Glossariy – kursda ishlatiladigan atamalar, qisqartmalar va belgilar lug‘ati miloddan avvalgi (m a.) IV ming yillik


Download 74.5 Kb.
bet18/18
Sana31.01.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1142322
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Glossariy

Jahon iqtisodiyoti nazariyalari - jahon bozorida mahsulot, valyuta, ishchi kuchi va boshqalarning harakat jarayonlariga xos qonun va qonuniyatlarini o‘rganuvchi nazariyalar. «Ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimoti» nazariyasi tipikdir (E.Xeksher, B.Olin, P.Samuelson); «Mahsulot hayoti sikli» nazariyasi (G.Xufbauer, R.Vernon, M.Pozner); Monopolistik raqobat nazariyasi (E.X.Chemberlin) va boshqalar.
Absolyut (mutlaq) afzallik prinsipi - A. Smit tomonidan ilgari surilgan g‘oya bo‘lib, savdo munosabatlaridagi mutlaq afzallikni anglatadi (tovarlarni ishlab chiqarishda sarf-harajatlarning ustunligi hal qiluvchi hisoblanadi).
Nisbiy afzallik prinsipi - D. Rikardo tomonidan izohlab berilgan prinsip bo‘lib, ishlab chiqarish omillari (kapital, mehnat, yer) harajatlarining afzalligini ko‘rsatadi va tashqi iqtisodiy aloqalarda keng qo‘llaniladi.
Insoniy rivojlanish konsepsiyasi - BMT tomonidan 90-yillarda ilgari surilgan. Unda taraqqiyot natijalarining inson bilan hamohang bo‘lishi ko‘zda tutiladi, moddiy boylik (yalpi milliy mahsulot) bilan birga sog‘lom hayot, savodxonlik, demokratik institutlar bilan birinchi o‘ringa qo‘yiladi (ayrim davlatlar kambag‘al bo‘lishiga qaramay, bu sohada yuqori natijaga erishmoqdalar va aksincha) hamda «ijtimoiy rivojlanish indeksi» (IRI) bilan o‘lchanadi.
Nokapitalistik (kapitalizmni chetlab) rivojlanish konsepsiyasi - ilgari qoloq bo‘lgan, kapitalizm taraqqiyoti bosqichini to‘la bosib o‘tmagan mamlakatlar uchun tavsiya etilgan rivojlanish yo‘li. Bir qancha mamlakatlar shu yo‘ldan borib, sotsializm quryapmiz, deb o‘ylagan. Hayot buni inkor etdi.
O‘tish davri - bu yerda ma’muriy-buyruqbozlik (imperativ rejalashtirilgan) iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tish davri. O‘z davrida sotsiolistik deb atalgan mamlakatlarning, xususan, O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish davri.
Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling