Tarixiy antropologiya
Reja: 1.Neolit davrining asosiy texnik yutuqlari va eneolit davri
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Tovar almashinuvi, savdo-sotiq, ishlab chiqarishdagi notekislik va ularning sabablari. Tayanch iboralar
- 1. Neolit davrining asosiy texnik yutuqlari va eneolit davri.
Reja:
1.Neolit davrining asosiy texnik yutuqlari va eneolit davri 2. Dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi 3. Ilk dehqonchilikning turlari va vujudga kelishi masalalari. 4.Metallurgiyaning paydo bo„lishi va rivojlanishi. 5.Tovar almashinuvi, savdo-sotiq, ishlab chiqarishdagi notekislik va ularning sabablari. Tayanch iboralar 143 Dehqonchilik va chorvachilik, N.N.Vavilovning polisentrik ta’limoti, neolit, kasalliklar, Tovar almashinuvi, savdo-sotiq, pul birligi. 1. Neolit davrining asosiy texnik yutuqlari va eneolit davri. Neolit ko‘p ming yillikdan iborat tosh asrining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Neolit davri, avvalo, mehnat qurollarni yasash texnikasining muayyan darajada takomillashgan davridir. Bu davrning eng xarakterli xususiyatlaridan biri toshni qayta ishlash, toshni silliqlash, parmalash texnologiyasining joriy qilinishidadir. Bu davrda nafaqat toshni parchalash, shuningdek, parmalash, silliqlash orqali tosh qurolga muayyan shakl kiritish usullari rivojlanadi. Mehnat qurollari turli-tuman toshlardan yasalgan. Ko‘pincha chaqmoqtosh, nefrit toshlar ancha qadrlangan. Ammo toshni silliqlash va parmalash ancha murakkab ish jarayoni bilan bog‘liq kechgan. Shunga qaramasdan, neolit davrida tosh qurollarni ishlab chiqarish avvalgi davrlardan keskin farq qilardi. Neolit davrida ham toshni parchalash, yupqa paraqalar olish bilan birga, hamon to‘qmoqlab tosh parchalarini olish davom etardi. Bu davrda tosh qurolga ikki tomonlama mayda kertish usuli bilan kesuvchi tig‘ chiqarish texnologiyasi ancha rivoj topadi. Tosh o‘zakdan pona bilan bosim yordamida qurol uchun zarur paraqalar uchirib olish texnologiyasi rivoj topgan. Neolit davriga kelib kishilar nafaqat daryo sohillarida uchraydigan chaqmoqtoshlardan, shuningdek, yer osti konlaridan ham foydalanishga o‘tadilar. Chaqmoqtosh konlari bilan bog‘liq shaxtalar Angliya, Fransiya, bir qator Ovropa mamlakatlari va O‘rta Osiyo hududlaridan topib o‘rganilgan. Shaxta va konlar bilan bog‘liq ko‘pgina toshsoz ustaxonalar topilgan bo‘lib, ularda ishlab chiqilgan mahsulotlar keng doiradagi hududlarga tarqalgan. Neolit davrida tosh qurollardan yog‘ochlarni qayta ishlashda keng foydalanilgan. Bu vaqtning xarakterli qurollaridan biri silliqlangan toshbolta edi. Ibtidoiy odamlar toshbolta yordamida chakalakzorlar, o‘rmonzorlardan yerlar ochib, undan dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaliklarini yuritishda foydalanganlar. Toshbolta va boshqa qurollar yordamida daraxt kundasini o‘yib, oddiy qayiqlar yasash, uy-joylar qurish, daraxt kundalaridan mollar uchun quralar qurish kabi yumushlarda keng foydalanilgan. Terim-termachilik tirikchiligida ham 144 tosh qurollardan zaruriyatga qarab foydalangan. Uchiga o‘tkir tosh parchalari bog‘langan tayoqlar bilan oziqabop o‘simliklarning ildizlari qazib olingan, kulbalar qurishda foydalanilgan. Keyinchalik tosh qurollardan yerni yumshatish ishlarida, xullas, dastlabki dehqonchilik xo‘jaligini yuritishda ham foydalanganlar. Bu davrda yerni qazuvchi toshdan qilingan uchli asboblar, suyakdan, shoxdan tayorlangan yerni yumshatuvchi motiga – qo‘l omochi, mikrolitlardan, suyak va shoxlardan foydalanib yasalgan qadama toshli, arra tishli o‘roq asboblar yasalgan. Mezolit davrida paydo bo‘lgan o‘q-yoy neolit davrida birmuncha takomillashadi, nayza paykonlarining bargsimon, keyinchalik uchburchak shakllari vujudga keladi. Neolit davrining eng muhim yangiliklaridan yana biri sopol, ya‘ni keramikaning kashf qilinishi edi. Loydan sopol idishlari yasash, ularni gulxanda toblab pishirib, turmushda foydalanish katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Endilikda odamlar oziq-ovqatni saqlash, pishirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Sopol idishlarni yasashda loydan tasmasifat, uzunchoq loy qorishmasini spiral tarzda bir-birining ustiga yopishtirib, ustini silliqlab, muayyan ko‘rinishdagi idish yasalgan va oftobda quritilgandan so‘ng olovda toblab kuydirish yo‘li bilan tayyorlangan. Neolit davri keramika idishining ichki tomonida mato izlari bo‘lishi kuzatilgan. Ma‘lum bo‘lishicha, matodan tayyorlangan xalta tikilib, mayda qum bilan to‘ldirish chog‘ida u zarur idish shakliga keltirilgan va ustidan loy tasmasi spiral tarzda aylantirilib yopishtirilgan va usti silliqlangan. Idish oftobda quritilgandan so‘ng mato xaltasi idish ichidan ajratib olingan, so‘ng gulxanda toblangan. Shunday texnologik usulda turli idishlarni ishlab chiqarish boshlangan. Idish uchun tayyorlangan loyga qum, tabiatda uchraydigan momiq kabilar aralashtirilib, loy rosa pishitilgan. Xullas, shu kabi va boshqa usullardan foydalanilib, dastlabki vaqtlarda birmuncha qo‘pol tarzdagi idishlar ishlab chiqilgan. Bunday idishlarning dastlabkilarining yerga qo‘yadigan qismi tuxumsimon shaklda yasalgan. Bu holatdan esa idishni ovqat pishirish maqsadida gulganga qadab yoki sanchib qo‘yish nazarda tutilgan bo‘lsa kerak. Binobarin, u zamonlarda hali ovqat pishiradigan tom ma‘nodagi o‘choqlar bo‘lmagan. 145 Neolit davrining so‘nggi bosqichida vujudga kelgan yangiliklardan biri ip yigirish va to‘qimachilikning kashf qilinishi edi. Dastlabki vaqtlarda ip yigirish xom ashyosi sifatida yovvoyi tarzda o‘sadigan momiqli o‘simliklardan foydalanilgan. Hayvon junlaridan ham keng foydalanilgan. Neolit davrining dastlabki matolari qo‘lda to‘rsimon tarzda to‘qilgan va keyinchalik to‘qimachilik dastgohi kashf qilingan. Ip yigirishda urchuqdan, tosh predmetlardan foydalanilgan. Neolit yodgorliklaridan toshdan teshilib yasalgan hamda sopoldan silliqlanib ishlangan urchuqboshlar topilgan. Ip yigirishning kashf qilinishi baliq ovlash asboblari – to‘r kabi narsalarni ishlab chiqishda asqotgan. Neolit davrida oddiy yo‘l vositalarining vujudga kelishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Arxeologik yodgorliklardan oddiy qayiq, chana kabi topilmalarga qaraganda, neolit davri odamlari daryo, ko‘l, dengiz suvlarida suzib, bu holat ularning keng doiradagi harakatlarga ega bo‘lganligidan guvohlik beradi. Eneolit davriga kelib g‘ildirakli arava, shamol yordamida suzadigan qayiq kashf qilinadi. Bu kabi texnik va xo‘jalik o‘zgarishlar neolit davrida odamzod o‘zining avvalgi o‘tmishdoshlariga qaraganda katta imkoniyatlarga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Neolit davrining eng muhim yutuqlaridan yana biri doimiy oziq-ovqatga ega bo‘lishdan iborat edi. Bu tarixiy hodisa mazkur davrda oddiy o‘troq dehqonchilik va uy chorvachiligining vujudga kelishi bilan bog‘liq edi. Shuni aytish lozimki, jahonning turli joylarida neolit davri turlicha kechgan. Yevropa va Osiyo hududlarida o‘rganilgan neolit davrining ko‘pgina yodgorliklari mil. avv. 9-3 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Ayrim o‘lkalarda neolit davrining oxirlariga kelib metalldan foydalanish boshlanadi. Dastlab mis qorishmasidan qurol-aslahalarni ishlab chiqish boshlangan. Shunday foydalanilgan metallardan dastlabkisi mis edi. Misdan foydalanish davri fanda eneolit yoki xalkomit nomi bilan ataladi. Eneolitning dastlabki bosqichi neolitdan keskin farq qilmaydi. Mis qurollar tosh qurollarni turmushdan siqib chiqarolmadi. Shuning uchun ham eneolit davrida mehnat qurollarining aksariyati toshdan yasalgan. Shuning bilan bir vaqtda metallning kashf qilinishi galdagi texnik taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling