Tarixiy antropologiya
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy adabiyotlar
- Tayanch iboralar
- 1. Ilk bilimlar va san‟atning rivojlanishi
Nazorat savollari
1.Neolit davrining asosiy texnik yutuqlari va eneolit davri 2. Dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi 3. N.N.Vavilovning polisentrik ta‘limoti 4. Ilk dehqonchilikning turlari va vujudga kelishi masalalari. 5.Metallurgiyaning paydo bo‗lishi va rivojlanishi. 6.Tovar almashinuvi, savdo-sotiq, ishlab chiqarishdagi notekislik va ularning sabablari. Asosiy adabiyotlar 1. Бердиев О.К. Древнейшие земледельцы Южного Туркменистана, Ашхабад, 1969. 2. Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского Междуречья. Изд-во Наука, М., 1981. 3. Румянцев А.М. Возникновение и развитие первобытного способа производства. –М., 1981. 4. Токарев С.А. Ранние формы религии и их развитие. –М., 1964. Qo`shimcha adabiyotlar 1. Джуракулов М.Д.,Аванесова Н.А., Амиркулов Б.А. Зарафшон воҳасининг ибтидоий маданияти-Ўқув қўлланма, СамДУ нашриѐти,Самарқанд, 1985. 2. Джуракулов М.Д.,Холматов Н.У. «Мезолит и неолит Среднего Зарафшана». Ташкент, Фан, 1991. 3. Массон В.М. «Средняя Азия и Ближний Восток». М., 1964. 11-MAVZU. ILK SIVILIZASIYALARNING VUJUDGA KELISHI ARAFASIDA MA‟NAVIY MADANIYAT. Reja: 1. Ilk bilimlar va san‟atning rivojlanishi. 2. Ilk sivilizasiyalarning vujudga kelishi arafasida din. 3. Aqlli va jismoniy mehnatning vujudga kelishi haqida 4. Yozuvning paydo bo‟lishi Tayanch iboralar 155 Dehqonchilikning va u bilan bog’liq irrigasiyaning rivoji, Oy taqvimi, kasalliklar, sig’inish, sivilizasiya, Yozuvning tartibga solingan shakli 1. Ilk bilimlar va san‟atning rivojlanishi Ibtidoiy jamiyat tuzumining inqirozi arafasida iqtisodiy va ijtimoiy tuzumning jadal rivojlanish jarayoni ijobiy bilimlar va san‘atning yanada rivojlanishiga kuchli turtki bo‘ldi. Dehqonchilikning va u bilan bog‘liq irrigasiyaning tashkil topishi ekinlarni yerga qadash muddatini, pishib yetishish vaqtini bilishni hayotning o‘zi talab qilardi. Bu ishlarni muayyan vaqt tartibida olib borish kalendarning vujudga kelishiga olib keldi. U bilan bog‘liq astranomik kuzatuvlar paydo bo‘ldi. Masalan, meloniziyaliklar koinot sirlaridan bexabar bo‘lsa-da, ammo oy va uning atrofidagi yulduzlarning harakatini bilardilar. Ayrim ma‘lumotlarga qaraganda, sinfiy jamiyatga o‘tish arafasida odamlar hali juda oddiy bo‘lgan astranomik dastgohlarni bilishgan ko‘rinadi. Qadimgi mayyalar kuzatiladigan nuqtani ikkita tayoqchani bir-biriga ayqashtirib, nuqtani aniqlashni bilganlar. Odatda taqvim oy dastlab kuzatishdan boshlangan bo‘lib, oyning harakat fazasi aniqlangan. Oy taqvimini 29,5 kechayu kunduz deb bilishganlar, oy tavqimi quyoshga nisbatan bir yilda 11 kun kam bo‘lishi aniqlangan. Oy bilan quyosh taqvimlarini biron bir maromda to‘xtash uchun matematik hisoblash bilimi qo‘llanilgan. Shu yo‘nalishda davrning boshqa jarayonlari ham harakatda bo‘lgan. Chorvadorlar o‘z hayvonlarini hisoblashni bilishni istardilar, ayriboshning paydo bo‘lishi sotiladigan yoki sotib olinadigan buyumlarning narx bahosini bilishga undagan. Katta sonlarni bilib olishda abstrakt tushunchaning rivojlanishi talab qilinardi. Bu hodisa hisoblashning kelib chiqishiga muayyyan turtki bo‘ldi. Aytishlarga qaraganda, dastlabki hisoblash barmoqlar bilan amalga oshirilgan, bu beshlik bilib olingandan so‘ng oyoq barmoqlarini hisobga qo‘shib o‘nlik sanoq tizimi paydo bo‘lgan va hokazo. Xususiy dehqonchilikning kelib chiqish nomi ruschada yer nomi bilan bog‘liq. Masalan, geometriya, zemledeliya so‘zi bilan bog‘liq. Asta-sekin boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham ijobiy bilimlar to‘plana boradi. Jumladan, mudofaa devorlarini o‘lcham orqali qurish, yirik qurilish inshootlari, quruqlik va suv transportlari, g‘ildirakli aravalarni, kemalarni qurish jarayonlarining 156 rivoji nafaqat matematik hisoblash, shuningdek, mexanikani ham bilishni talab qilardi. Yerda va dengizda yo‘l yurish, u bilan bog‘liq talonchilik urushlari astranomik kuzatishlar bilan bir qatorda geografik va kartografik bilimlarning to‘planishiga ko‘maklashdi. Poliniziyaliklar o‘zlarining dengiz bo‘ylab o‘zoq yurishlarida yog‘ochdan bo‘lgan tayoqcha va mayda toshlar bilan orollarning joylanishini ifodalab, ulardan karta sifatida foydalanganlar. Shuningdek, ular shamolning yo‘nalishini hisoblashni ham bilishganlar. Urushlar xirurgiyaning paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynagan. Qadimgi Hindistonda nafaqat zararlangan qo‘l-oyoqlarni kesib tashlashni, og‘ir jarohatlarni davolashni, bosh chanoqni ochib ko‘rishni, shuningdek, plastik operasiya qilishni ham bilishib, xirurgiyaning taraqqiyotini ta‘minlashgan. Aholi sonining o‘sishi, chorvachilikning rivojlanishi yuqumli kasalliklar epidemiyasining ham ko‘payishi xavfini to‘g‘dirgan. Bu kabi kasalliklar bilan kurashishda, masalan, Sharqiy Afrikada har xil o‘simliklardan tayyorlangan dorivorlardan keng foydalanilgan. jamiyatshunoslik bilimlar birmuncha sekin holatda rivojlanishda bo‘ldi. Bu soha avvalgidek ko‘pincha diniy qarashlar bilan bog‘liq edi. Diniy mifologik tasavvurlar, masalan, tabiatdagi g‘alati hodisalar va boshqalar xo‘jalik, ijtimoiy va mafkuraviy hayotda keng tarqalgan edi. Xususan, Geradot o‘zining IV jild asarining 5-6 sahifalarida skiflarning kelib chiqishini, avlodining geneologiyasini mifologiyagataqab, tug‘ilgan birinchi odamni Targitay nomi bilan bog‘laydi. Bu afsonada tarixiy etnografik elementlar bor. Shunga qaramasdan, skiflar podshosining kelib chiqishini ilohiyatga bog‘lab ko‘rsatgan. Ko‘p hollarda ayrim xalqlar o‘zlarining kelib chiqishini toza oqsuyaklardan iborat ekanligini afsonaviy tarzda tasavvur qilib, podsholar buyuk zotlardan bo‘lganligini mamnuniyat bilan hikoya qilganlar. Masalan, Polineziyaning Ratonga orolida yashagan odamlar o‘zlarining kelib chiqishini 92 avlod bilan bog‘laganlar. Bunday an‘anani skiflarda ham ko‘rish mumkin edi. Ana shu tarzda geneologik bilimlar rivojlangan. Bu vaqtga kelib, diniy tasavvurlardan keyinchalik muayyan farq qiladigan huquqiy bilimlar paydo bo‘ladi. Bu borada ibtidoiy 157 dengizchilikda bo‘lgan harakatlarni kuzatish mumkin. Kemasozlovchilar bayroqlarini baland osib, shamol berishni ilohiyatdan tiz cho‘kib, soatlab o‘tirishib so‘rashganlar. Ayrim ibtidoiy urug‘doshlarda, ayniqsa, uning yemirilish arafasida podshoni xudo darajasiga ko‘tarib, unga qasamyod keltirib, shafqat qilishni so‘raganlar. Ko‘pincha odamlar «ulug‘»larning haykali oldiga tiz cho‘kib, iltijo qilganlar, ayrim xalqlarda olovni, chiroqni muqaddas deb bilishganlar. Shuningdek, G‘arbiy Afrika qabilalarida adolat o‘rnatish maqsadida jinoyat sodir bo‘lgan joyni obdon tekshirib ko‘rish va amalda tasdiqlab berishni afzal ko‘rishganlar. Bu davrga kelib, san‘atning rivojlanishining yangi shakli paydo bo‘ladi. Mudofaa inshootlar, shuningdek, ko‘p asrlarga mo‘ljallangan monumental dafn inshootlar, dolmenlar va boshqalar arxitekturani keltirib chiqardi. Dehqonchilikdan hunarmandchilikning ajralib chiqishi amaliy san‘atning rivojlanishiga olib keldi. Urug‘-qabila boshliqlarining talablarini qondirish maqsadida zargarlik bezaklar, qimmatbaho qurollar, idishlar, kiyim-kechaklarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Shu munosabat bilan tarevtika (chekanka) keng tarqaladi. U bilan birga metalldan turli zargarlik ashyolarini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. Bunday buyumlarga totem suratlarini o‘yib solish odat tusiga kiradi. Ayniqsa, mis, jez plastinkalarga, idishlarning sirtiga odam va har xil hayvonlarning suratini tushirish keng tarqaladi. Bu davrning o‘ziga xos san‘at turlaridan biri talonchilik urushlari bilan bog‘liq qahramonlar haqidagi yaratilgan dostonlardir. Qadimgi Bobilning Gilgamesh, Beshkitob haqidagi epik ertaklar, Ellada, Odessiya, Edda, Ramayana va Kalavela, Antar haqida va Nartlar haqidagi ertaklar va boshqalar, ularning barchasi eposning klassik namunalari hisoblanib, urug‘-jamoalari tuzumi yemirilishi arafasida paydo bo‘lgan edi. Bular bizgacha har xil ertak va dostonlar, ko‘pgina holatlarda og‘zaki mifologiya sifatida yetib kelgan. Ularning aksariyatida talonchilik urushlari ko‘rsatilgan qahramonliklar va asirga tushgan qullar, asirlar hamda bitmas-tuganmas boylik – xazinalar haqida hikoya qilingan. Ko‘pgina shunday og‘zaki hikoyalar kabardin nartlari orasida keng tarqalgan bo‘lib, ular xalq og‘zaki ijodi yoki klassik sohaga aylandi. Bu ijodiy mifologiya tufayli urug‘-qabila dohiylari haqida 158 og‘zaki, keyinchalik yozma ertaklar to‘qilgan, yo‘lboshchilar, dohiylar, harbiy sarkardalar hamda urush tufayli to‘plangan mol-mulklar haqida jo‘shib hikoya qilingan doston va ertaklar yuzaga keldi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling