6-Mavzu: Ip o‘tkazish va bog‘lash soxasida yaratilgan yangi yangi uskunalarda innovatsion texnologiyalarni roli va qo‘llanilishi. Jarayonni rivojlantirishda kompyuter va informatsion texnologiyalarni qo‘llanilishi va roli
-rasm. Simli gulalar va ko‘zchalarining o‘lchamlari, mm
Download 447.63 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu
6.3-rasm. Simli gulalar va ko‘zchalarining o‘lchamlari, mm:
b‒ gula qulog‘ini ichki eni; b 1 ‒ gula ko‘zchasini ichki eni; b 2 ‒ payvandlangangula ko‘zchasini ichki eni; d‒sim diametri; h 1 ‒gula ko‘zchasini ichki uzunligi; h 2 ‒ payvandlangan gula ichki ko‘zchasini uzunligi; L‒gula uzunligi; L 1 ‒ gula markazidan yuqori quloqqacha bo‘lgan masofa. Tig‘ tanda iplarini to‘qimaning eni bo‘yicha bir tekis taqsimlash, tanda bo‘yicha zichlikni hosil qilish va arqoq ipini to‘qima chetiga jipslash uchun xizmat qilib, moki yoki arqoq tashlagich uchun yo‘naltiruvchi vazifasini ham bajaradi. Tig‘ nomerini to‘g‘ri tanlash to‘qish jarayonidagi iplarning uzilishiga va to‘qimada tanda iplarini bir tekis joylashishiga ta’sir etadi. Iplarning uzilishi asosan ipni tig‘ tishlaridagi bo‘shliqni to‘ldirilishiga bog‘liq. Ipdagi tugunlar tig‘dan erkin o‘tishi kerak. Zamonaviy o‘tkazish dastgohi va ulash mashinalari. Iplarni o‘tkazish qo‘lda, yarim mexanizatsiyalashgan dastgohlarda va avtomatlarda bajarilishi mumkin. O‘tkazish dastgohida 2 ta ishchi; uzatuvchi va o‘tkazuvchi tanda iplarini qo‘lda o‘tkazadi. Uzatuvchi iplarni birin-ketin ajratib beradi. O‘tkazuvchi ilgak yordamida ajratilgan iplarni lamel va gula ko‘zidan o‘tkazadi. Agar yopiq turdagi lamellar ishlatilsa, iplar oldin lamel keyin gulalarga o‘tkaziladi. O‘tkazuvchi tig‘ tishiga o‘tkaziladigan iplarni to‘plab, passet yordamida tig‘ga o‘tkazadi. Passet oval shaklidagi birmuncha egilgan plastina shaklida bo‘lib, ovalning ustki qismida 2 ta kesmasi bor. Ish jarayonida passet 180 0 ga burilib, iplarni tig‘ tishiga o‘tkazadi. Shu paytda passetning qarama-qarshi tomoni egilib, keyingi tishga tushadi va passet avtomatik tarzda bitta tishga suriladi. «Barber-Kolman» (AQSh) firmasining o‘tkazish avtomati 1 ta yoki 2 ta rangli yoki rangsiz tanda iplarini lamel, gula va tig‘dan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Avtomat qo‘zg‘aluvchan karetkada o‘rnatilgan asos va tanda o‘rnatish uchun mo‘ljallangan 2 ta qo‘zg‘aluvchan aravachalardan iborat. Amallarni bajarish tartibi perfokarta bilan boshqariladi. Dastgoh harakatni alohida elektrodvigateldan oladi. O‘tkazish tezligi ishchi holatda 140 ip/min, sekin holatda 20 ip/min. dastgohning unumdorligi soatiga 4000-5000 ipni, murakkab to‘qimalar uchun 3500 ipni tashkil etadi. Dastgoh ipni 26 ta shoda va 6 qator lamel reykasidan o‘tkazishi mumkin. Selveger-Uster» (Shveysariya) firmasi EMV o‘tkazish avto-matini ishlab chiqaradi. Bu avtomat tanda iplarini 150-160 ip/min tezlikda 2 ta dan 28 tagacha shodaga o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Bu avtomatdan tashqari «Selveger-Uster» firmasi tanda iplarini gula, lamellardan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan mashi-nalarni ishlab chiqaradi. Iplarni tig‘ tishidan o‘tkazish uchun qo‘shimcha mashina qo‘llaniladi. Bu 2 bosqichli tizim qulayroq, chunki dastgohni maxsus yo‘naltiruvchilar bilan jixozlashni talab etmaydi. Unda barcha uzunlikdagi turli xil gulalardan ipni o‘tkazish mumkin. O‘tkazishning eni 400 sm gacha. Buning natijasida keng bo‘lgan mokisiz dastgohlarda ipni o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. Hozirgi paytda robotlashtirilgan o‘tkazish avtomatlari mavjud bo‘lib, ularda tanda iplarini to‘quv dastgohi anjomlaridan o‘tkazish to‘liq avtomatlashtirilgan holda bajariladi. Download 447.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling