9-mavzu yopiq suzish basseynlari issiqlik ta’minotida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning


Download 0.64 Mb.
bet1/4
Sana14.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1268070
  1   2   3   4
Bog'liq
№9 Mavzu


9-MAVZU
YOPIQ SUZISH BASSEYNLARI ISSIQLIK TA’MINOTIDA QAYTA
TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISHNING
Sovuq iqlim sharoitida ochiq va yopiq suzish basseynlarida qulay issiqlikni ta’minlash uchun ko‘p issiqlik manbai zarur. Bu energiya sarfini, shuningdek operatsion va investitsiyaviy harajatlarni kamaytirishga qaratilgan turli xil qizdirish texnologiyalarini tizimga joriy etishni va ularni rivojlantirishni talab etadi. Ushbu mavzuda suzish basseynlari qizdirish texnologiyalarini texnik va iqtisodiy jixatdan rivojlantirishning tahlilini ko‘rib chiqamiz. Tahlilda suzish basseynlarini qizdirishning passiv usuli hisoblangan issiqlik izolyasiya qoplamasining afzallik va kamchiliklari hamda qizdirishning aktiv usullari elektr isitgich, isitish qozoni(boiler), quyosh kollektorlari, issiqlik nasosi kabi texnologiyalar bilan suzish basseynlarini qizdirishning zamonaviy holati tahlili va quyosh tuzli suv havzasi bilan suzish basseynlarini qizdirish usullari keltirilgan.
Dunyodagi ko‘p mamlakatlarda suzish uchun yil bo‘yi qulay iqlim sharoiti mavjud bo‘lsada, aksariyat mamlakatlarda qizdirish tizimisiz yiliga atigi bir necha oy bor. Bunga javoban odamlar, suzishga imkon bo‘lmaydigan iqlim sharoitida qulay haroratni ta’minlash uchun suzish basseynlarini isitish tizimlari bilan yopiq holda quradi.
Sport faoliyati, aholini sog‘lomlashtirish, katta va kichik yoshdagi nogironlarni reabilitatsiya qilish maqsadida quriladigan suzish basseynlarini qizdirish tizimida muqobil energiya manbalaridan foydalanish, energiya sarf-xarajatlarini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3- maydagi "Suzish sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 333-son Qarorida basseynlardagi suvni qizdirish va filtrlash jarayonlarini muqobil energiya manbalaridan (quyosh qurilmalaridan) foydalangan holda amalga oshirish tizimini joriy etish belgilab berilgan [1].
Bugungi kunda dunyodagi ko‘pgina yopiq suv sporti saroylarida qishda va yilning sovuq iqlim sharoitlarida ularni qizdirishda tabiiy gaz va elektr energiyasi resurslaridan foydalaniladi.
Gretsiyadagi (Musia va Dimoudi) ochiq suzish basseynlarini qizdirishdagi energiya sarfi misol tariqasida ko‘rib chiqildi. Ularni qizdirish uchun an’anaviy yoqilg‘i turlari tabiiy gaz va mazutli qizdirish texnologiyalaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ochiq suzish basseynlari suvining yuza qismida issiqlik izolyasiya qoplamasi bo‘lmaganda o‘rtacha yillik energiya sarfi 2456,16 kVt/m2 ni, issiqlik izolyasiyasi qoplamasi bo‘lganda esa 1827,45 kVt/m2 ni tashkil etgan [2].
Suzish basseynlarida suvni qizdirishda uning harorati sanitariya-gigiena qoidalari asosida belgilanadi. Unga ko‘ra yopiq suzish basseynlarida xona harorati suv haroratidan 2-3 daraja ortiq bo‘lishi kerak. Kattalar uchun harorati 23-25 darajagacha bo‘lgan suv qulay hisoblanadi. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun suvni 30-32 darajagacha qizdirish kerak.7 yoshdan katta bolalar uchun esa suv harorati 29-30 darajada bo‘lishi kerak [3].
Zamonaviy qizdirish texnolgogiyalari ochiq va yopiq suzish basseynlari uchun farqli bo‘ladi. Birinchidan ochiq suzish basseynlarining faol mavsumi odatda subtropik iqlim mintaqalarida faqat maydan sentyabrgacha davom etadi. Ikkinchidan, yopiq suzish basseynlarini qizdirish texnikasi nafaqat basseyn suvini issiqlik bilan ta’minlash, balki bino ichidagi qizdirish va ventilyasiyaga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun ham qo‘llaniladi. Tegishli natijalar shuni ko‘rsatadiki, yopiq suzish basseynlarining energiya sarfi bir xil o‘lchamdagi ochiq suzish basseynlari energiya sarfidan uch baravar ko‘pdir [4].
Suzish basseynlarida harorat eng muhim issiqlik-texnik parametr hisoblanadi. Suzish basseynlarida optimal harorat rejimini taminlash, boshqarish passiv va aktiv usullar orqali amalga oshiriladi.
Suzish basseynlari uchun eng ko‘p ishlatiladigan passiv usul - bu issiqlik isrof bo‘lishini, ayniqsa, bug‘lanish orqali issiqlikni isrofini oldini olishda samarali bo‘lgan issiqlik izolyasiya qoplamasidan foydalanishdir. Basseynda issiqlik izolyasiya qoplamalarini ishlatish taklifi birinchi bo‘lib Amerikalik olim Brooks tomonidan 1955 yilda taklif qilingan [5]. 1960 yilda boshqa Amerikalik olim Root suzish basseyni uchun shishiriladigan plastik qoplamani taklif qildi [6]. Czarnecki 1963 yilda Avstraliyaning Melburn shahridagi ochiq suzish basseynida 0,02 sm qalinlikdagi PVXdan tayyorlangan shishirilgan qoplamaning ishlashini joyida sinovdan o‘tkazdi. Ammo u sinovdan o‘tkazgan qoplamaning chidamliligi qoniqarli emas degan xulosaga keldi va qalinligi 0,05 sm bo‘lgan qoplamadan foydalanishni taklif qildi [7].
Yopiq suzish basseynlarini harorat rejimini qizdirish va ventilyasiya tizimlari orqali hosil qilish hamda boshqarish esa aktiv usul hisoblanadi. Suzish basseynlarini an’anaviy qizdirishning keng tarqalgan usullari elektr va gaz isitgichlari hisoblanadi.
Basseynni tabiiy gaz bilan qizdirish tizimi samarali usul hisoblanadi, lekin bugungi kunda tabiiy gaz zahiralarining kamayib borayotganligi va unga to‘lanadigan sarf harajatning qimmatligi bu tizimning eng muhim kamchiliklaridir. (1-rasm).

1-rasm. Suzish basseynlarini tabiiy gaz bilan qizdirish sxemasi:
1 – boyler (isitish qozoni); 2 – nasos; 3 – issiqlik almashinish qurilmasi; 4 – filtr; 5 – basseyn;
Basseyndagi suvni elektr isitkich yordamida qizdirish suvni qizdirishning eng qimmat usullaridan hisoblanadi. Chunki elektr energiyasi bahosining (tarifi) muntazam o‘sib borishi va elektr energiyasini ishlab chiqarishda tabiiy organik yoqilg‘ilarning sarf qilinishi bu usul qo‘llanilish samarasining pasayishiga olib keladi. Bunday qurilmalar hajmi jihatdan ixcham, uni o‘rnatish tez va oson hamda boshlang‘ich harajatlari arzon. Bu qizdirish tizimi suvning o‘ziga xam bog‘liq, unda tuz bulmasligi kerak, chunki elektr isitkichning isitish elementida tuzli shakllar paydo bo‘ladi. Bu esa elektr isitgichning tez orada ishdan chiqishiga olib keladi. (2-rasm)


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling