Tarixiy antropologiya


 Fransiyada “Annallar maktabi” va uni kelib chiqishi


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

2. Fransiyada “Annallar maktabi” va uni kelib chiqishi. Keyingi 
o‗n yilliklarda tarixiy antropologiya faniga qiziqish butun dunyoda 
bo‗lgani kabi Rossiyada ham keng yoyilib bormoqda. Nima sababdan 
evolyutsiyaning ma‘lum bir bosqichida tarixchilarning tarixiy 
antropologiya tomon keskin burilishi sodir bo‗ldi? Nima sababdan butun 
boshli tarix fani yangi usul, yangicha qarashga qiziqib qoldi? Albatta 
tarix fanidagi bunday keskin burilishda mentallik tarixining alohida o‗rni 
borligini alohida aytib o‗tishimiz kerak. 
―Annallar‖ maktabining bir nechta avlodi o‗zlarining ideallariga, 
ayniqsa umumqamragan tarix jurnaliga, L.Fevr va M.Blokning ―total‖,
jurnaliga sodiq qolishdi. Ammo, yuqoridagi ideal jurnallarga 
ergashishga ham ―annalchilar‖ning o‗zlari tomonidan ham turli 
davrlarda turlicha tushunilgan. 
Tarixiy antropologiya tongidagi eng yirik tarixchilaridan biri 
M.Blok bo‗lib, uning ―Mo‗jizakor qirollar‖ degan asari 1924-yilda chop 
etildi. M.Blok o‗zining bu ishida ―qirollik hukumatini g‗ayritabiiy 
xarakterga ega ekanligi‖ to‗g‗risida yozadi. Bunday qirollik Angliyada 
va Fransiyada o‗rta asrlardan boshlab XVIII asrlargacha bo‗lgan 
davrlardagi davlatlarda qirollarni ulug‗lash, ularni g‗ayritabiiy, turli 
mo‗jizaviy kuchga ega ekanliklarini, hatto turli kasalliklarni davolashi 
mumkinligi to‗g‗risidagi g‗ayri ilmiy qarashlarni yozadi.
Bu muammo muallif tomonidan har tomonlama tahlil qilingan. 
M.Blok xuddi shunday qadimgi asoslardan davolanish an‘anasi XI–XII 
asrlardan boshlangan desa, hozirgi tadqiqotchilar boshlanish vaqtini yuz 
yil keyinroqqa – XIII asr o‗rtalarigacha surishgan; u shunga teng 
keladigan marosimni o‗rta asr yodgorliklaridagi tasvirlar asosida hamda 
monarxlar to‗g‗risidagi rivoyatlar asosida o‗rgandi. Muallif eng asosiy 
diqqat va e‘tiborni ―qirollik mo‗jizasi‖ga qaratishni, qirollik boshqaruvi 
ilohiy, mujizaviy tushunchalar bilan bog‗liq ekanligini yozdi. 
Blokning aytishicha bu ishonch ―dunyoni qurilishini tushunishning 
butun boshli konsepsiyasi‖ bilan bog‗liq. Hozirgi zamon fanida 


32 
―mentallik‖ deb qabul qilingan bu yo‗nalish bo‗yicha M.Blok juda 
kamdan-kam hollarda mentalite so‗zini ishlatadi. Ko‗pincha u ―jamoaviy 
tushunchalari‖, ―jamoa ongi‖, hatto ―jamoaviy adashishlar‖ kabi 
so‗zlarni ishlatishni yaxshi ko‗radi. 
M.Blok davridagi atamashunoslikdagi bunday turli-tumanlik bu 
fanning ma‘lum bir sohasidagi yo‗nalishni aniqlana boshlaganligidan, 
uning endigina tug‗ilayotganligidan darak berar edi. SHu narsa ham 
muhimki, birinchi jahon urushi yillari dunyoning eng yirik olimlari turli 
mamlakatlarda parallel ravishda bir xil muammoni – o‗rta asrlardagi 
xalq ommasining ongini streotiplari kabi muammolarni o‗rganishdi; 
jumladan, 1919-yilda Yoxan Xeyzinning ―O‗rta asrning kuzi‖ – XIV–
XV asrlarda ―Hayot ukladining shakli va tafakkur shakllari‖ nomli 
kitoblari chop etildi.
Shunday qilib, tarixchilar asta-sekinlik bilan yangi tadqiqot 
hududini topishdi, bu yo‗nalishga fransuzcha ―mentallik tarixi‖ degan 
atama bilan atashdi.
Qiyin tarjima qilinadigan ―mentallik‖ (mentalite) Fransiyada XIX 
asrning oxiri XX asrning boshlarida keng tarqaldi. Bu nom ―dunyoni 
ko‗rish‖ (mirovozrenie) ma‘nosida ishlatildi. Ammo bu narsa juda ko‗p 
hollarda kollektivning ongiga, ayniqsa uning oddiylik (arxaiklik) soyasi 
bilan berilar edi. 
L.Levi-Bryul hozirgi zamon ―sivilizatsiyali‖ odamining mantiqli 
tafakkuridan ilgari ―pralogik‖ tafakkurga ega bo‗lgan odamlar yashagani 
to‗g‗risida fikr yuritadi. A.Vallon ―Ibtidoiy mentalitet‖ (La mentalite 
primitive, 1926) kitobini yozdi. M.Blokning ―Mo‗jizakor qirollar‖ nomli 
kitobi unchalik ko‗p bo‗lmagan, ammo hammaga namuna bo‗ladigan 
L.Fevra va A.Pirenna kabi tarixchi olimlar tomonidan kutib olingan, 
ayrimlar kitobning mazmunini ―ajoyib‖ deyishgan bo‗lishsa, boshqa 
birlari ikkinchi darajali deyishdi.
Shundan keyin M.Blokning o‗zi bu masalaga qaytib yaqinlashmadi. 
U ko‗proq iqtisodiy va ijtimoiy strukturalarni o‗rganishga kirishdi. 
Ammo u o‗zining ―Feodal jamiyati‖ nomli kitobida alohida bo‗lim 
qo‗shib, bu bo‗limning nomi ―Sezgining o‗ziga xosligi va tushuncha 
obrazlari‖ nomi bilan atadi. Bu yerda mentallik sintezning bir qismi 


33 
sifatida namoyon bo‗lmoqda va bu narsa o‗rta asr obrazini to‗laligicha 
tiklashga imkoniyat beradi dedi. 
Muallifning tirikligida kitob o‗zining obyektiv bahosini olmadi. 
Ammo uning vafotidan keyin, o‗tgan asrning 70-80-yillarida shu 
kitobning qayta nashri (1983) so‗zboshisida J.Le Goff ―M.Blok tarixiy 
antropologiyaning asoschisi‖ bo‗lganligini yozadi. 
M.Blokning do‗sti va hamfikri Lyusen Fevrning ijodiy evolyutsiyasi 
boshqacha edi: u ijtimoiy va ekologik tarixdan (―odam geografiyasi‖) 
o‗zining yetuk davrida g‗oyalar, madaniyatlar, psixologiyani 
o‗rganishga o‗tdi. Ayniqsa, uning yetukligi mentalitet tarixini 
o‗rganishda ko‗rinadi. Uning bir qator maqolalari, ―Tarix va 
psixologiya‖ (1938), ―Folklor va folklorchilar‖ (1939), ―Sezuvchanlik 
va tarix‖ (1941) kabi kitoblarida u bir qancha fanlararo tadqiqotlarini 
tarixchilar, filologlar, psixologlar, sotsiologlar, folklorchilar bilan 
birgalikda ko‗tardi. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling