Tarixiy antropologiya


Afrika va Yevroosiyo antropologik materiallari


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

3. Afrika va Yevroosiyo antropologik materiallari. Nima 
sababdan aynan Afrika qit‘asida eng qadimgi odamlar paydo bo‗lib, 
keyingi davrlarda ular dunyoning turli qismlariga tarqalgan, degan 
masalada 
turli 
nashrlarda 
gipotezalar 
bor. 
Paleoiqlim 
bilan 
shug‗ullanadigan olimlarning yozishicha, oxirgi 5 mln yil mobaynida 
Afrikaning iqlimi bir necha marta juda quruq iqlimdan nam iqlimga va, 
aksincha, nam iqlimdan quruq iqlimga qarab o‗zgargani sir emas. 
Buning eng asosiy sababi Yer o‗qining og‗ish burchagini 25 ming yilda 
o‗zgartirib turishini aytishadi. Aynan shu Yer shari o‗qining og‗ish 
burchagining o‗zgarishi bu hududlarda musson yomg‗irlarining ko‗plab 
yog‗ishiga, natijada hosildor bo‗z tuproqlarning paydo bo‗lishiga, 
o‗rmonlar va savannalarni paydo bo‗lishiga imkon beradi. Jumladan, 
xuddi shunday musson yomg‗irlari ko‗p yoqqan davrlarda O‗rtaer 
dengizining Nil daryosi quyiladigan qismida juda ham sapropellarga boy 
bo‗lgan balchiq tuproq qatlamlarini yotqiziqlarini ko‗rish mumkin. 
Xuddi shunday davrlarda Afrikaning ko‗plab hududlarida juda chuqur 
ko‗llarni hosil bo‗lganligini ko‗ramiz. Bu ko‗llarning eng chuqur 
qismlarida balchiq yotqiziqlarini hosil bo‗lishi davrida olduvay 
madaniyatiga oid tosh qurollari topilganligiga e‘tiborni qaratmoqchimiz. 
Bundan keyingi xuddi shunday holat ashel bosqichiga o‗tish davriga 
to‗g‗ri keladi. Olimlarning fikricha, aynan shunday qisqa muddatli 
yomg‗ir yog‗adigan davrlar, umumiy aridizatsiya jarayonlarini yanada 
taraqqiy etishiga olib keldi va bu narsa gominidlarning evolyutsiyasi 
jarayonini tezlashiga turtki bo‗ldi. 


105 
Namlikni siklli tebranishi jarayoni bilan bir vaqtda Sharqiy Afrika 
iqlimini aridizatsiyalashishi jarayoni yuz beradi. Iqlimdagi bunday 
o‗zgarishlar iqlimning yuz berishiga bu hududdan yuqoriroq 
kengliklarda ma‘lum davrlarda muzliklarning bo‗lganligi savannalar 
maydonining kengayishi va o‗rmonlarning qisqarishi bilan bog‗liq edi. 
Bunday aridizatsiya jarayonlarining boshlangan davriga 2,8 mln. yil 
bo‗lgan bo‗lsa, 1,8–1,6 mln yil ilgari o‗zining eng yuqori nuqtasiga 
chiqdi.
Xomo erektus odamlari ham Afrika qit‘asida paydo bo‗lib, butun 
Yevroosiyo qit‘asiga tarqalgan odamlardan hisoblanadi. Eng dastlabki 
xomo erektuslar Afrika qit‘asidan tashqariga chiqib, Yevroosiyo 
materigini egallashda o‗zlarining katta hissalarini qo‗shdilar. Jumladan, 
1991-yilda gruziyalik arxeolog David Lordkipanidze tomonidan 
Dmanisi degan yodgorlikdan 1,77 mln yil ilgari o‗lgan odamning 
suyaklari topilgan. Topilgan suyaklar ichida 4 ta odamning bosh 
chanoqlari alohida e‘tiborga sazovor bo‗lib, ularning bittasi juda keksa 
chol (balki kampir) bo‗lib, tishlari o‗lishidan ancha avval tushib 
ketganligi ma‘lum bo‗ldi. Bu topilmaning eng diqqatga sazovor eri 
shundan iborat ediki, u ham bo‗lsa, Afrika hududidan tashqarida 
topilgan eng qadimgi gominidlarga tegishli xomo erektusning bosh 
chanog‗i parchalari edi. Bu topilmaning yana bir xarakterli tomoni - 
uning bosh suyagining shaklida eng qadimgi odam urug‗i (Homo 
habilis) belgilari, bosh miyasining kichikligi (600–680 sm kub) va 
Homo erectusning progressiv belgilarini o‗zida mujassam etganligini 
ko‗rish mumkin edi. 
Bosh chanoqlaridan tashqari qolgan barcha skelet qismlari ham 
hozirgi zamon odami shakliga ancha yaqin bo‗lganligi, umurtqa 
pog‗onasining shakllari bu odamni ikki oyoqda uzoq muddatda yurishi 
mumkinligini ko‗rsatdi. Bu jihatdan ular Homo erectuslarga yaqin edi. 
Ammo butun tananing bosh miyaning kattaligiga nisbati jihatidan bu 
topilmalar xomo habilislarga yaqin edi. Qisqa qilib aytganda, bu topilma 
xomo erektuslar bilan xomo habilislar o‗rtasidagi oraliq zveno edi. Bu 
topilmalarni topgan arxeologlar uni Homo georgicus deb nomlashni 
tavsiya qilishdi, ammo bu taklifga hamma antropologlar ham 


106 
qo‗shilishmadi. Albatta, nima deb atalishi unchalik muhim emas, uni 
oddiy erektus deb ham atash mumkin yoki cho‗zinchoq xabilislar, hatto 
Dmanisilik homo deb ham atash mumkin. Chunki bu odam tiplari oraliq 
tiplar sifatida ko‗pchilik antropolog olimlar tomonidan tan olingan. 
Ilgari birqancha olimlar tomonidan qilingan taxminlardan farqli 
o‗laroq, topilgan suyaklarning birontasida ham vahshiy hayvon 
tishlarining izlari topilmaganligi ajablanarli. Hatto vahshiy hayvon yutib 
yuborishi mumkin bo‗lgan mayda suyak parchalari ham topilganki, bu 
belgi ham bu erda yashagan odamlarni o‗z ajallari bilan o‗lganliklaridan 
dalolat beradi. Shu bilan birga, bu erdan topilgan yirik hayvonlarning 
suyak parchalaridan ularni dastlab odamlar eganliklarini, keyin esa 
yovvoyi hayvonlar tanovul qilganliklarini vahshiy hayvonlarning tish 
izlari saqlanib qolganligidan bilsa bo‗ladi. Hayvon suyaklarining birida 
bu suyak odam tomonidan tozalangandan keyin unda yovvoyi hayvon 
ham o‗z tishining izini qoldirganligi aniqlangan. Shu bilan birga 
suyaklarning birida tosh qurolining ham izi borligi ma‘lum bo‗lgan. Bu 
belgilar Dmanisi odamlari juda yirik hayvonlarni ovlashni bilishgan 
degan xulosani bermaydi, balki odamlar yovvoyi hayvonlarga nisbatan 
tezroq harakat qilib, o‗z o‗ljalarini qo‗lga kiritganliklarini ko‗rsatadi. 
Dmanisidan topilgan tosh qurollari juda oddiy tosh qurollari bo‗lib, ular 
olduvay madaniyati qurollariga o‗xshab ketadi. 
Gruziyaning Dmanisisida bu odamlar paydo bo‗lgandan keyin, 
taxminan bundan 1,5 mln yil muqaddam Osiyoning janub qismi ham shu 
odamlar tomonidan egallana boshlaganligi va ularni 1,2–1,3 mln yil 
ilgari shimoli-sharqiy Xitoyda paydo bo‗lganligini ko‗rishimiz mumkin. 
Bu har ikki populyasiyaning joylashgan joyini ko‗radigan bo‗lsak, 
ularning 
oralari 
izolyasiyalanganligini 
ko‗rishimiz 
mumkin. 
Shuningdek, bu har ikki populyasiya asosan cho‗l mintaqasiga xos 
o‗simlik dunyosiga ega bo‗lgan va o‗txo‗r hayvonlar tarqalgan 
hududlarda yashaganliklarini ko‗ramiz. Ularning oralaridagi qalin 
subtropik o‗rmonlar Janubiy Xitoy va Hindixitoy yarim orolini ham 
to‗liq egallagan edi. Bu o‗rmonlar orangutanlar, gibbonlar, o‗z paytida 
qirilib ketgan gigantopiteklar va gigant pandalar tomonidan egallangan 
bo‗lib, bu hududlarni homo erektuslar tomonidan egallanishi mumkin 


107 
emas edi. Chunki ular keng cho‗l hududlarida yashashga moslashgan 
odamlarning eng qadimgi ajdodlari edi. 
Xitoyning shimoli-sharqiy qismidagi erektuslar joylashgan hudud 
keyinchalik sinantroplar yashaydigan makonga aylandi. Aynan 
sinantroplar uchun ham shimoliy kenglikdagi 40 gradus atroflarida, 
o‗rmonlardan uzoqroqda muzliklar davri qisqa muddatlarda bo‗lgan va 
yirik hududlarni egallamagan edi. Albatta bu hududlarga muzliklarning 
o‗zi kirib kelmagan, ammo muzliklar davrida ancha sovuq va quruq 
iqlim bo‗lgan. Keyinchalik (bundan 900 ming yil ilgari) bu yerdagi 
sovuqlar va muzliklar uzoq muddatli bo‗lgan. Shimoli-sharqiy 
populyasiya yana bir necha yuz ming yillar davomida shu hududlarda 
yashashgan. Erektuslarning oxirgi vakillari bundan 400–350 ming yil 
ilgari o‗zlarining oxirgi hayotlarini to‗xtatishdi. Ekvatorial hududlarda 
yashashga moslashgan Homo erectus vakillari bundan 50 ming yil ilgari 
Yava orollarida yashashgani ma‘lum. 
Odamning eng qadimgi ajdodlari maymun bo‗lganligi to‗g‗risidagi 
nazariya olimlar ommasi tomonidan XIX asrda ko‗plab muhokama 
qilingandan keyin bir nechta yirik topilmalar bu taxminlarga nuqta 
qo‗ydi. Haqiqatdan ham maymunodamlarning qiyofasi qanday 
bo‗lganligi to‗g‗risida tasavvur qilishga harakat qilishdi. 
Bu taxminlarni real voqelikka aylantiradigan topilma 1890–1891 
yillarda, Yava orolining Solo daryosi bo‗yida ilk pleystotsen davri 
qatlamlaridan topildi. Bu topilma fanda, ―Pitecanthropus erectus‖ yoki 
―to‗g‗ri yuradigan maymunodam‖ deb ataldi. Pitekantrop topilmasi bosh 
qismining kattaligi bilan alohida ajralib turar edi. Shuning uchun uni 
hatto juda katta gibbon kallasiga ham o‗xshatishdi. Ammo keyingi 
qiyosiy-morfologik o‗rganishlar, jumladan, XX asrning o‗ttizinchi 
yillarida bu erda olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida yana 20 
ta 
xuddi 
shunday 
odam 
qoldiqlari 
topildi. 
Shuning 
uchun 
pitekantroplarning bo‗lganligi to‗g‗risidagi taxmin gumon qilmasa ham 
bo‗ladigan darajada haqiqatga aylandi. Pitekantrop odami hozirgi zamon 
odamidan eng birinchi navbatda miya qobig‗ini tuzilishi bilan farq 
qiladi. Bu masalada shuni aytish kerakki, pitekantrop odami ikki oyoqda 
tik turib yurishga to‗liq moslashgan edi. Uning yurishi hozirgi odamning 


108 
yurishidan uncha farq qilmas edi. Ammo pitekantroplarning miya 
tuzilishi va uning bosh a‘zosi shakli odamnikidan keskin farq qiladi. 
Hamma gap shundaki, pitekantrop miyasining hajmi 900 sm kubni 
tashkil qilar edi. Miya hajmining kichikligi evaziga miya qobig‗ining 
ustki qismini juda pastligi, buning ustiga qoshining ostki qismining 
oldinga bo‗rtib chiqqanligi, pastki jag‗ qismining ustki qismiga nisbatan 
kattaligi aniq bilinar edi. Bu belgilarning hammasi pitekantroplarning 
kundalik turmush tarzida, ya‘ni ularning mehnat faoliyatida sezilarli 
o‗rin tutardi. Jumladan, pitekantroplar yasagan qurollar o‗zining 
soddaligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ular yasagan qurol uchun 
miyalarining shu hajmdagi kattaligi ham etarli edi, yoki boshqacha 
aytganda, ularning miyalari unchalik rivojlanmaganligi uchun ham ular 
ishlab chiqargan qurollar ham o‗zining oddiyligi, unchalik murakkab 
emasligi bilan ajralib turar edi. Keyinroq xuddi shunday topilma 
qoldiqlari Angliya, Belgiya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, 
Shveysariya, Yugoslaviya, Chexoslovakiya, Vengriya, Afrikaning turli 
qismlari, O‗rta Osiyo, Falastin, Eron, Iroq va Xitoyda topildi. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling