Glossariy – kursda ishlatiladigan atamalar, qisqartmalar va belgilar lug‘ati miloddan avvalgi (m a.) IV ming yillik


Download 74.5 Kb.
bet11/18
Sana31.01.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1142322
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Glossariy

Rosher Vilgelm Georg (1817-1894) - Germaniya tarixiy mni maqtabining faollaridan, iqtisodiy qonunlarning ob’ektivligini rad etadi, iqtisodiyotni ma’naviy fan deydi, sinfiy kurashning mavjudligini rad etadi, urushlar madhiyachisi, Sey g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Knis Karl (1821-1892) - nemis iqtisodchisi, uningcha, iqtisodiy qonunlar yo‘q va tabiiy qonunlar bor. K.K. xususiy mulk va kapitalizmni abadiy deb hisoblagan. Iqtisodiy siyosatga katta o‘rin bergan.
Gildebrand Bruno (1812-1878) - nemis iqtisodchisi, iqtisodiy hodisalarni tadqiqqilishning o‘z tarixiy usulini ilgari surdi (natura, pul, kredit), uningcha qiymat - foydalilikdir va xususiy mulk abadiydir.
Sen-Simon Klod Anri (1760-1825) - Fransiya xayoliy sotsializmining vakili, ammo S.S. xususiy mulkni saqlab qolish taradori bo‘lgan.
Fure Fransua Mari Sharl (1772-1837) - Fransiya xayoliy sotsializmining vakili, kelajakni sinfsiz ko‘rgan, uningcha jamiyat ishlab chiqarish birlashmalari - falangalardan iborat bo‘ladi («Ish rohat bag‘ishlashi zarur»).
Ouen Robert (1771-1858) - ingliz xayoliy sotsializmining vakili, kelajakda xususiy mulkni inkor etgan, barcha sog‘ odamlar uchun mehnat zarur deb hisoblab, «har kimdan qobiliyatiga yarasha va har kimga mehnatiga yarasha» prinsipini ilgari surgan.
Marks Karl (1818-1883), Engels Fridrix (1820-1895) - ilmiy sotsializm nazariyasining asoschilari. Kapitalizmning o‘rniga sotsializm kelishini bashorat etganlar. Xususiy mulkni inkor qilishgan. Umumxalq mulkini asosiy deb qarashgan (tarix bularni inkor etmoqda).
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlari - yangi tarixiy maktab va «sotsial yo‘nalish» paydo bo‘ldi. Uning vakillari G.Shmoller (1838-1917), L.Brentano (1844-1931) va K.Byuxerlardir (1847-1930).
«Neoklassitsizm», Avstriya maktabi - XIX asrning 70-yillarida paydo bo‘ldi, uning asosiy maqsadi Marksning qiymatning mehnat nazariyasiga qarshi kurash edi. Vakillari: K.Menger (1840-1920), Ye.Byom-Baverk (1851-1914), F.Vizer (1951-1926). Marjinalizm, eng yuqori naf, eng yuqori unumdorlik g‘oyalari qo‘llaniladi.

Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling