Tarixiy antropologiya
Metallurgiyaning paydo bo„lishi va rivojlanishi
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
3. Metallurgiyaning paydo bo„lishi va rivojlanishi
Insoniyatga eng qadimgi davrlardan ma‘lum bo‗lgan metall bu mis bo‗lib, uni eng dastlabkisi neolit davrlarida tabiiy ravishda yer yuzasiga chiqib qolgan yaxlit shakldagi misni qizdirish va unga shakl berish usuli bilan ishlatilgan. Tabiatdagi misni o‗zlashtirishda bunday tabiiy ravishda yuzaga chiqib qolgan tug‗ma metallardan foydalanilgan bo‗lsa, keyinchalik aynan shu topilgan misni bronzaga aylantirish usuli paydo bo‗lgandan keyingina bu metall toshni siqib chiqarishga muvaffaq bo‗ldi. Mis ruda sifatida hamma joyda ham uchramagan va uni qazib olib, undan foydalanish ishlari juda ham qiyin kechgan. Shuning uchun misning tosh qurollarni siqib chiqarishi yo‗lidagi harakatlar juda qiyin kechgan. Lekin yangi qurol yasash uchun topilgan metallning jamiyat taraqqiyotiga qo‗shadigan hissasi juda ham katta bo‗lgan. Xuddi shu gaplarni misning o‗rniga kelgan bronza to‗g‗risida ham aytish mumkin. Chunki bronzani tayyorlash uchun qalay, qo‗rg‗oshin, rux, surma, mishyak kabi kimyoviy moddalardan ma‘lum miqdorda qo‗shilgan. Bronza misga nisbatan ancha qattiq bo‗lganligi uchun undan yasalgan qurollarning sifati, ya‘ni qattiqligi va o‗tkirligi anchagina yuqori bo‗lgan. Uni erish temperaturasi misga nisbatan ancha past bo‗lgan. Hamda erigan bronzani qoliplarga quyish ishlari ham oson bo‗lgan. Shu bilan birga birinchidan bronza olish uchun komponentlar – mis hamda unga qo‗shiladigan qalay, qo‗rg‗oshin, rux, surma, mishyak kabi kimyoviy moddalarni topish juda qiyin bo‗lgan, chunki bu minerallar hamma joyda ham topilavermagan. Shuning uchun ham eneolit davrida jamiyat hayotida tosh qurollarining roli va o‗rni katta bo‗lgan. Bunday holat bronza davrida ham davom etgan, chunki tayyorlangan bronza qurollari tosh qurollarini siqib chiqara olmagan. Yuqoridagi holat temirdan qurollar ishlab chiqarilishiga qadar davom etdi. Xo‗jalikda temirni joriy etilishi bilan ahvol mutlaqo o‗zgardi. Ammo, temirning hayotga joriy etilishidan boshlab tosh 150 qurollari endilikda o‗z o‗rnini temir qurollariga bo‗shatib berdi. Chunki temir rudasi mis yoki bronzadan kengroq tarqalgan edi. Eng muhim tomoni – temirning ishlab-chiqarishda ishlatilishi nihoyatda qulay bo‗lib, undan juda ham keskir bo‗lgan, egilmaydigan va bukilmaydigan qattiq qurol-aslahalar tayyorlandi. Ammo bu imkoniyatga ega bo‗lish uchun insoniyatga minglab yillar kerak bo‗ldi. Faqat temir davriga kelibgina ishlab chiqarishdan tosh qurollari mutlaqo siqib chiqarildi. Bu temirning toshni ustidan qozongan katta g‗alabasi edi. Eng toza temir metall meteoritning tushishi natijasida olingan metal bo‗lib, uning sifati rudadan olingan metalga nisbatan ancha yuqori bo‗lgan. Rudadan temirni ajratish usuli miloddan oldingi II ming yillikda qanday bo‗lgan bo‗lsa, shundayligicha qolgan. Bu usul bo‗yicha eng qadimgi davrlardayoq temir rudasi pechga o‗tin bilan taxlab qo‗yilgan. Temirni eritish uchun o‗t yoqilib, mesh yordamida xumdonga havo (kislorod) yuborilgan, natijada pechning tagida kritsa olishgan. Kritsani faqat temirchining qo‗l kuchi, bolg‗asi yordamida shlakdan tozalangan. Shu bilan birga temir olish usuli juda qiyin jarayon bo‗lib, bu ish bilan shug‗ullangan odamlarni ilohiy darajadagi odamlar deb tushunishgan. Chunki, temirdan yasalgan pichoq, qilich, xanjar kabi qurollar o‗lim va o‗ldirish bilan bog‗liq qurollar bo‗lgan. Shuning uchun temirchilardan doimo qo‗rqishgan. Ruslardagi ―kuznets‖ so‗zi ham ―kaznit‖ so‗zidan olingan. Dunyoning turli qismida temir ishlab-chiqarish usullarining paydo bo‗lishi turli davrlarga to‗g‗ri keladi. Kavkazorti va Kichik Osiyoda miloddan ilgarigi III ming yillikda, Kavkazortining janubida va Kichik Osiyoda, miloddan ilgarigi II ming yillikda va Osiyo, Afrika va Yevropa miloddan ilgarigi I ming yilliklarda tarqaldi. Shu bilan birga Amerika, Okeaniya va Avstraliyaga temir faqat Yevropaliklarning bu yerlarga kirib kelgan davridan boshlangan bo‗lgan. Temirchilik bilan bir qatorda hunarmandchilikning boshqa turlari asta-sekinlik bilan rivojlandi. Hunarmandchilik turlarining eng dastlabkilariga kulolchilikni kiritish mumkin. Bu sohaning rivojlanishiga kulolchilik charxining va sopol pishiradigan xumdonning kashf etilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Ammo, kulolchilik charxi, yoki kulolchilik 151 xumdoni paydo bo‗lmasdan ilgari boshqa mamlakatlarga o‗zining juda sifatli sopol idishlarini chiqargan mamlakatlar bo‗lgan. Bularga Amerika va Afrikadagi qadimgi jamiyatlar kiradi. Bronza davridan boshlab dehqonchilikdan bir qator sohalar, shu jumladan to‗qimachilik hunarmandchilikning alohida yo‗nalishi sifatida ajrab chiqdi. Aynan to‗qimachilikdan keyin hunarmandchilikning boshqa turlari ham eng asosiy sohalar sifatida ajralib chiqishdi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling