Tarixiy antropologiya


 Diffuzionizm g„oyasining yo„nalishlari va maktablari


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

2. Diffuzionizm g„oyasining yo„nalishlari va maktablari. 
Diffuzionizm g‗oyasining qator yo‗nalishlari va maktablari 
shakllandi. Skandinaviya mamlakatlarida Erik Nordenildning tarixiy – 
geografik yo‗nalishi; Germaniyada Fris Grebper va Vilgelm Shmidtning 
madaniy - tarixiy hamda Leo Frobeniusning antropolografiya 
maktablari; AQShda Eduard Sepir, Melvill Xerskovis; Angliyada 
giperdiffizionizm (geosiyosiy) maktabi vakillari Grafton Elliot Smit
Uilyam Riverslar ijod qilishgan.
Diffuzionizmning asoschisi deb Myunxen universiteti professori 
Fridrix Ratsel (1844-1904) tan olinadi. U birinchi bo‗lib madaniy 
omillarning mamlakatlar va xududlardagi tarqalishi qonuniyatlariga 
e‘tibor qaratdi. Evolyutsionistlarda madaniy omillar ularning paydo 
bo‗lishi sharoitlari bilan bog‗liq holda ko‗rilmagan. Ratsel‘ esa 
madaniyat omillarini xalqlararo munosabatlardagi muhim omil sifatida 
ko‗rsatdi. Uning fikricha irqlar aralashadi, tillar paydo bo‗ladi va 
yo‗qoladi, xalqlarning nomi o‗zgaradi, faqat madaniy ashyolar o‗zining 
xududiy o‗rnini hamda ko‗rinish ini saqlab qoladi. Shuning uchun 
Ratsel madaniy ashyolarning tarqalishi masalasini o‗rganishni fanning 
asosiy vazifalaridan deb hisoblaydi. 
Ratsel 
o‗z 
g‗oyalarini ―Antropogeografiya (1882-1891)‖ 
Xalqshunoslik (1885-1895) va ―Yer va hayot‖ (1897) kabi ko‗p tomlik 
asarlarida ifodalaydi. Ularda olim yer yuzida insonlarning joylashishi 
umumiy ta‘svirini yozar ekan. Madaniyatning geografik muhit bilan 


59 
bog‗liq holda yuksalishiga e‘tibor qaratdi. Bu borada olim tabiiy 
muhitning; 
xalqning 
ichki 
hayotiga, 
uning 
madaniyatini 
shakllantirishiga, xalqlar orasida aloqalar xarakteriga (fe‘li-atvoriga) 
ta‘sirini batafsil tadqiq qiladi. 
Ratsel o‗zining madaniyati borasidagi asosiy g‗oyalarini 
―Antropogeografiya‖ asoslarida, moddiy madaniyat buyumlari 
(etnografik buyumlar va ularning atamalari), ularning egalari elat va 
xalqlar orqali tarqalishi geografiyasini taxlil qildi. Uning fikricha turli 
xalqlar madaniyatidagi tabiiy muhit bilan bog‗liq tafovutlar, xalqlar 
orasidagi aloqalar etnografik buyumlarning tarqalishi orqali asta-sekin 
yo‗qolib boradi. Ratsel xalqaro munosabatlarga: qabilalarning 
ko‗chishlari, bosqinlar, irqlararo aralashuv xususiyatlariga, almashinuv, 
savdo va h.k.o.lar alohida e‘tibor qaratadi: bunday o‘zaro munosabatlar 
davomida madaniyatning borliqqa tarqalishi ro‗y beradi. Amalda 
etnografik ashyolarning tarqalishi til yoki irqlar xususiyatlarning 
yoyilishidan ancha muhimdir. Irqiy tillar aralashuvii doimiy jarayon 
bo‗lganidan, zamonaviy irqlar aralashgan bo‗lishi tabiiy. Til etnik belgi 
sifatida irqqa nisbatan muhimroq, lekin u ham vaqt davomida o‗zgaradi 
yoki boshqa tillar tomonidan surib chiqaradi. Moddiy madaniyat 
ashyolari – buyumlar esa o‗zining ko‗rinish ini, tarqalgan xududini 
madaniyatning boshqa omillariga nisbatan uzoqroq saqlab turadi. 
Ratsel‘ning fikricha xalqlar o‗zgaradi, yo‗qolib ketadi, moddiy 
madaniyat buyumlari esa nima bo‗lsa shunday qoladi. Shuning uchun 
etnografik ashyolarning tarqalishi geografiyasi madaniyatni tadqiq 
etishning eng muhim tomonlaridan biridir. 
Ratsel‘ madaniyatning elementlari tarqalishida 2 usulni: 
akkulturasiya, ya‘ni madaniyatning ayrim predmetlari (ashyolari) emas 
butun etnografik ashyolarning bir halqdan ikkinchisiga o‗tishi. Uning 
takidlashicha ayrim buyumlar (taqinchoqlar, kiyimlar, tamaki) bir 
halqdan ikkinchisiga o‗tsa, boshqalari ( egar - jabduqlar, temir 
buyumlar) faqat uni o‗zlashtirgan halqlar bilan birga tarqaladi.
Ratsel‘ning 
asarlarida 
mustaqil 
yo‗nalishi 
sifatida 
deffuziyanizmning 
madaniyatni 
o‗rganishda 
asosiy 
tamoyillari: 
madaniyatlarning o‗zaro ta‘siri; yangi elementlar davomida uning 


60 
o‗zgarib borishi; insoniyat madaniyatining bir yoki bir necha markazdan 
boshlangani g‗oyalari aksini topgan. Bu borada Ratsel‘ insonning o‗ziga 
insonning o‗ziga ikkinchi darajali etnografik buyumlar tashuvchisi 
sifatida o‗rin berib, madaniyatni unga nisbatan mustaqil deb hisoblaydi. 
Bu madaniy omillarning uni tashuvchilaridan nisbatan mustaqilligi 
g‗oyasi; keyinchalik Frobenusning ―madaniy morfologiya‖ va 
Shmidtning ―vena maktabi‖ vakillari asarlarida yanada rivojlantirildi. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling