilikning vujudga kelishi bo‘yicha ikkita dunyoqarash mavjud – monosentrist, polisentristik qarashlar. Monosentristlar fikricha, dastlabki dehqonchilikning ilk o‘chog‘i Old Osiyo bo‘lib, keyinchalik, asta-sekin bu xo‘jalik tutimi Shimoliy- Sharqiy Afrikaga, Janubiy-Sharqiy Ovropaga, O‘rta, Janubiy-Sharqiy va Janubiy Osiyo, Okeaniya va Markaziy hamda Janubiy Amerikaga tarqalgan. Biroq paleobotanik va arxeologik manbalarga qaraganda, N.N.Vavilovning polisentrik ta‘limotini ko‘pchilik olimlar ma‘qullashmoqdalar. N.N.Vavilovning ta‘limotiga qaraganda, ibtidoiy dehqonchilik turli subtropik o‘lkalarda mustaqil ravishda vujudga kelgan. Shunday o‘lkalarga Old Osiyo, Xuanxe havzasi, Uzoq Sharq, Janubiy-Sharqiy Osiyoni kiritish mumkin. Old Osiyoda mil. avv. 7 ming yillikda arpa va yakka don boshoqli bug‘doy madaniylashtirilgan. Xuanxe havzasi va Uzoq Sharq viloyatlarida mil. avv. 4 ming yillikda tariq, mil. avv. 5 ming yillikda qulupnay, mil. avv. 5-4 ming yillikda Mezoamerikada fasol, qalampir, mosh, mil. avv. 6 ming yillikda Peruda fasol, mil. avv. 5-4 ming yillikda oshqovoq, qalampir, mayiz, kartoshka va boshqalar madaniylashtirilgan. 148 Taxminan, shu vaqtga kelib dastlabki chorvachilik tashkil topadi. Biz yuqori satrlarda so‘nggi paleolit va mezolit davrlarida hayvonlarni xonakilashtirishning ilk bosqichi xususida fikr yuritib, dastlabki vaqtda xonakilashtirilgan hayvonlardan biri it ekanligi haqida to‘xtalgan edik. Balki boshqa hayvonlarni xonakilashtirishda ovchi qabilalarning doimiy ravishda bir joydan boshqasiga ko‘chib yurish xalaqit bergan bo‘lishi mumkin. O‘troqlashishning boshlanishi bilan bu «g‘ov»ga o‘rin qolmadi. Arxeologik materiallarga ko‘ra, ilk neolit davrida cho‘chqa, qo‘y, echki, ehtimol, yirik shoxli hayvonlar ham xonakilashtirila boshlangan. Bu kabi jarayon qanday kechganligi amaliyotini andaman qabilalarida kuzatish mumkin. Andamanlar ov tufayli qo‘lga tushgan cho‘chqa bolalarini o‘ldirishmagan. Ularni ovqatlantirib, maxsus quralarda boqishgan. Ov ularda erkaklar ishi bo‘lgan. Shuning uchun ham chorvachilik genetik jihatdan asosan erkaklar bajaradigan xo‘jalik turi bo‘lgan. Chorvachilikning kelib chiqishi haqida ham ikki nuqtai nazar hukm suradi. Birinchisi – monosentristlar, ikkinchisi – polisentristlar. Birinchilik tarafdorlarining fikricha, bu yangilik, avvalo, Old Osiyoda sodir bo‘lgan bo‘lib, paleontologik va arxeologik ma‘lumotlarga qaraganda, bu viloyatlarda dastlab yirik shoxli hayvonlar: cho‘chqa, qulon va ehtimol bir o‘rkachli tuya ham xonakilashtirilgan. Ikkinchi ta‘limot tarafdorlari fikricha, dastlabki chorvachilik ibtidoiy odamlarning turli guruhlari orasida Old Osiyo o‘chog‘idan farqli o‘laroq, avvalo, ikki o‘rkachli tuyaning xonakilashtirilishi O‘rta Osiyo bilan bog‘liq va bug‘u Sibir, ot Ovropa dashtlarida xonakilashtirilgan. Ishlab chiqarish xo‘jaligiga o‘tish bir vaqtda sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo oddiy dehqonchilik biroz avvalroq vujudga kelgan. Bu masala tushunarli. Chunki hayvonlarni xonakilashtirish uchun, avvalo, boy baza talab qilinardi. Bug‘uchilik Janubiy Sibir o‘lkalarida keng tarqalgan. Dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi tabiatdagi tayyor oziq-ovqatga loyiq narsalarni o‘zlashtirishdan ishlab chiqarish, shuningdek, qayta ishlab chiqarish xo‘jaligiga o‘tish jarayonini yuzaga keltiradi. Umuman qaralganda, dehqonchilik va chorvachilikning kashf qilinishi ma‘lum darajada tabiiy muhit bilan bog‘liq bo‘lib, bu 149 sohalarning rivojlanishi insoniyat turmushida tengsizlikning kelib chiqishiga zamin yaratdi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling