Tarixiy antropologiya


 Obirahmat odami antropologik topilmasi


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

2. Obirahmat odami antropologik topilmasi. 2003-yilda Toshkent 
yaqinidagi Obirahmat g‗orida O‗zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi Arxeologiya instituti bilan Rossiya Fanlar akademiyasi 
Novosibirsk bo‗limi olimlari tomonidan olib borilgan arxeologik 
izlanishlarda katta yangiliklarni qo‗lga kiritdilar. Bu yerdan 50 ming yil 
muqaddam 
yashagan 
odam 
suyaklarining 
parchalari 
topildi. 
Obirahmatdan topilgan suyak parchalari neandertal odami bilan hozirgi 
zamon odamining aralashgan tipidan qolgan suyaklar ekanligini 
ko‗rsatdi. Ayniqsa, uning morfologik xarakteristikalari juda noyobdir. 
Uning noyobligi shundaki, bunday material paleoantropologik 
materiallar ichida bunday suyak topilmalari umuman topilmagan. 
Andrey 
Krivoshapkinning 
fikriga 
ko‗ra 
mutaxassislar 
O‗zbekistonning Obirahmat g‗oridan topilgan Homoning suyaklari nima 
uchun bu darajada noyob (unikal) ekanligining sabablarini aniqlashga 
qiynalmoqdalar. Chunki, Obirahmat odami qoldiqlari, bir tomondan, 
hozirgi zamon odami tipining mustaqil holda multiregional ravishda 
paydo bo‗lganligining tasdig‗i bo‗lgan bo‗lsa, ikkinchi tomondan hozirgi 
zamon odamlari avlodlarining neandertallar bilan qo‗shilishi, 
gibridlashish jarayonlari bo‗lganligini ko‗rsatadi. Yaqin vaqtlargacha 
bunday jarayonni ―bo‗lishi mumkin bo‗lmagan hodisa‖, ayniqsa, 
―neandertal odami insoniyat shajarasidagi tupikka olib boruvchi 
bo‗g‗in‖ degan taxminlar olimlar orasida keng tarqalgan edi. 
O‗rtada shunga o‗xshash tortishuvlar bo‗lib turgan bir paytda 
rossiyalik arxeolog, akademik A.Derevyanko Oltoy o‗lkasidagi ―Denis 
g‗ori‖da olib borgan qazishmalarda Obirahmat g‗origa sinxron bo‗lgan 
qatlamlar borligini aniqladi va bu yerda ham odam suyaklarini qoldiqlari 
topildi. Shu sababli fan uchun har ikki yodgorlikning ahamiyati 
nihoyatda qimmatlidir. 


133 
Yana bir boshqa nazariyada neandertal odami bilan shu tipdagi 
boshqa odamlarning bir-birlari bilan aralashishi mumkin bo‗lmagan 
hodisa sifatida qaralar edi. 
Hozirgi paytda butun dunyo olimlari o‗rtasida, shu jumladan, 
rossiyalik olimlar o‗rtasida odamning kelib chiqishini genetika fani 
muvaffaqiyatlaridan foydalangan holda o‗rganish katta ahamiyat kasb 
etdi. Shu paytgacha antropogenez jarayoni to‗g‗risidagi xulosalar asosan 
qadimgi davrlardan qolgan suyaklarga qarab chiqarilar edi. Hozirda 
yanada chuqurroq va aniqroq bo‗lgan genetika fanining ilg‗or 
natijalariga asoslanib, qaysi davrda yer yuzining qaysi qismida qanday 
odamlar bo‗lganligi va ular qaysi xalqlar bilan aloqada bo‗lganligi 
to‗g‗risidagi nazariyalar, ularning aloqalari batafsil o‗rganilmoqda. 
Biz bu bilan shu paytgacha shu paytgacha ―neandertal odamlarini 
hozirgi zamon odamining kelib chiqishiga umuman aloqasi yo‗q, u 
insoniyatning kelib chiqishi shajarasidagi boshi berk ko‗cha‖ degan 
g‗oya ham bor edi. Ammo hozirgi paytda genetiklar neandertal 
odamidan hozirgi zamon odamiga faqat 4 foiz gen o‗tganligi to‗g‗risida 
aytishyapti. Bu xulosa aynan ilgarigi neandertal odamlari insoniyat 
shajarasidagi ―berk tor ko‗cha‖ degan g‗oyani deyarli tasdiqlaydi. 
Chunki ―neandertal odamidan faqat 4 foiz gen o‗tgan‖ degani ular 
o‗rtasida deyarli yaqinlik yo‗q demakdir. 
Buning ikkinchi tomoni ham bo‗lib, eng qadimgi maymunlarning, 
maymunsimon odamlarning, uquvli odamlarning va keyingi sinantrop, 
neandertal odamlarining bir-biriga qo‗shilish yoki ta‘sir etish imkoniyati 
doimiy bo‗lgan. Aynan hozirda boshlangan qadimgi davrlardan qolgan 
suyaklarni o‗rganish, o‗ylaymizki, yangi xulosalar chiqarish 
imkoniyatini beradi. 
Yuqorida keltirilgan taraqqiyot natijasida Sharqiy va Janubi-Sharqiy 
Osiyoda mahalliy erektuslar asosida shakllangan gominidlardan 
anatomik jihatdan hozirgi zamon odam tipi paydo bo‗ldi. Bu fikrlarni 
tasdig‗i sifatida Xitoyning paleoantropologik materiallari bo‗yicha 
olingan yangi davrlashtirish asos bo‗ladi. Bu davrlashtirish bo‗yicha 
―sapiens‖ ning anatomik tuzilishiga o‗xshagan antropologik belgilar 


134 
bundan 100 ming yillar ilgari paydo bo‗lganligini, ya‘ni hozirgi zamon 
odamlariga o‗xshash odamlar paydo bo‗lganligini ko‗rsatadi. 
Keyingi o‗n yilliklarda A.Derevyanko rahbarlik qilgan ekspeditsiya 
O‗rta Osiyo, Qozog‗iston va Oltoy hududlarida ham ibtidoiy davr 
arxeologiyasi bo‗yicha izlanishlar o‗tkazib, Qozog‗istonning Qiziltov va 
Mang‗ishloq yarim oroli hududlarida ibtidoiy odamlarning izlarini topib 
o‗rgandilar. 
Oltoyning ―Denis g‗ori‖ manzilgohida eng muhim natijalar qo‗lga 
kiritildi. Bu g‗or Rossiyadagi eng qadimgi, Evroosiyoda esa, eng 
qadimgilardan biri bo‗lib, uning yoshi 550–700 ming yil bo‗lganligi 
aniqlandi. Mo‗g‗uliston hududida ham Rossiya-Mug‗uliston qo‗shma 
ekspeditsiyalari tashkil etilib, bu erdagi olimlar bilan hamkorlikda 
qazishmalar olib borishdi. Bu hududda mingdan ortiq yodgorlik 
aniqlangan bo‗lsa, shulardan 30 dan ziyodi ilk paleolit davriga oiddir. 
Faqat Mug‗ulistonning o‗zidan ilk paleolit davriga oid 30 ziyod 
yodgorlikning topilishi, bu, birinchidan, insoniyat tarixining eng 
qadimgi davrlarini o‗rganish bo‗yicha juda ham katta ish qilinganligidan 
dalolat bersa, ikkinchidan bu hududni ilk paleolit davridayoq insoniyat 
tomonidan juda keng miqyosda o‗zlashtirilganidan dalolat beradi. 
Bundan 
1,2 
million 
yil 
muqaddam 
Afrikada 
ancha 
mukammallashgan 
texnika 
usullarida 
toshga 
ishlov 
berish 
texnologiyalari, ya‘ni ashel davriga xos texnologiyalar paydo bo‗ldi. 
Quyi ashel madaniyati bilan bog‗liq va bundan 450–350 ming yil 
muqaddam o‗zining yo‗llarida izini qoldirgan migratsiya to‗lqini tarqala 
boshlagan va o‗zining ortidan katta iz qoldirib, Hindistonga qadar etgan. 
Buni arxeologik usul bilan o‗rganildi, ya‘ni Afrikada keng tarqalgan qo‗l 
cho‗qmorlarining shaklini yoki bifaslarni Oltoydagi Denis g‗ori 
materiallarining ichidan topilishi fikrimizning yaqqol dalilidir. 
Mug‗ulistonning janubiy Gobi sahrosida yirik kremniy toshlari 
chiqib turgan manzilgohda, yaqin 20 kvadrat kilometrdan ziyod 
maydonda faqat kremniy qurollarini yasash uchun kerakli toshlar 
tarqalgan edi. Bu maydonning har bir kvadrat metrida 600 dan oshiqroq 
miqdordagi tosh qurollarini topish mumkin. Oltoy hududini, shu bilan 
birga Mug‗ulistonni ilk paleolit davrida bunchalik qalin egallanishining 


135 
asosiy sababi bu hududlardagi tabiiy – iqlimiy sharoitlarning aynan ilk 
paleolit davri odamlarining yashashlari uchun juda qulay bo‗lganligidan 
dalolat beradi.
Mug‗ulistonning janubiy qismini Gobi sahrosidagi kremniy 
toshlaridan qurollar ishlab chiqariladigan bu arxeologik obyekt jahonda 
yagona ilk va o‗rta paleolit davriga xos yodgorlikdir. SHuning uchun bu 
20 kvadrat kilometr maydondagi arxeologik obyekt, ya‘ni arxeologik 
majmua vaqtlar kelib ochiq osmon ostidagi muzeyga aylanishi kerak. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling