9-mavzu yopiq suzish basseynlari issiqlik ta’minotida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning
-rasm. Suzish basseynlarini elektr isitkich bilan qizdirish sxemasi
Download 0.64 Mb.
|
№9 Mavzu
2-rasm. Suzish basseynlarini elektr isitkich bilan qizdirish sxemasi:
1 – basseyn; 2 – nasos; 3 – filtr; 4 – elektr isitkich; Basseynning hajmi va joylashuviga qarab uning quvvati tanlanadi. Bu tizimning asosiy va eng muhim kamchiliklaridan biri suvga elektr tokining tarqalishi mumkinligidir. Bu esa inson uchun nixoyatda xavfli hisoblanadi. Quyosh energiyasi qayta tiklanadigan energiya manbalari orasida, tozaligi, ifloslanish darajasining pastligi va ishonchliligi bilan ajralib turadi. Shu sababli, u binolarni sovitish va isitish kabi ko‘plab sohalarda qo‘llanilmoqda. Quyosh kollektori quyosh energiyasining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi va yopiq suzish basseynlarini qizdirishda keng foydalaniladi. Suzish basseynlarini qizdirishda quyosh kollektorlari bilan birgalikda ishlaydigan nasoslar aniq vaqtda, quyosh nurlanishiga yoki suvning quyosh kollektoriga kirish va chiqishidagi harorati farqiga qarab ishga tushishi yoki o‘chishi (boshqarilishi) mumkin. Boshqa nasoslarni esa basseyn suvi haroratiga qarab boshqarish mumkin. Agar suvning harorati belgilangan qiymatlardan pastroq bo‘lsa (masalan 27 oS) nasoslar ishga tushadi, aksincha bo‘lganda esa o‘chadi. Issiqlik almashinish qurilmalari yopiq suzish basseynlariga suvni sifatli va isigan holda yetkazib berish uchun ishlatiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, bazi tadqiqotlarda quyosh kollektorlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yopiq basseynlarga ulangan bo‘ladi. SHuning uchun tizimda suv yig‘ish baki va issiqlik almashinish qurilmasi kerak bo‘lmasligi mumkin (3-rasm). 3-rasm. Suzish basseynlarini quyosh kollektorlari bilan qizdirish sxemasi: 1 – basseyn; 2 – nasos; 3 – issiqlik almashinish qurilmasi; 4 – suv yig‘ish baki; 5 – quyosh kollektori. Hindistonlik olimlar Tiwari va Sharma 1991 yil yopiq suzish basseyni isitish tizimining energiya samaradorligini hisoblashning analitik modelini ishlab chiqdi [8]. Isroillik olim D.Gowaer 1984 yil quyosh kollektorlari orqali yopiq suzish havzasini isitish tizimining energiya ko‘rsatkichlarini, quyosh kollektorlari tomonidan yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan issiqlik energiyasini boholash uchun ishlatiladigan foydali usul yordamida tahlil qildi [9]. Bugungi kunda basseyn suvini issiqlik nasosi bilan qizdirish tizimi qizdirishning keng tarqalgan usuli hisoblanadi. Bundan tashqari issiqlik nasosi ekologik toza, xavfsizligi va har qanday issiqlik taminoti tizimiga moslashuvchanligi bilan boshqa qizdirish tizimlaridan ajralib turadi. Basseynni qizdirishda issiqlik nasoslarini turini tanlash eng muhim hisoblanadi. Energiya tariflarining ko‘tarilishi tufayli qayta Muqobil energetika tiklanadigan energiya manbalaridan, quyosh kollektorlari yoki ularning kombinatsiyasi asosida ishlaydigan issiqlik nasosli tizimlardan foydalanish samarali usul hisoblanadi (4-rasm). Chow va Bai hamda boshqalar qishda yopiq suzish basseynlarini issiqlik bilan ta’minlash uchun quyosh energiyali issiqlik nasosining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini baholadi. Bu tizimda quyosh kollektorlari suv saqlovchi idish orqali yopiq suzish basseynlarini issiqlik bilan ta’minlash uchun ishlatilishi mumkin. Tarmoqli nasoslarni "yoqish va o‘chirish" ni boshqarish kollektorning chiqish suvining harorati va saqlash idishining pastki harorati o‘rtasidagi suv farqi orqali amalga oshirildi. Agar harorat farqi 2°C dan 10°C gacha bo‘lganida, tegishli nasoslar yoqilgan bo‘lardi; aks holda, ular o‘chirilgan bo‘lardi. Issiqlik nasosi xonani isitish bilan birgalikda, u quyosh nurlanishi kam bo‘lgan vaqtlarda ham basseyn suvini qizdirish uchun ishlatiladi. To‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra bu qizdirish tizimiga ishlatilgan dastlabki sarmoyani besh yildan kam vaqt ichida qoplash mumkin [10]. 4-rasm. Suzish basseynlarini quyosh issiqlik nasosi bilan qizdirish sxemasi: 1 - basseyn; 2 - nasos; 3 - filtr; 4 - qaytish klapani; 5 – solnechnыy kollektor; 6-issiqlik almashinish qurilmasi; 7 – issiqlik nasos; 8 – uch yo‘lli klapan. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling