9-mavzu yopiq suzish basseynlari issiqlik ta’minotida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning
Quyosh nurlanishini yig‘ishda tuzli suv havzasidan foydalanish
Download 0.64 Mb.
|
№9 Mavzu
Quyosh nurlanishini yig‘ishda tuzli suv havzasidan foydalanish
Yuqoridagi keltirilgan suzish basseynlarini qizdirish tizimlari tahlilidan kelib chiqib respublikamizning turli hududlarida suzish basseynlarini qizdirish uchun quyosh tuzli suv havzasi yordamida suzish basseynlarini qizdirish tizimini taklif qilish mumkin. Quyosh energiyasining issiqligidan foydalanish uchun quyosh nurlanishini yig‘ish kerak. Issiqlikni yig‘ishda quyosh tuzli suv havzasidan foydalanish mumkin. Avvalambor quyosh tuzli suv havzasi nima va uning xususiyatlari qanday. Quyosh tuzli suv havzasi (6-rasm) pastki qismida sayoz tik sho‘r suvi bo‘lgan, tagi qora rangda yoki qora plyonka bilan qoplangan (2 - 4 m) hovuz bo‘lib, unda quyi pastki qatlamda quyosh nurlari ta’sirida suvning harorati maksimal 90 - 100 ⁰S gacha ko‘tarilishi mumkin. Hovuzning 1 m2 maydoniga 500 - 1000 kg osh tuzi kerak bo‘ladi [11]. Quyosh tuzli suv havzasi (6-rasm) uch xil qatlamli bo‘lib katta quyosh kollektori sifatida ishlashi mumkin. Ichidagi katta miqdordagi suyuqlik tufayli u issiqlik energiyasini to‘playdi. Ushbu uchta qatlam tuzning tarqalishini aniq ko‘rsatadigan yuqori konvektiv zona, konvektiv bo‘lmagan o‘rta zona va pastki konvektiv zona deb nomlanadi. Yuqori konvektiv zona va pastki konvektiv zona bir hil bo‘lib, issiqlik konveksiya qatlami orqali uzatiladi [11]. 6-rasm. Quyosh tuzli suv havzasining diagrammasi va suv havzasi chuqurligi bo‘ylab suyuqlik haroratining o‘zgarishi. Quyosh tuzli suv havzasida esa energiyasining asosiy qismi tuzli suv havzasining tubiga singib ketadi. Yuqoridagi sovuq suv qatlamiga nisbatan pastki issiq sho‘r suv qatlamida tuz ko‘proq eriydi va shuni hisobiga suv zichligi ortadi. Pastki qismida joylashgan yuqori zichlikdagi tuzli sho‘r suv qizib zichliklar farqi tufayli yuqoriga ko‘tarila olmaydi. Quyosh nurlanish oqimining o‘rtacha sutkalik intensivligi tropik hududlar va cho‘llarda 210–250 Vt/m2 [18–21,2 mJ/ (m2 sut)], O‘zbekistonda 186–214 Vt/m2 [16,1–28,47 mJ/ (m2 sut)], maksimal miqdori esa (er yuzining sathida) — 1000 Vt/m2, quyosh doimiysi 1367 Vt/m2 teng (atmosferaning yuqori chegarasida quyosh nurlariga perpendikular sirtda). Markaziy Osiyo respublikalarida yil davomida quyosh nur sochishining davomiyligi 2700–3035 soatga teng. Shuni hisobiga respublikamizning janubiy hududida joylashgan Suzish basseynlarini qizdirishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan quyosh tuzli suv havzali yoki uning kombinatsiyasi asosida ishlaydigan issiqlik nasosli tizimlardan foydalanish eng samarali usul xisoblanadi (6-rasm). Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling