Glossariy – kursda ishlatiladigan atamalar, qisqartmalar va belgilar lug‘ati miloddan avvalgi (m a.) IV ming yillik


Download 74.5 Kb.
bet8/18
Sana31.01.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1142322
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Glossariy

Proteksionizm - lotincha, davlatning milliy iqtisodiyotini chet el raqobatidan himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosat.
Fritreyderlik - inglizcha, erkin savdo siyosati, proteksionizmga zid. Bu siyosatni bozor munosabatlariga o‘tgan davlatlar tashqi savdoda qo‘llaydilar.
Sismondi Sharl (1773-1842) - Jenevada tug‘ilgan, Fransiyada yashagan, mayda ishlab chiqarish iqtisodining asoschisi, yirik kapitalistik ishlab chiqarishga qarshi chiqdi va buni «isbotlab berish»ga harakat qildi. Mamlakatdagi barcha illatlar yirik ishlab chiqarish tufayli deb hisoblagan, u kapitalizmni tan olmagan, davlat yo‘li bilan yirik korxonalarni tugatishni taklif etgan. Klassik maktabga muholif.
Prudon Per Jozef (1809-1865) - fransiyalik mayda ishlab chiqarish iqtisodchisi va sotsiologi, mayda ishlab chiqarishni himoya qildi, «ishchi puli» orqali mahsulot sotishni taklif etdi. Kapitalizmni islohqilishni taklif etdi. P. pulga qarshi bo‘lgan. Klassik maktabga muqobil fikrlar bildirgan.
Rodbertus Karl Iogann (1805-1875) - nemis iqtisodchisi, o‘z iqtisodiy g‘oyalarini «Sotsial xatlar» shaklida ilgari surdi, qo‘shimcha qiymat, pul va renta bo‘yicha mayda burjuacha qarashlar tarafdori. Vulgar qarash - «o‘ta soddalashtirilgan», «soxtalashtirilgan» degan ma’nosi bor, g‘ayriilmiy iqtisodiy nazariyalar majmui, asosiy namoyandalari Sey (1767-1832) va Maltusdir (1766-1834). Ular kapitalizmni himoya qilish maqsadida iqtisodiy jarayonlarning tashqi ko‘rinishini tavsiflash va «xo‘jako‘rsin»ga klassifikatsiya qilish bilan chegaralanib, hodisaning mohiyatini tadqiq etmaydilar. Ularga faqat ayrim masalanigina olib, butun muammoni hal qilish xosdir. V.k. namoyandalari klassik iqtisodiy maktabni inkor etadilar.
Apologetika - biror g‘oya yoki ta’limotni xato bo‘lsa ham ko‘r-ko‘rona himoya qilish. Ma’lum sinf, guruhlar manfaati himoya qilinadi.
Mill Jeyms (1773-1836) - ingliz iqtisodchisi, ish haqini oshirish uchun kurashmaslik tarafdori, jonli mehnat bilan birga ishlab chiqarish vositalarining mehnatini ham tan olishni talab qilgan.

Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling