Glossariy – kursda ishlatiladigan atamalar, qisqartmalar va belgilar lug‘ati miloddan avvalgi (m a.) IV ming yillik


Download 74.5 Kb.
bet1/18
Sana31.01.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1142322
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Glossariy


GLOSSARIY – KURSDA ISHLATILADIGAN ATAMALAR, QISQARTMALAR VA BELGILAR LUG‘ATI
Miloddan avvalgi (m.a.) IV ming yillik – Sharqdagi dastlabki quldorlik davlatlari paydo bo‘ldi, ilk iqtisodiy qarashlar shakllandi.
Hammurapi (m.a. 1792-1750 yy.) - Bobil (Vavilon) podshosi toshga o‘yib yozilgan o‘z qonunlarida quldorlik tuzumining harakterli belgilarini aks ettirgan (282 ta). Bu yodgorlik Parijda Luvr muzeyida saqlanmoqda.
Zardushtiylik (Zoroastrizm, otashparastlik) - islomgacha O‘rta Osiyo, Ozarbayjon va Eron xalqlarining dini. Bunda ayniqsa tabiatni va hayvonot dunyosini asrash va boshqa iqtisodiy masalalarga alohida urg‘u berilgan.
«Avesto» - Zardushtiylikning muqaddas to‘plami, oromiy yozuvida bitilgan. m.a. VII asrda Markaziy Osiyoda qadimgi davrdagi iqtisodiy hayot aks etgan. Mehnatga, chorvachilikka alohida e’tibor berilgan. Ko‘p qismi yo‘q bo‘lgan, to‘liq emas. Rus va o‘zbek tillariga tarjima qilingan. Bu kitob 2700 yil avval yozilgan bo‘lib, unda «ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal» prinsiplari ilgari suriladi.
«Artxashastra» - m.a. IV-III asrlarda Hindistondagi siyosiy va iqtisodiy hayotni aks ettirgan. Ishhaqi tushunchasi ish vaqti bilan ifodalangan.
Konfutsiy (Kun-Szi, m.a. 551-479 yy.) - Xitoydagi konfutsiychilik iqtisodiy ta’limotining asoschisi. «Lunyu» suhbatlar va mulohazalar to‘plamini yaratgan. «Xalqlar otasi» iborasining muallifi. Oz iste’mol qilib, ko‘proq ishlashni targ‘ib etgan. Odat bo‘yicha boshqarish tarafdori (ota-bola; podsho-xalq, oila kabi bo‘lishi kerak)
Legistlar - Xitoydagi (m.a.VI-III asrlar) iqtisodiy oqim. Konfutsiylikka qarshi. Boshqaruv qonunlar asosida bo‘lish tarafdori. Don masalasini hal qilish bosh vazifa deb qaraladi. Dehqonlarni ro‘yxat qilish, soliq tizimini tartibga solish tarafdorlari.
«Guan-Szi» (m.a.IV asr) - Xitoydagi ijtimoiy-iqtisodiy asar, unda xo‘jalikni davlat tomonidan tartibga solish tizimlari mukammal berilgan.
M.a. II ming yillik - Farbda (Qadimgi Gresiya - Yunoniston va Italiyada) quldorlik tuzumi yuzaga keldi. Quldorlik klassik shaklda amalga oshdi.

Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling