Tarixiy antropologiya


Tovar almashinuvi, savdo-sotiq, ishlab-chiqarishdagi notekislik


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

4. Tovar almashinuvi, savdo-sotiq, ishlab-chiqarishdagi notekislik 
va uning sabablari 
Birinchi mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va ikkinchi ijtimoiy 
mehnat taqsimotining vujudga kelishi bilan parallel ravishda tovar 
almashinuvi rivojlandi. Bunday tovar ayriboshlash ilk ibtidoiy 
davrdayoq qabilalarning o‗z hududlaridagi tabiat ne‘matlarini kerakli 
tovarlarga ayrboshlash odati juda qadimgi odatlar qatoriga kiradi. 
Ibtidoiy davrning ikkinchi yarmidan boshlab tovar ayriboshlashning 
ikkinchi turi – sovg‗a-salomlar ulashish usuli joriy etildi. Endilikda 
nufuzli iqtisodning joriy etilishi bilan yuqoridagi ikki xil tovar 
almashinuvi ahamiyati yanada oshdi. Shundan keyin haqiqiy iqtisodiy 
tovar almashinuvi boshlanadi. Bu davrga kelib, tovar almashinuvi 
munosabati bilan vujudga kelgan qabilalar o‗rtasidagi aloqalargina 
yanada mustahkamlandi. Shu bilan birga qabilalar orasidagi tovarlarning 
qimmati, ularning bozor narxi tobora aniqlasha bordi va ularning 
ahamiyati tobora qadrlana boshladi. 
Eng qadimgi va eng keng tarqalgan tovar almashinuvlardan biri 
dehqon jamoalari bilan atrofdagi chorvador aholi o‗rtasidagi tovar 
almashinuvi hisoblanadi. Jumladan, dehqon jamoalari doimo chorva 
mahsulotlari – go‗sht, sut, sut mahsulotlari, teri, jun kabi mahsulotlar va 
asosiy ishchi hayvon hisoblangan ho‗kizga bo‗lgan ehtiyojni qondirish 
uchun harakat qilishgan. Chorvadorlar o‗z navbatida dehqon 
jamoalarining mahsulotlariga talablari juda katta edi. Chunki 
chorvadorlarning doimiy harakatdagi yashash tarzi ularning yashashlari 
uchun kerak bo‗lgan talablarini, metalga, kulolchilik mahsulotlari va 
boshqa mahsulotlarga nisbatan bo‗lgan talabini oshirgan. Bulardan 
tashqari dehqon jamoalari ham, shuningdek chorvadorlar ham atrofdagi 


152 
tabiatning 
tayyor 
mahsulotlarini 
o‗zlashtiruvchi 
qabilalarning 
mahsulotlariga ham ehtiyojlari katta edi va ular bilan ham intensiv 
almashtirish yo‗lga qo‗yilgan. Bu qabilalar bilan aloqalar asosan 
ziroatchilik 
yoki 
chorvachilik 
mahsulotlarini 
o‗rmon, dengiz 
―sovg‗a‖lariga almashtirish ishlari jadallik bilan amalga oshirilgan. 
Qabilalararo bunday almashinuvlarning uzoq aks sadosi sifatida bir 
qator urf-odatlarning saqlanib qolganligida ko‗rinadi. Jumladan, juda 
ko‗p xalqlarda boshqa joylardan tovar almashtirish maqsadida kelgan 
mehmonga nisbatan mehmondo‗stlik ko‗rsatish, ularning mol-mulkini, 
hayotini saqlashga kafillik berish kabi odatlar saqlanib qolgan. Bunday 
tovar almashinuvidagi doimiy munosabatlarning evolyutsiyasi natijasida 
xalqlar o‗rtasida yaqin tanishchilik odatlari, kavkazliklarning 
qo‗naqchilik, boshqa xalqlardagi sun‘iy qarindoshchilik, aka-uka 
tutinish (pobratimstvo) kabi juda qadimdan qolgan urf-odatlar 
saqlangan. 
Hunarmandchilikning 
turlarini 
ajralishi 
bilan 
birga 
tovar 
almashinuvi ham avj oldi. Endilikda tovarlarni almashtirish faqat 
chetdagi xududlardagina emas, balki jamoalarning o‗zini ichida ham 
davom etdi. Qaysidur mahsulotlar ataylab almashtirish uchun 
tayyorlandi. Almashtirishdan tashqari chiqarilgan tovarlar o‗sha 
davrlarda shakllana boshlagan bozorga chiqarildi. Bu bozorlarda ma‘lum 
bir kunlarda yaqin atroflardan juda ko‗plab (etnologik kuzatuvlarda 
ma‘lum bo‗lishicha, bunday bozorlarga bir necha minglab odamlar) 
odamlar kelgan. 
Bu davrlarda nufuzli iqtisodda ham, shuningdek haqiqiy iqtisodiy 
almashuvda ham albatta almashtiriladigan tovarning qimmati, yoki 
haqiqiy ekvivalenti kerak edi. Odamlar o‗zlarining almashtirayotgan 
tovarlarini qaysi tovarning qimmatiga tengligini bilishi kerak edi. Xuddi 
shu jarayonda turli hududlarda turli tovarlar, ya‘ni chorva mollari, turli 
qushlar va boshqa qimmati jihatidan yuqori baholanadigan, uni yaratish 
uchun katta kuch, vaqt sarflangan buyumlar albatta qimmat baholangan. 
Masalan, it, cho‗chqa, ayiq, filning suyagidan va akulani tishidan 
yasalgan munchoqlar, turli qushlarning patlari, juda kamyob 
chig‗anoqlar, turli gazlamalar, bo‗yralar, toshdan yasalgan uzuklar, 


153 
chiroyli qilib ishlangan ko‗zalar va h.k. Bu almashinuv ekvivalentiga 
aylangan 
buyumlarning 
eng 
mashhurlaridan 
biri 
qimmatbaho 
chig‗anoqdir. Bu chig‗anoqni qadimgi zamonlarda haqiqatdan ham 
ayrboshlash ekvivalentiga aylanganligini Afrikadagi Gana davlatining 
pul birligini shu erda yashaydigan xalqlarning ashanti tilida ―chig‗anoq‖ 
deb aytilishi yuqoridagilardan darak beradi. Qadimgi dunyoning juda 
ko‗p xalqlarida tuzning bo‗laklari, qo‗y, ho‗kiz, teri kabi pulni o‗rnida 
ishlatiladigan asosiy almashinuv tovarlari edi. Bular ichida turli 
hayvonlar va ularning terilari katta rol o‗ynagan. Shuning uchun ham bir 
qator Yevropa tillari – sanskrit tilidagi rupia, lotin tilidagi pekunia, 
qadigi rus tilidagi skot kabilar tarjimada pulning nomidir. Etnologik 
metaldan yasalgan ―ibtidoiy pullar‖ Afrikadan topilgan hamda ularning 
shakli xojsimon va oddiy quyma usulda tayyorlangan. Oddiy 
yog‗ochdan yasalgan sterjenlar bo‗lib, unga misdan sim o‗ralgan 
bo‗lgan. Temirdan yasalgan motigalar ham qimmatbaho almashuv 
vositasi bo‗lgan. 
Hunarmandchilik tovarlarining ko‗payishi bilan tovar almashuvi 
tobora kuchayib borganligi aloqalarni olib borish vositalarini 
kuchaytirishni taqozo qildi. Buning uchun yo‗llar va ko‗priklar qurildi, 
g‗ildirakli aravalar paydo bo‗ldi, daryo va dengizlarda suzadigan elkanli 
va eshkakli kemalar paydo bo‗ldi. Miloddan oldingi II ming yillik 
o‗rtalaridan qo‗shga va aravaga qo‗shadigan hayvon sifatida otning 
kuchidan foydalanildi. Keyingi ming yillikda esa Osiyoning sahro 
zonalarida, bir urkachli va ikki urkachli tuyalar keng tarqaldi. 
Tovarlarni almashtiruv asosida o‗tkaziladigan operatsiyalarda juda 
ko‗p vaqtlar davomida alohida mutaxassislar – savdogarlar ajralib 
chiqmagan edi. Bunday ishlarni o‗sha mahsulotni ishlab chiqargan 
korxonalarning rahbarlari yoki o‗sha mahsulotni tayyorlagan ustaning 
o‗zi shug‗ullangan. Ayniqsa qabila boshliqlari, guruh rahbarlari tovar 
ayrboshlashda vositachilik qilishganliklari uchun ko‗proq daromad 
olishgan va obro‗larini oshirishda undan foydalanishgan. Lekin 
professional yoki yarim professional savdogarlarning paydo bo‗lishi 
ko‗proq ilk sinfiy davlatlar davriga to‗g‗ri keladi hamda bu uchinchi 
yirik ijtimoiy mehnat taqsimotidir. Bunday holatlar ko‗plab arxeologik 


154 
komplekslarda o‗z aksini topgan. Ayniqsa miloddan oldingi IV ming 
yillikka oid xususiy muhrlarning topilganligi bu davrda xususiy mulk 
egalarining paydo bo‗lganligidan xabar beradigan belgidir.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling