Glossariy – kursda ishlatiladigan atamalar, qisqartmalar va belgilar lug‘ati miloddan avvalgi (m a.) IV ming yillik


Varron (m.a. 116-27) va LyutsiyKolumella


Download 74.5 Kb.
bet3/18
Sana31.01.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1142322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Glossariy

Varron (m.a. 116-27) va LyutsiyKolumella (milodiy I asr) - Rim agronomlari. Qul xo‘jaligini samarali tashkil etishga ahamiyat berdilar, dehqonchilik va chorvachilikni ham rivojlantirishni zarur deb bilganlar. Qul mehnatining samarasiz ekanligini tushungan va dehqonchilikni erkin kolonlarga berishni taklif etganlar.
Aka-uka Grakxlar, Tiberiy (m.a.162-133) va Gay (153-121) - Rim davlatida yer islohotining rejasini tuzganlar. Har bir yer egasidan 125 ga (500 yuger) dan ortiq yerlar tortib olinib (oilaga 1000 yuger - 250 ga), boshqalarga 30 yugerdan bo‘lib berish taklif etilgan. Mayda dehqon manfaatlari himoya qilingan. Islohotlar natija bergan. Ammo aka-ukalarning o‘limidan keyin bu islohotlar bekor qilindi.
Latifundiya - yirik yer egaligi (pomeste). Dastlab Qadimgi Rimda m.a. II asrda paydo bo‘ldi, milodiy I asrda keng tarqaldi. Feodalizm davrida avj oldi. Prussiya va AQShda rivoj topdi. Inqiloblar tufayli tugatildi.
Spartak (m.a.71 halok bo‘ldi) - qullar qo‘zg‘oloniga (m.a.73-71) rahbarlik qildi. Qo‘zg‘olon yengildi. Ammo qulchilik tuzumiga zarba berildi.
Xristianlik (nasorolik) - jahondagi keng tarqalgan uch dindan biri, buddizm va islom bilan bir qatorda milodning I asrida Rim imperiyasinig sharqiy provinsiyasi(Falastin)da mazlumlar va ezilganlar dini sifatida paydo bo‘lgan, muqaddas kitobi Injilda «Ishlamagan tishlamas» prinsipi ilgari surilgan (havoriy apostol Pavelning fikri). 325 yildan Rim imperiyasining davlat dini, unda mulk, iqtisodiy tenglik, hamkorlik va boshqa g‘oyalar ilgari suriladi.
V asrda Farbiy Yevropada (Rim imperiyasining qulashi) qullik tugatilib, feodalistik munosabatlar tarkib topdi (V-XVI-XVII asrlar). Sharq mamlakatlarida feodalizmning shakllanishi III-VII asrlarda ro‘y berdi. Bu davrdagi iqtisodiy g‘oyalar tovar-pul munosabatlarining rivoji bilan bog‘liq.
Islom - VII asrda (hijriy 622 yil) dastlab Arabistonda tarqalgan so‘nggi muqaddas din. Islomning muqaddas kitobi Qur’oni karimda (arabchada o‘qish, qiroat degani) Alloh taolo tarafidan shaxsiy mulk muqaddas deb e’lon qilingan, unga ko‘z olaytirish katta gunoh deyilgan va sudxo‘rlik harom qilingan, ortiqcha sarf-harajatlar qoralangan, ayniqsa «englar, ichinglar, hadya qilinglar, lekin isrof qilmang» degan oyatlar bugungi kun uchun ham ahamiyatlidir.

Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling