Glossariy – kursda ishlatiladigan atamalar, qisqartmalar va belgilar lug‘ati miloddan avvalgi (m a.) IV ming yillik


Download 74.5 Kb.
bet14/18
Sana31.01.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1142322
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Glossariy

Lozanna maktabi - L.Valras va V.Pareto (1848-1923) tomonidan iqtisodiyotda ekonometrika usullarini keng qo‘llash tufayli paydo bo‘lgan.
Amerika maktabi Jon Beyts Klark (1847-1938) - Amerika maktabi vakillaridan, AQSH va Kolumbiya universitetlari professori, Amerika maktabi asoschisi, Amerika iqtisodiy uyushmasini tuzish (1885) tashabbuskorlaridan biri. Psixologik va ma’naviy omillar hal qiluvchi deb qaralgan. Avstriya maktabi prinsiplariga qo‘shilgan. «Mehnat va kapitalning pasayib boruvchi unumdorligi» qonunini kashf etgan. Marjinalizm g‘oyalarini rivojlantirgan.
Bozor iqtisodiyoti - tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar asosida boshqariladigan iqtisodiyot. Uzoq tarixga ega bo‘lib, sohibkorlarning erkinligi va raqobatni taqozo etadi. Qiymat qonuni, talab va taklif qonuni, pul muomalasi qonuni B.i.ga xos ob’ektiv qonunlardir. Bozor esa sotuvchi bilan haridor o‘rtasida tovarni pulga ayirboshlash munosabatidir.
Bozor munosabatlarining shakllanishi - ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi davridayoq boshlangan, ammo tovar-pul munosabatlarining rivoji kapitalizm bosqichiga to‘g‘ri keladi (Makkonell K.R., Bryu S.P., «Ekonomiks», M.,1992, 12-bet).
Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining uch asosiy yo‘nalishi mavjud: 1.Neoklassik (yangi klassik); 2. Keynschilik; 3. Institutsional.
Institutsionalizm - lotincha «urf-odat», «muassasa», «ko‘rsatma», ya’ni ayrim institutlar (oila, davlat, monopoliya, kasaba uyushmasi) ijtimoiy taraqqiyotning asosi deb qabul qilgan nazariya.XX asrning 20-30-yillarida AQShda keng tarqaldi. T.Veblen (1857-1920), J.R.Kommons (1862-1945), U.K.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940) va boshqalar bu nazariyaning 20-30-yillardagi vakillaridir, keyingilari esa Klark, Berli, G.Minz (50-yillar), Lou, Myurdal, Gelbreyt, Xeylbroner (60-yillar va hozirgi davr) ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini inkor etadilar.
Buyuk depressiya - 1929-1933 yy. va hatto 1940 yilgacha AQSH va jahondagi yirik iqtisodiy inqiroz, ishlab chiqarish 50% kamaygan, ishsizlik 25% oshgan (17 mln.).

Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling