Tarixiy antropologiya


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

Nazorat savollari 
1.Neolit davrining asosiy texnik yutuqlari va eneolit davri 
2. Dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi 
3. N.N.Vavilovning polisentrik ta‘limoti 
4. Ilk dehqonchilikning turlari va vujudga kelishi masalalari. 
5.Metallurgiyaning paydo bo‗lishi va rivojlanishi. 
6.Tovar almashinuvi, savdo-sotiq, ishlab chiqarishdagi notekislik va 
ularning sabablari. 
Asosiy adabiyotlar 
1. Бердиев О.К. Древнейшие земледельцы Южного Туркменистана, 
Ашхабад, 1969. 
2. 
Виноградов 
А.В. 
Древние 
охотники 
и 
рыболовы 
Среднеазиатского Междуречья. Изд-во Наука, М., 1981. 
3. Румянцев А.М. Возникновение и развитие первобытного способа 
производства. –М., 1981. 
4. Токарев С.А. Ранние формы религии и их развитие. –М., 1964. 
Qo`shimcha adabiyotlar 
1. Джуракулов М.Д.,Аванесова Н.А., Амиркулов Б.А. Зарафшон 
воҳасининг 
ибтидоий 
маданияти-Ўқув 
қўлланма, 
СамДУ 
нашриѐти,Самарқанд, 1985. 
2. Джуракулов М.Д.,Холматов Н.У. «Мезолит и неолит Среднего 
Зарафшана». Ташкент, Фан, 1991. 
3. Массон В.М. «Средняя Азия и Ближний Восток». М., 1964.
 
11-MAVZU. ILK SIVILIZASIYALARNING VUJUDGA KELISHI 
ARAFASIDA MA‟NAVIY MADANIYAT. 
Reja: 
1. Ilk bilimlar va san‟atning rivojlanishi. 
2. Ilk sivilizasiyalarning vujudga kelishi arafasida din. 
3. Aqlli va jismoniy mehnatning vujudga kelishi haqida 
4. Yozuvning paydo bo‟lishi 
Tayanch iboralar 


155 
Dehqonchilikning va u bilan bog’liq irrigasiyaning rivoji, Oy taqvimi, 
kasalliklar, sig’inish, sivilizasiya, Yozuvning tartibga solingan shakli 
1. Ilk bilimlar va san‟atning rivojlanishi 
Ibtidoiy jamiyat tuzumining inqirozi arafasida iqtisodiy va ijtimoiy 
tuzumning jadal rivojlanish jarayoni ijobiy bilimlar va san‘atning yanada 
rivojlanishiga kuchli turtki bo‘ldi. Dehqonchilikning va u bilan bog‘liq 
irrigasiyaning tashkil topishi ekinlarni yerga qadash muddatini, pishib 
yetishish vaqtini bilishni hayotning o‘zi talab qilardi. Bu ishlarni 
muayyan vaqt tartibida olib borish kalendarning vujudga kelishiga olib 
keldi. U bilan bog‘liq astranomik kuzatuvlar paydo bo‘ldi. Masalan, 
meloniziyaliklar koinot sirlaridan bexabar bo‘lsa-da, ammo oy va uning 
atrofidagi yulduzlarning harakatini bilardilar. Ayrim ma‘lumotlarga 
qaraganda, sinfiy jamiyatga o‘tish arafasida odamlar hali juda oddiy 
bo‘lgan astranomik dastgohlarni bilishgan ko‘rinadi. Qadimgi mayyalar 
kuzatiladigan nuqtani ikkita tayoqchani bir-biriga ayqashtirib, nuqtani 
aniqlashni bilganlar. Odatda taqvim oy dastlab kuzatishdan boshlangan 
bo‘lib, oyning harakat fazasi aniqlangan. Oy taqvimini 29,5 kechayu 
kunduz deb bilishganlar, oy tavqimi quyoshga nisbatan bir yilda 11 kun 
kam bo‘lishi aniqlangan. Oy bilan quyosh taqvimlarini biron bir
maromda to‘xtash uchun matematik hisoblash bilimi qo‘llanilgan. Shu 
yo‘nalishda davrning boshqa jarayonlari ham harakatda bo‘lgan. 
Chorvadorlar o‘z hayvonlarini hisoblashni bilishni istardilar, 
ayriboshning paydo bo‘lishi sotiladigan yoki sotib olinadigan 
buyumlarning narx bahosini bilishga undagan. Katta sonlarni bilib 
olishda abstrakt tushunchaning rivojlanishi talab qilinardi. Bu hodisa 
hisoblashning kelib chiqishiga muayyyan turtki bo‘ldi. Aytishlarga 
qaraganda, dastlabki hisoblash barmoqlar bilan amalga oshirilgan, bu 
beshlik bilib olingandan so‘ng oyoq barmoqlarini hisobga qo‘shib o‘nlik 
sanoq tizimi paydo bo‘lgan va hokazo. Xususiy dehqonchilikning kelib 
chiqish nomi ruschada yer nomi bilan bog‘liq. Masalan, geometriya, 
zemledeliya so‘zi bilan bog‘liq. Asta-sekin boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha 
ham ijobiy bilimlar to‘plana boradi. Jumladan, mudofaa devorlarini 
o‘lcham orqali qurish, yirik qurilish inshootlari, quruqlik va suv 
transportlari, g‘ildirakli aravalarni, kemalarni qurish jarayonlarining 


156 
rivoji nafaqat matematik hisoblash, shuningdek, mexanikani ham 
bilishni talab qilardi. Yerda va dengizda yo‘l yurish, u bilan bog‘liq 
talonchilik urushlari astranomik kuzatishlar bilan bir qatorda geografik 
va kartografik bilimlarning to‘planishiga ko‘maklashdi. Poliniziyaliklar 
o‘zlarining dengiz bo‘ylab o‘zoq yurishlarida yog‘ochdan bo‘lgan 
tayoqcha va mayda toshlar bilan orollarning joylanishini ifodalab, 
ulardan karta sifatida foydalanganlar. Shuningdek, ular shamolning 
yo‘nalishini hisoblashni ham bilishganlar. Urushlar xirurgiyaning paydo 
bo‘lishida muhim rol o‘ynagan.
Qadimgi Hindistonda nafaqat zararlangan qo‘l-oyoqlarni kesib 
tashlashni, og‘ir jarohatlarni davolashni, bosh chanoqni ochib ko‘rishni, 
shuningdek, plastik operasiya qilishni ham bilishib, xirurgiyaning 
taraqqiyotini ta‘minlashgan. Aholi sonining o‘sishi, chorvachilikning 
rivojlanishi yuqumli kasalliklar epidemiyasining ham ko‘payishi xavfini 
to‘g‘dirgan. Bu kabi kasalliklar bilan kurashishda, masalan, Sharqiy 
Afrikada har xil o‘simliklardan tayyorlangan dorivorlardan keng 
foydalanilgan. jamiyatshunoslik bilimlar birmuncha sekin holatda 
rivojlanishda bo‘ldi. Bu soha avvalgidek ko‘pincha diniy qarashlar bilan 
bog‘liq edi. Diniy mifologik tasavvurlar, masalan, tabiatdagi g‘alati 
hodisalar va boshqalar xo‘jalik, ijtimoiy va mafkuraviy hayotda keng 
tarqalgan edi. Xususan, Geradot o‘zining IV jild asarining 5-6 
sahifalarida skiflarning kelib chiqishini, avlodining geneologiyasini 
mifologiyagataqab, tug‘ilgan birinchi odamni Targitay nomi bilan 
bog‘laydi. Bu afsonada tarixiy etnografik elementlar bor. Shunga 
qaramasdan, skiflar podshosining kelib chiqishini ilohiyatga bog‘lab 
ko‘rsatgan. Ko‘p hollarda ayrim xalqlar o‘zlarining kelib chiqishini toza 
oqsuyaklardan iborat ekanligini afsonaviy tarzda tasavvur qilib, 
podsholar buyuk zotlardan bo‘lganligini mamnuniyat bilan hikoya 
qilganlar. Masalan, Polineziyaning Ratonga orolida yashagan odamlar 
o‘zlarining kelib chiqishini 92 avlod bilan bog‘laganlar. Bunday 
an‘anani skiflarda ham ko‘rish mumkin edi. Ana shu tarzda geneologik 
bilimlar rivojlangan.
Bu vaqtga kelib, diniy tasavvurlardan keyinchalik muayyan farq 
qiladigan huquqiy bilimlar paydo bo‘ladi. Bu borada ibtidoiy 


157 
dengizchilikda bo‘lgan harakatlarni kuzatish mumkin. Kemasozlovchilar 
bayroqlarini baland osib, shamol berishni ilohiyatdan tiz cho‘kib, soatlab 
o‘tirishib so‘rashganlar. Ayrim ibtidoiy urug‘doshlarda, ayniqsa, uning 
yemirilish arafasida podshoni xudo darajasiga ko‘tarib, unga qasamyod 
keltirib, shafqat qilishni so‘raganlar. Ko‘pincha odamlar «ulug‘»larning 
haykali oldiga tiz cho‘kib, iltijo qilganlar, ayrim xalqlarda olovni
chiroqni muqaddas deb bilishganlar. Shuningdek, G‘arbiy Afrika 
qabilalarida adolat o‘rnatish maqsadida jinoyat sodir bo‘lgan joyni 
obdon tekshirib ko‘rish va amalda tasdiqlab berishni afzal ko‘rishganlar. 
Bu davrga kelib, san‘atning rivojlanishining yangi shakli paydo 
bo‘ladi. Mudofaa inshootlar, shuningdek, ko‘p asrlarga mo‘ljallangan 
monumental dafn inshootlar, dolmenlar va boshqalar arxitekturani 
keltirib chiqardi. Dehqonchilikdan hunarmandchilikning ajralib chiqishi 
amaliy san‘atning rivojlanishiga olib keldi. Urug‘-qabila boshliqlarining 
talablarini qondirish maqsadida zargarlik bezaklar, qimmatbaho qurollar
idishlar, kiyim-kechaklarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Shu 
munosabat bilan tarevtika (chekanka) keng tarqaladi. U bilan birga 
metalldan turli zargarlik ashyolarini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. 
Bunday buyumlarga totem suratlarini o‘yib solish odat tusiga kiradi. 
Ayniqsa, mis, jez plastinkalarga, idishlarning sirtiga odam va har xil 
hayvonlarning suratini tushirish keng tarqaladi. 
Bu davrning o‘ziga xos san‘at turlaridan biri talonchilik urushlari 
bilan bog‘liq qahramonlar haqidagi yaratilgan dostonlardir. Qadimgi 
Bobilning Gilgamesh, Beshkitob haqidagi epik ertaklar, Ellada, 
Odessiya, Edda, Ramayana va Kalavela, Antar haqida va Nartlar 
haqidagi ertaklar va boshqalar, ularning barchasi eposning klassik 
namunalari hisoblanib, urug‘-jamoalari tuzumi yemirilishi arafasida 
paydo bo‘lgan edi. Bular bizgacha har xil ertak va dostonlar, ko‘pgina 
holatlarda og‘zaki mifologiya sifatida yetib kelgan. Ularning 
aksariyatida talonchilik urushlari ko‘rsatilgan qahramonliklar va asirga 
tushgan qullar, asirlar hamda bitmas-tuganmas boylik – xazinalar haqida 
hikoya qilingan. Ko‘pgina shunday og‘zaki hikoyalar kabardin nartlari 
orasida keng tarqalgan bo‘lib, ular xalq og‘zaki ijodi yoki klassik sohaga 
aylandi. Bu ijodiy mifologiya tufayli urug‘-qabila dohiylari haqida 


158 
og‘zaki, keyinchalik yozma ertaklar to‘qilgan, yo‘lboshchilar, dohiylar, 
harbiy sarkardalar hamda urush tufayli to‘plangan mol-mulklar haqida 
jo‘shib hikoya qilingan doston va ertaklar yuzaga keldi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling