Tarixiy antropologiya


 Ilk sivilizasiyalarning vujudga kelishi arafasida din


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

2. Ilk sivilizasiyalarning vujudga kelishi arafasida din 
Ibtidoiy jamiyat tuzumining inqirozga yuz tutishi jarayonida 
avvalgi diniy qarashlar bilan bir vaqtda uning yangi shakllari vujudga 
keldi. Patriarxat tuzumga o‘tish bilan bir vaqtda erkaklar kulti tashkil 
topdi. Bu kult avvalgi o‘tgan avliyolarni, urug‘-qabila boshliqlarini va 
harbiy sarkardalarni hamda dohiylarni ilohiylashtirish yo‘li bilan 
olqishlashga o‘tildi. Ayrim so‘nggi matriarxat jamoalarda, jumladan, 
mikroneziyaliklarda shularga o‘xshash, ya‘ni ayollarning o‘tmishdagi 
avliyolariga sig‘inish an‘anasi mavjud edi. 
Dehqonchilik va chorvachilikning keng tarqalishi bilan qo‘shni 
jamoalarda qishloq xo‘jalik kulti tashkil topib, bu holat dehqonchilik va 
chorvachilikning hosildorligini ilohiylashtirish bilan bir qatorda 
hosildorlik kulti ham yuzaga keldi. Bu kult an‘analari odamlarni 
qurbonlik qilish bilan bog‘liq bo‘lib, o‘zlari tasavvur qilgan ruhlarni 
shod qilishni idrok qilishardi. Shu asosda keyinchalik qadimgi sig‘inish 
namunalarini Qadimgi Misr Ossuriyasida, Bobilning Dumizisida, 
Finikiyaning Adanisasi, Frasiya-Yunonlarning Dionisasi va keyinchalik 
Xristosi 
xayoliy 
namunalarida 
ko‘rish 
mumkin. 
Qabilaviy 
tashkilotlarning kuchayishi oqibatida qabilalar himoyachisi kulti tashkil 
topib, o‘tgan ruhlarga sig‘inish avj oldi. Ayniqsa, madaniy qahramonlar, 
urush va jangchi ruhlariga sig‘inish alomatlari keng tarqaldi. Bu 
davrning asosiy kultlaridan, ayniqsa, dahshatga soluvchi ruhlar bo‘lib, 
bu sohada qabilaviy ittifoqlar kulti, xullas, qabila dohiylariga sig‘inish 
bilan bog‘liq diniy urf-odatlar avj oladi. Dinning bu sohasining foydali 
va zararli jihatlarini tashviqot qiluvchi guruh odamlar ham paydo bo‘ldi. 
Jumladan, Okeaniya, Afrika, Janubiy Osiyo va boshqa ko‘pgina 
xalqlarda hokimiyatni sakralizasiya qilish bilan dohiylarning ilohiy 
kuchga ega ekanligi haqida obdon tashviqot qilinardi. Ularda 
qabilalarning eson-omonligini, ko‘payishini istagan holda targ‘ibot qilib, 
dohiylar tabiat hodisalariga ham o‘z ta‘sirini o‘tkazish qobiliyatiga ega 
deb tushunganlar. Ularning nafas ruhlari kuchli bo‘lib, o‘zining 


159 
qabiladoshlariga ruhan yordam beradi, shuningdek, o‘zlarining 
kelajakdagi merosxo‘rlariga muayyan samoning balandligida yashovchi 
ruhlar yordam bera oladi, deb tushunganlar. Bu har xil diniy 
shakllarning birlashmasidan politeistik tushunchalar, ya‘ni xudo 
tushunchasi yoki ularga sig‘inish odatlari shakllandi. Dinning bu shakli 
ibtidoiy jamiyatning yemirilishi va sinflarning tashkil topishi arafasida 
ancha rivoj topdi. Politeist so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib, ko‘p 
xudolik ma‘nosini anglatadi. 
Shunday qilib, birin-ketin, avvalo, katta oila, urug‘-jamoa, urug‘-
qabila, qabilalar ittifoqi, qabila birlashmalarini himoya qiladigan foydali 
yoki zararli ruhlarga sig‘inish tashkil topdi. Sinfiy jamiyatning ilk 
ko‘rinish bosqichlarida sarkardalarga, qabila ittifoqlariga va dohiylarga 
sig‘inish kulti ro‘yobga chiqdi. Shunday qilib, dastlab oddiy ruhlarga 
sig‘inishda iarxik tarzda qabila ittifoqi sarkardalariga sig‘inishdan 
xudoga sig‘inish o‘sib chiqdi. Ba‘zi xalqlarda dehqonchilik xudosi
urush xudosi, tinchlik, quyosh, ot, ayrim sayyoralar kabi xudolar, ya‘ni 
politeistik, xullas, ko‘p xudolikka sig‘inish shakllari tashkil topdi. 
Masalan, sharqiy afrikalik masai qabilalarida qabila xudosi Ruva 
quyosh, oy, dehqonchilik va hokazo xudolarni o‘ziga tobe deb bilib, 
o‘zini esa bosh xudo deb e‘lon qilgan.
Dinning taraqqiyoti bilan bir vaqtda kultga xizmat qiluvchi guruh 
odamlar paydo bo‘ldi. Bunday kishilar o‘zlarini tabiat sirlaridan 
xabardor alomat sifatga ega, sirli voqyealarning bilimdoni deb 
ko‘rsatishardilar. Shunday funksiyalarni bajarish qobiliyatiga ega 
kishilar kohinlar deb atalardi. Ko‘p holatlarda bunday diniy iarxiyaga 
dohiy rahbarlik qilardi. Shuningdek, dohiy bosh kohin deb ham 
hisoblanardi. Umuman qaralganda, kohinlar davlatni boshqarishda 
alohida imtiyozlarga ega bo‘lib, ulardan odatda oddiy xalqni qo‘rqinchli 
vahima orqali tinchlantirib turish, turli boj-soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, 
xazinani yanada boyitishga ko‘maklashish, podsho yoki dohiyni Yerdagi 
xudo deb bilish kabi tashviqot vazifalarini uddalashi talab qilinardi. 
Xullas, din oddiy jamoatchilarni, oddiy kishilarni, qullarni norozilik 
hovuridan tushirib turish quroliga aylandi. Shu tarzda dohiylar 
hokimiyatini rivojlantirishda dindan oshig‘i bilan foydalanilganligi 


160 
natijasida burjuaziya fanida sakral ta‘limot, ya‘ni muqaddas 
xizmatchilardan davlat paydo bo‘lganligi haqidagi qarashlar keng 
yoyilgan edi. Agar haqiqatga to‘g‘ri qaraydigan bo‘linsa, hammasi 
muayyan natijaga borib taqaladi, ya‘ni teokratiyaning vujudga kelishi 
davlat hokimiyatining tashkil topishdagi shakl yoki yo‘llardan biri edi. 
Shunday qilib, ibtidoiy jamiyat tuzumining yemirilishida tashkil 
topgan din shakllari ekspluatasiyaga duchor bo‘lgan ommaning yanada 
kuchliroq ezilishiga, sinfiy tengsizlik va davlatning majburlash 
siyosatini yuritishda muhim qurolga aylandi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling