Tarixiy antropologiya
Tovar almashinuvi, savdo-sotiq, ishlab-chiqarishdagi notekislik
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
4. Tovar almashinuvi, savdo-sotiq, ishlab-chiqarishdagi notekislik
va uning sabablari Birinchi mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimotining vujudga kelishi bilan parallel ravishda tovar almashinuvi rivojlandi. Bunday tovar ayriboshlash ilk ibtidoiy davrdayoq qabilalarning o‗z hududlaridagi tabiat ne‘matlarini kerakli tovarlarga ayrboshlash odati juda qadimgi odatlar qatoriga kiradi. Ibtidoiy davrning ikkinchi yarmidan boshlab tovar ayriboshlashning ikkinchi turi – sovg‗a-salomlar ulashish usuli joriy etildi. Endilikda nufuzli iqtisodning joriy etilishi bilan yuqoridagi ikki xil tovar almashinuvi ahamiyati yanada oshdi. Shundan keyin haqiqiy iqtisodiy tovar almashinuvi boshlanadi. Bu davrga kelib, tovar almashinuvi munosabati bilan vujudga kelgan qabilalar o‗rtasidagi aloqalargina yanada mustahkamlandi. Shu bilan birga qabilalar orasidagi tovarlarning qimmati, ularning bozor narxi tobora aniqlasha bordi va ularning ahamiyati tobora qadrlana boshladi. Eng qadimgi va eng keng tarqalgan tovar almashinuvlardan biri dehqon jamoalari bilan atrofdagi chorvador aholi o‗rtasidagi tovar almashinuvi hisoblanadi. Jumladan, dehqon jamoalari doimo chorva mahsulotlari – go‗sht, sut, sut mahsulotlari, teri, jun kabi mahsulotlar va asosiy ishchi hayvon hisoblangan ho‗kizga bo‗lgan ehtiyojni qondirish uchun harakat qilishgan. Chorvadorlar o‗z navbatida dehqon jamoalarining mahsulotlariga talablari juda katta edi. Chunki chorvadorlarning doimiy harakatdagi yashash tarzi ularning yashashlari uchun kerak bo‗lgan talablarini, metalga, kulolchilik mahsulotlari va boshqa mahsulotlarga nisbatan bo‗lgan talabini oshirgan. Bulardan tashqari dehqon jamoalari ham, shuningdek chorvadorlar ham atrofdagi 152 tabiatning tayyor mahsulotlarini o‗zlashtiruvchi qabilalarning mahsulotlariga ham ehtiyojlari katta edi va ular bilan ham intensiv almashtirish yo‗lga qo‗yilgan. Bu qabilalar bilan aloqalar asosan ziroatchilik yoki chorvachilik mahsulotlarini o‗rmon, dengiz ―sovg‗a‖lariga almashtirish ishlari jadallik bilan amalga oshirilgan. Qabilalararo bunday almashinuvlarning uzoq aks sadosi sifatida bir qator urf-odatlarning saqlanib qolganligida ko‗rinadi. Jumladan, juda ko‗p xalqlarda boshqa joylardan tovar almashtirish maqsadida kelgan mehmonga nisbatan mehmondo‗stlik ko‗rsatish, ularning mol-mulkini, hayotini saqlashga kafillik berish kabi odatlar saqlanib qolgan. Bunday tovar almashinuvidagi doimiy munosabatlarning evolyutsiyasi natijasida xalqlar o‗rtasida yaqin tanishchilik odatlari, kavkazliklarning qo‗naqchilik, boshqa xalqlardagi sun‘iy qarindoshchilik, aka-uka tutinish (pobratimstvo) kabi juda qadimdan qolgan urf-odatlar saqlangan. Hunarmandchilikning turlarini ajralishi bilan birga tovar almashinuvi ham avj oldi. Endilikda tovarlarni almashtirish faqat chetdagi xududlardagina emas, balki jamoalarning o‗zini ichida ham davom etdi. Qaysidur mahsulotlar ataylab almashtirish uchun tayyorlandi. Almashtirishdan tashqari chiqarilgan tovarlar o‗sha davrlarda shakllana boshlagan bozorga chiqarildi. Bu bozorlarda ma‘lum bir kunlarda yaqin atroflardan juda ko‗plab (etnologik kuzatuvlarda ma‘lum bo‗lishicha, bunday bozorlarga bir necha minglab odamlar) odamlar kelgan. Bu davrlarda nufuzli iqtisodda ham, shuningdek haqiqiy iqtisodiy almashuvda ham albatta almashtiriladigan tovarning qimmati, yoki haqiqiy ekvivalenti kerak edi. Odamlar o‗zlarining almashtirayotgan tovarlarini qaysi tovarning qimmatiga tengligini bilishi kerak edi. Xuddi shu jarayonda turli hududlarda turli tovarlar, ya‘ni chorva mollari, turli qushlar va boshqa qimmati jihatidan yuqori baholanadigan, uni yaratish uchun katta kuch, vaqt sarflangan buyumlar albatta qimmat baholangan. Masalan, it, cho‗chqa, ayiq, filning suyagidan va akulani tishidan yasalgan munchoqlar, turli qushlarning patlari, juda kamyob chig‗anoqlar, turli gazlamalar, bo‗yralar, toshdan yasalgan uzuklar, 153 chiroyli qilib ishlangan ko‗zalar va h.k. Bu almashinuv ekvivalentiga aylangan buyumlarning eng mashhurlaridan biri qimmatbaho chig‗anoqdir. Bu chig‗anoqni qadimgi zamonlarda haqiqatdan ham ayrboshlash ekvivalentiga aylanganligini Afrikadagi Gana davlatining pul birligini shu erda yashaydigan xalqlarning ashanti tilida ―chig‗anoq‖ deb aytilishi yuqoridagilardan darak beradi. Qadimgi dunyoning juda ko‗p xalqlarida tuzning bo‗laklari, qo‗y, ho‗kiz, teri kabi pulni o‗rnida ishlatiladigan asosiy almashinuv tovarlari edi. Bular ichida turli hayvonlar va ularning terilari katta rol o‗ynagan. Shuning uchun ham bir qator Yevropa tillari – sanskrit tilidagi rupia, lotin tilidagi pekunia, qadigi rus tilidagi skot kabilar tarjimada pulning nomidir. Etnologik metaldan yasalgan ―ibtidoiy pullar‖ Afrikadan topilgan hamda ularning shakli xojsimon va oddiy quyma usulda tayyorlangan. Oddiy yog‗ochdan yasalgan sterjenlar bo‗lib, unga misdan sim o‗ralgan bo‗lgan. Temirdan yasalgan motigalar ham qimmatbaho almashuv vositasi bo‗lgan. Hunarmandchilik tovarlarining ko‗payishi bilan tovar almashuvi tobora kuchayib borganligi aloqalarni olib borish vositalarini kuchaytirishni taqozo qildi. Buning uchun yo‗llar va ko‗priklar qurildi, g‗ildirakli aravalar paydo bo‗ldi, daryo va dengizlarda suzadigan elkanli va eshkakli kemalar paydo bo‗ldi. Miloddan oldingi II ming yillik o‗rtalaridan qo‗shga va aravaga qo‗shadigan hayvon sifatida otning kuchidan foydalanildi. Keyingi ming yillikda esa Osiyoning sahro zonalarida, bir urkachli va ikki urkachli tuyalar keng tarqaldi. Tovarlarni almashtiruv asosida o‗tkaziladigan operatsiyalarda juda ko‗p vaqtlar davomida alohida mutaxassislar – savdogarlar ajralib chiqmagan edi. Bunday ishlarni o‗sha mahsulotni ishlab chiqargan korxonalarning rahbarlari yoki o‗sha mahsulotni tayyorlagan ustaning o‗zi shug‗ullangan. Ayniqsa qabila boshliqlari, guruh rahbarlari tovar ayrboshlashda vositachilik qilishganliklari uchun ko‗proq daromad olishgan va obro‗larini oshirishda undan foydalanishgan. Lekin professional yoki yarim professional savdogarlarning paydo bo‗lishi ko‗proq ilk sinfiy davlatlar davriga to‗g‗ri keladi hamda bu uchinchi yirik ijtimoiy mehnat taqsimotidir. Bunday holatlar ko‗plab arxeologik 154 komplekslarda o‗z aksini topgan. Ayniqsa miloddan oldingi IV ming yillikka oid xususiy muhrlarning topilganligi bu davrda xususiy mulk egalarining paydo bo‗lganligidan xabar beradigan belgidir. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling