Foydali qazilma tanasini ochish usulini tanlash shaxta maydonini ochish


Download 482.32 Kb.
bet1/5
Sana19.10.2023
Hajmi482.32 Kb.
#1710462
  1   2   3   4   5

3 AMALIY ISH


FOYDALI QAZILMA TANASINI OCHISH USULINI TANLASH
SHAXTA MAYDONINI OCHISH

Konni ochish deb, yer yuzasidan ruda koni joylashgan joyiga kapital lahimlar o‘tkazib, shaxta maydoniga kirishga imkon yaratilishiga aytiladi.


Konni ochish usuli deganda, konni ochuvchi asosiy va yordamchi lahimlarni konning yotish elementlariga nisbatan joylashtirilishi tushuniladi.
Konni ochish sxemasi deb, ochish usullarining chizma tasviriga aytiladi.
Asosiy ochuvchi lahimlar foydali qazilmalarni transport vositalarida yer yuzasiga tashib chiqarishga, konni shamollatishga, kishilarni yer ostida harakatlanishiga, materiallar, uskunalar tashib keltirishga va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladi.
Asosiy va yordamchi ochuvchi lahimlar biri ikkinchisidan quyidagicha farqlanadi: Asosiy ochuvchi lahimlar konni ochishga xizmat qiladigan yer yuzasiga tutashuvchi tik stvollar, qiya stvollar va shtolnyalar majmuasi kiradi. yordamchi ochuvchi lahimlarga yer yuzasiga bevosita chiqmaydigan, kon gorizontlarini ochib, foydali qazilmalarni ekspluatatsiya qilishga xizmat qiluvchi, qiya va ko‘r stvollar kiradi.
Shaxta stvollarini qurish amaliyotida stvollar loyihadagi chuqurligigacha yoki ma’lum gorizontgacha o‘tib so‘ngra uni chuqurlashtiradi.
Shaxta maydonini bunday ochish tartibini bosqichma–bosqich ochish deyiladi.
Ochuvchi lahimlar muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun uzoq muddat xizmat qilishi hisobga olingan holda ularning shakli, ko‘ndalang kesim yuza maydonini to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega.
Lahimlar shaklini va mustahkamlash usullarini tanlashda ularni barpo etish, mustahkamlash va saqlab turish ishlariga sarflanadigan xarajatlar eng kam miqdorda bo‘lishini, xizmat qilish muddati davomida yuk tashiydigan transport vositalariga va shamollatishga sarflanadigan xarajatlar ham kam bo‘lishligini ta’minlash kerak.
Lahimlarning ko‘ndalang kesimi yuzasining o‘lchamlari transport vositalarini me’yordagidek ishlashi uchun, kishilar harakatlanishiga qulay, xavfsiz, materiallar, uskunalar tashishga va zarur bo‘lgan miqdordagi havo oqimini o‘tkaza oladigan o‘lchamda bo‘lishi kerak.
Shaxta stvolining bir tomoniga joylashgan shaxta maydonining bir qismiga, shaxta qanoti deyiladi. Shaxta qanoti bir qanotli va ikki qanotli bo‘lishi mumkin. Shaxta qanotining nomi dunyo qismlarining nomi bilan ataladi, masalan janubiy va shimoliy; sharqiy va g‘arbiy qanotlari deb ataladi.
Transport gorizontlarining soni bo‘yicha shaxta maydonini ochish usuli bir gorizontli va ko‘p gorizontlilarga bo‘linadi.
Yuqori quvvatli rudniklarda shaxta maydoni ba’zan bloklarga bo‘linadi ularning har biriga mustaqil shamollatuvchi yer osti kon lahimlari va yordamchi stvollar xizmat qiladi. Blok mustaqil shamollatiladi.
Ruda konlarini ishlatishda shaxta maydonining o‘lchamlari har xil bo‘lishi mumkin uzunligi bo‘yicha 500 metrdan 5600 metrgacha yetadi.
Konni har bir keyingi navbatini qazib olish tartibini loyihalash uchun, alohida loyiha topshirig‘i tuzilib, tasdiqlanadi.






1-rasm. Konni shtolnya bilan ochib, tik va ko‘r stvollar o‘tish sxemasi. 1-shtolnya, 2-tik stvol, 3- ko‘r stvol, 4-uklon, 5-Kvershlak.






2-rasm. Shtolnya va ko‘r stvollar bilan
ochish sxemasi.1-shtolnya, 2-ko‘r stvol, 3-
uklon.



Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda har qanday konni yer osti usulida qazib olish uchun loyihalash, shu jumladan ruda tanasi qiya va tik joylashgan katta chuqurlikdagi konlarni qidiruv ishlari olib borilgan hamma chuqurligigacha loyihalash lozim. Konni qurish va ishga tushirish davrlaridagi vaqt ruda zaxirasini qazib olinish tezligiga bog‘liq holda katta diapazonda o‘zgarada. Odatda har bir qavatdagi rudani qazib olish muddati 15-20 yilga yetishi mumkin.

Download 482.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling