6-Mavzu: Ip o‘tkazish va bog‘lash soxasida yaratilgan yangi yangi
uskunalarda innovatsion texnologiyalarni roli va qo‘llanilishi. Jarayonni
rivojlantirishda kompyuter va informatsion texnologiyalarni qo‘llanilishi va
roli.
Ma’ruza rejasi
1. Yangi tanda nazoratchisi va gula turlari.
2. Zamonaviy o‘tkazish dastgohi va ulash mashinalari.
Tanda ipini to‘quvchilikka tayyorlash jarayonlarining oxirgisi o‘tkazish yoki
bog‘lash jarayoni hisoblanadi. O‘tkazish jarayonida
tanda iplari lamel va gula
ko‘zlaridan, tig‘ tishlaridan o‘tkaziladi. O‘tkazish to‘qilayotgan assortiment, ya’ni
tanda iplari soni va gulalarga o‘tkazish tartibi o‘zgarganda qo‘llaniladi. To‘quv
dastgohining jixozlari ishdan chiqqanda ham o‘tkazish qo‘llaniladi. To‘quv
korxonasida umumiy tandalarning 10
15 % o‘tkaziladi.
O‘tkazishga nisbatan kamroq mehnat sarflanadigan
va kengroq tarqalgan
jarayon bog‘lash jarayoni hisoblanadi. Bog‘lash jarayonida yangi tanda iplarining
uchi tugayotgan tanda ipi uchlari bilan bog‘lanadi. Bog‘lash jarayoni bevosita to‘quv
dastgohida yoki o‘tkazish bo‘limida amalga oshirilishi mumkin.
Iplar
bog‘langandan so‘ng tugunlar lamel, gula va tig‘dan o‘tkaziladi.
Yangi va tugayotgan iplarning uchini yopishtirish yoki burab qo‘yish yo‘li
bilan ham birlashtirish mumkin. Bu usul to‘quv dastgohida tugunlarni o‘tishi qiyin
bo‘lgan holda qo‘llaniladi.
Lamel – tanda kuzatuvchisining elementi bo‘lib, tanda ipi uzilganda dastgohni
to‘xtatish uchun xizmat qiladi.Tanda kuzatuvchisining
ishlash prinsipiga qarab
lamellar quyidagi turlarda tayyorlanishi mumkin:
L – mexanik prinsipda ishlovchi tanda kuzatuvchilari
uchun yopiq holda
ishlangan;
LO – mexanik tanda kuzatuvchilarda qo‘llaniluvchi bir
tomoni ochiq holda;
LE – elektr tanda kuzatuvchilari uchun yopiq holda
bajarilgan;
LOE – elektr tanda kuzatuvchilari uchun bir tomoni ochiq holda bajarilgan.
Lamellarning o‘lchamlari va og‘irligi ipning chiziqli zichligiga bog‘liq.
Ipning chiziqli zichligi oshgan sari og‘irroq lamellar qo‘llaniladi.