Glossariy – kursda ishlatiladigan atamalar, qisqartmalar va belgilar lug‘ati miloddan avvalgi (m a.) IV ming yillik
Download 74.5 Kb.
|
Glossariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Multiplikator
Keyns Jon Meynard (1883-1946) - ingliz iqtisodchisi, keynschilikning asoschisi, 1929-1933 yillarda Buyuk inqirozni tahlil etib, jamoat ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash maqsadida davlatni kapitalistik iqtisodiyotni boshqarishiga asoslangan nazariyasini yaratdi. Milliy daromad, kapital mablag‘, ish bilan bandlik, iste’mol, jamg‘arish va boshqa iqtisodiy miqdorlarning tahliliga alohida e’tibor berdi. «Boshqariladigan kapitalizm»ning tarafdori bo‘ldi, turli yo‘nalishlari mavjud. A.Marshallning do‘sti, marksizmning ashaddiy dushmani, «aralash iqtisodiyot»ning otasi va «Iqtisodiy jurnal»ning muharriri. Asosiy asari «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936). Multiplikator formulasini taklif etgan, investitsiyalarning o‘sishi, bandlik va daromadlarning o‘sishi o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatgan, masalan, AQSH uchun o‘sha davrda bu ko‘rsatkich 2.5 bo‘lgan, ya’ni investitsiya qilingan 1 dollar 2.5 dollar daromad keltirgan.
Likvidlik - moddiy ne’matlar va boshqa resurslarning tez pulga aylana olish qobilyati; korxonani o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lay olish qobiliyati balansning aktiv punktlarini pulga aylantirish. Keynschilik - J.M.Keynsning fikrlarini ilgari suruvchi yo‘nalish, uch oqimi mavjud: 1. O‘ng oqim - o‘ta reaksion oqim, qurollanish tarafdori, tartibga solish takliflari bor. Germaniya va Italiyada keng tarqalgan; 2. Liberal oqim - monopoliya manfaatlarini himoya qiluvchi va qurollanishni inkor etuvchi oqim. Uning asosiy vakili Jenni Robinson xonim, bu oqimda kasaba uyushmalariga keng o‘rin berilgan. Fransiyada «dirijizm» (dirijer so‘zidan olingan) nazariyasi vujudga kelgan; 3. Yangi keynschilik, keyinroq ortodoksal keynschilik - J.M.Keynsning qoidalari to‘la qabul qilingan holda A.Xansen tomonidan stagnatsiya nazariyasi bilan to‘ldiriladi. A.Xansen va K.Klark multiplikator prinsipini akselerator prinsipi bilan to‘ldirdilar, indutsirlangan investitsiya tushunchasini kiritdilar. Imperativ (zaruriy) va Indikativ (taklif majburiy emas) rejalashtirishlardan foydalanish mumkinligi aytiladi (Fransiya va bir qancha mamlakatlarda keng tarqalgan). Asosiy vakillari fransiyalik G.Ardan, G.Mendes-Frans, F.Perru, S.Harrislardir. Yangi keynschilik o‘rniga postkeynschilik vujudga keldi, uning vakillari J.Robinson, N.Kaldor, P.Sraffa (Angliya), L.Eyxner, .Vayntraub (AQSH); bu oqimda o‘sish va taqsimot markaziy deb hisoblanadi. Iqtisodni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish taklif etiladi. Multiplikator - ko‘paytiruvchi; iqtisodiyot ta’limotlarida ma’lum bog‘lanishlarni o‘rganishda, multiplikatsiya effekti bor joylarda qo‘llaniladi. Masalan, Keyns ta’limoti bo‘yicha qo‘yilgan investitsiya va daromadlar o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatuvchi koeffitsiyent. Akselerator-multiplikatorga teskari bo‘lgan koeffitsiyent bo‘lib, milliy daromad o‘sishining investitsiya o‘suviga ta’sirini ko‘rsatadi (neokeynschilar qo‘llagan). Download 74.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling