Tarixiy antropologiya


-MAVZU: TARIXIY ANTROPOLOGIYA FANIGA KIRISH


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

1-MAVZU: TARIXIY ANTROPOLOGIYA FANIGA KIRISH
REJA 
1. Antropologiya nima va tarixiy antropologik yondashuv?
2. Umumiy antropologiya va antropologiya tadqiqot predmetini 
o„rganishning o„ziga xos jihatlari. 
3. Tarixiy antropologiya predmeti. 
4. Antropologiya va tarix 
5. Madaniy va ijtimoiy antropologiya. 
 
TAYANCH SO„ZLAR VA IBORALAR 
Antropologiya, 
inson, 
ilmiy, 
amaliy 
va 
umumiy 
antropologiya, antropologik yo‘nalishlar, madaniyat, jamiyat. 
1. Antropologiya nima va tarixiy antropologik yondashuv?
Antr opologiya insonlar ning o‗ zar o o‗ xsha sh va far qli 
xususiyatlarini ilmiy va gumanitar jihatdan o‗rganuvchi, tadqiq 
qiluvchi fan bo‗lib, u zamon va makon xususiyatlaridan kelib chiqadi. 
Antropologiya insonning kelib chiqishi masalasida quyidagi asosiy 
savollarni ko‗ndalang qo‗yadi: Biz qachon va qaysi makonda paydo 
bo‗ldik? Bizning oldingi ko‗rinish imiz qanday omillar ta‘sirida 
o‗zgardi? Biz hozir qandaymiz? Bizning rivojimiz qay tomonga 
yo‗naltirilgan? 
Antropologiya keng qamrovli fan bo‗lib, u inson holatining 
barcha jihatlari: o‗tmishi, hozirgi kuni va kelajagini o‗rganishda
namoyon bo‗ladi; shuningdek, odamning biologik jihatlari, 
jamiyatdagi o‗rni, tili va madaniyati ham uning e‘tibori doirasidadir. 
Antropologiya, shu bilan birga qiyosiy va madaniyatlararo 
tadqiqotlarni ham amalga oshiradi. Bunda turli xalqlar va 
zamonlarga 
oid 
ma‘lumotlar 
tartibli 
ravishda 
qiyoslanadi. 
Antropologiyani to‗rt bo‗lim: madaniy, arxeologik, biologik va 
lingvistik antropologiyaga bo‗lish mumkin. 
Madaniyat insonning sharoitga moslasha olishida va omadga 
erishishida birlamchi omil bo‗lib hisoblanadi. Madaniyat insonlarning 
e‘tiqodi, urf-odatlari va marosimlari, xulq-atvorlarini anglagan 
holda saqlanib qolishidir. 



Ushbu o‗rinda shunday savol tug‗iladi: inson jihatlari qay 
darajada biologik yoki madaniy omil sifatida talqin qilinadi? Tur 
farqlari, axloqiy va irqiy farqlarchi? Madaniy omillar davomiy 
ravishda inson biologiyasini shakllantiradi. Madaniyat erkak va 
ayollar uchun jismoniy barkamollik va o‗zini tutish hamda 
faoliyat olib borish tamoyillaridan tashkil topadi. 
Antropologiyaning ikki o‗lchami mavjud: ilmiy va amaliy
Amaliy antropologiyada ijtimoiy muammolar aniqlanib ularni 
yechishga, harakat qilinadi. Antropologiya yana boshqa ko‗plab 
sohalar bilan aloqador bo‗lib, ular qatoriga tabiiy va ijtimoiy fanlarni 
kiritish mumkin. Bu aloqadorlikni tabiiy fan sifatida biologiya va 
ijtimoiy fan sifatida sosiologiya fanlarining O‗zaro munosabati 
misolida ko‗rish mumkin. Sosiologlar odatda zamonaviy va 
sanoatlashgan hududlarni o‗rganadilar. Antropologlar esa qishloq va 
sanoatlashmagan jamiyatlarda dala tadqiqotlarini olib boradilar. 
Antropologlarning 
madaniyatlararo 
masalalarga 
bo‗lgan
qarashlari iqtisod, siyosat, psixologiya, san‘at, musiqa va adabiyot 
kabi sohalarda ham o‗z ifodasini topadi. Antropolog va tarixchilar 
tarixiy va madaniy hodisalarga tarixiy va madaniy jihatdan to‗g‗ri
baho berishda hamkorlik qiladilar. 
Ma‘lumki, inson eng moslashuvchan tirik mavjudotdir. Janubiy 
Amerikaning And tog‗laridagi xalq dengiz sathidan 17.500 fut 
balandlikda yashab, erta tongdan ishlash uchun yana 1.500 fut 
balandlikka 
ko‗tariladi. 
Avstraliya 
cho‗llaridagi 
qabilalar 
hayvonlarga sig‗inib falsafa borasida fikr almashadilar. Tropik 
mintaqalarda esa odamlar bezgak bilan olishib yotadilar. 
Antropologiya inson z oti va uning ajdodlarini tadqiq 
qilganligi uchun ham keng qamrovli fan hisoblanadi. Shuningdek, 
antropologiya qiyosiy va umumiy fandir. Ushbu o‗rinda umumiy 
deganda insonning umumiy ahvoli tushuniladi: uning o‗tmishi, 
buguni va kelajagi, shuningdek, biologik jihati, tili va madaniyati 
bularning barchasi umumiylikni keltirib chiqaradi. Antropologlar 
suyak qoldiqlari, sanoatlashmagan va g‗arbiy bo‗lmagan 
jamiyatlarni o‗rganishadi. Antropologiya fani esa sanoatlashgan 



odamlarni o‗rganish bilangina kifoyalanmaydi. Ya‘ni undan ham 
muhimroq bo‗lgan narsalarni, chunonchi, qadimiy va zamonaviy,
oddiy va murakkab jamiyatlarni ham qiyosiy o‗rganadi. Boshqa 
ijtimoiy fanlar bir jamiyat, ya‘ni asosan, Amerika Qo‗shma 
Shtatlari yoki Kanada kabi sanoatlashgan xalqlarni o‗rganish 
bilangina cheklanadilar. Antropologiya esa doimiy ravishda bir 
madaniyat urf-odatlarini mutlaqo boshqacha bo‗lgan ikkinchi 
bir 
madaniyat 
urf-odatlari 
bilan 
qiyoslash 
natijasida 
madaniyatlararo ilmiy qarashni yaratib beradi. 
Odamlarning jamiyatdagi tartibi kabi ba‘zi hayvonlar, 
jumladan, babuinlar, bo‗ri va hattoki chumolilar ham guruh-guruh 
bo‗lib birga yashaydilar. Shunday bo‗lsada, madaniyat faqat 
insonga xos hodisadir. Madaniyat insonlardagi bilim, faoliyat va 
e‘tiqodning shu bilan birga an‘ana va odatlarning bir avloddan 
ikkinchisiga o‗tishidir. Inson bolalik chog‗laridanoq bu kabi 
an‘analarni ma‘lum bir madaniyat doirasida yashab, madaniylashish 
jarayoni ostida o‗rganadi. Madaniy urf-odatlar va an‘analar, 
faoliyatlar to‗g‗risidagi tg‗shunchalar avlodlar osha tarkib 
topgan. Bu kabi an‘analar quyidagi savollarga javob beradi: Biz o‗z 
faoliyatimizni qay tarzda olib borishimiz kerak? Dunyoni qanday 
tushunimiz kerak? Nima yaxshi-yu, nima yomon ekanini qanday 
anglab yetishimiz kerak? Oqni qoradan qanday ajratishimiz 
kerak? Madaniyat ma‘lum bir jamiyatda yashovchi xalqning o‗zini 
tutishi va fikrlashi o‗rtasidagi umumiylikni keltirib chiqaradi. 
Madaniy urf-odatlarning eng tanqidiy jihati shundaki, madaniyatlar 
biologik nasldan-naslga o‗tish emas, balki o‗rganish natijasida 
saqlanib qolishi, mavjud bo‗lishidir. Bir tomondan madaniyatning o‗zi 
biologik voqelik bo‗lmasa-da, lekin u insonning ayrim biologik 
jihatlarida mavjuddir, insonlarda madaniyat bilan bog‗liq ayrim 
xususiyatlar million yillar avvaldanoq mavjud bo‗lgan. Bu 
xususiyatlar o‗rganish, ramziy fikr yuritish, tildan foydalanish, 
hayotni tashkil etish va muhitga moslashishda qurol va boshqa 
jihozlarni ishlata bilish kabilardan iborat. 



Antropologiya inson hayoti bilan bog‗liq muammoli savollarni 
ko‗ndalang qo‗yib, ular ustidan fikr yuritadi, shu bilan birga makon 
va zamon nuqtai nazaridan madaniy hamda biologik tafovutlarni 
ham o‗rganadi. Qadimgi suyak va qurollarni o‗rganish natijasida 
insonning kelib chiqishi bilan bog‗liq bo‗lgan ayrim sir-
sinoatlarga yechim topganday o‗lamiz. Bizning ajdodlarimiz ya‘ni, 
maymunni o‗zlarining ajdodlari deb hisoblaydigan insonlar qaysi 
davrdan boshlab o‗sha katta xola va katta tog‗alaridan hozirgi 
rivojlanish bosqichiga o‗tgan. Homo sapiens qachon va qayerda 
kelib chiqqan? Bizning hozirgi avlod qay darajada o‗zgargan?
Biz hozir kimmiz va qayerga qarab ketmoqdamiz? 
Madaniyat 
va 
jamiyatdagi 
o‗zgarishlar, 
biologik 
o‗zgarishga qanchalar ta‘sir ko‗rsatdi? Biz million yillardan 
buyon o‗zgarish bosqichidamiz. Insonlar biologik va madaniy 
tomondan moslashishda davom etmoqdalar. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling