Tarixiy antropologiya


Umumiy antropologiya va antropologiya tadqiqot predmetini


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

2. Umumiy antropologiya va antropologiya tadqiqot predmetini 
o„rganishning o„ziga xos jihatlari
Antropologiyaning ilmiy o‗rganish bo‗limi umumiy 
antropologiya yoki «to‗rt dala» antropologiyasi deb 
nomlangan bo‗lib to‗rt yo‗nalishdagi bo‗limlarni o‗z ichiga 
oladi. Bular: ijtimoiy-madaniy, arxeologik, biologik va lingvistik
antropologiya. (Shu yerdan boshlab ijtimoiy-madaniy
antropologiya qisqacha madaniy antropologiya deb ataladi). 
Antropologiyani o‗rganish qismlaridan biri
bo‗lgan madaniy antropologiya eng yirik bo‗limni tashkil 
qiladi. Antropologiyani o‗rganish bo‗limlarining ko‗pchiligida 
o‗quv rejasiga yuqorida nomlari zikr etilgan to‗rtala bo‗lim ham
kiritilgan.
Bir fanga to‗rt yo‗nalish kiritilishining tarixiy sabablari bor. 
Shimoliy Amerikaning mahalliy xalqlari madaniyati va tarixiga 
bo‗lgan qiziqish natijasida bir asrdan oshiqroq vaqt oldin Amerika 
antropologiyasi yuzaga keladi. Mahalliy amerikaliklarning kelib 
chiqishi va bir-birlaridan farqli tomonlariga bo‗lgan qiziqish 
ularning madaniyati, marosimlari, ijtimoiy hayoti, tili va jismoniy 



jihatlarini o‗rganishga sabab bo‗ldi. Antropologlar hozir ham mahalliy 
amerikaliklarning kelib chiqishi va Yangi dunyoga qanday 
ko‗chishlar silsilasi natijasida kelib qolganliklari xususida 
bosh qotirmoqdalar. Ularni o‗ylantirib kelayotgan savollardan yana 
biri mahalliy amerikaliklarning bir-birlari bilan va osiyoliklar bilan 
qanday lingvistik, madaniy va biologik bog‗liqliklar mavjudligi 
masalasidir. Nomlari ko‗rsatib o‗tilgan bo‗limlarning kiritilish 
sabablari qatoriga biologiya (masalan irq) va madaniyat o‗rtasidagi 
bog‗liqlikka bo‗lgan qiziqish deb aytish ham mumkin. Bundan ellik 
yil oldin antropolog Rut Benedikt dunyo tarixida bir madaniyatning 
shakllanishida turli irq vakillari ishtirok etishini va birgina irq yoki 
birgina madaniyat doirasiga taalluqli bo‗lmasligi mumkinligini 
ta‘kidlab o‗tgan. Ilmiy til bilan aytganda, madaniyat irq faoliyatini 
aks ettirmaydi. 
Antropologiyaning madaniy va biologik qirralari tutashadigan 
yana bir jihat irq va aqliy rivojlanganlik ko‗rsatkichi o‗rtasidagi 
bog‗liqlik masalasidir. Aqlning biologik asoslari borasida, shuningdek, 
irq, sinf va jinslar o‗rtasidagi intellektual farqlar xususida aniq bir 
dalilga ega emasmiz. Muhit omillari bo‗lgan ta‘lim, iqtisod va 
ijtimoiy kelib chiqish bu kabi aqliy farqlarni tushunishda tuzukroq 
izohlarga ega. Tamoyil tekshiruvi esa bu tamoyillarni ishlab 
chiquvchi va ularni boshqaruvchi insonlarning kelib chiqishini 
ifoda etadi. Shunday qilib, bu kabi barcha tekshiruvlar bir qadar 
madaniy qolipga va xolis bo‗lmagan tabiatga ega. Xolis bo‗lmaslik va 
ko‗rmaslikka olish, omadsizlik va kambag‗allik ichki, tug‗ma 
qobiliyat, salohiyatning yetishmasligi borasidagi noo‗rin fikrlar sari 
yetaklaydi. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling