Tarixiy antropologiya


Reja:  1.Neolit davrining asosiy texnik yutuqlari va eneolit davri


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

Reja: 
1.Neolit davrining asosiy texnik yutuqlari va eneolit davri 
2. Dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi 
3. Ilk dehqonchilikning turlari va vujudga kelishi masalalari. 
4.Metallurgiyaning paydo bo„lishi va rivojlanishi. 
5.Tovar almashinuvi, savdo-sotiq, ishlab chiqarishdagi notekislik va 
ularning sabablari. 
Tayanch iboralar 


143 
Dehqonchilik va chorvachilik, N.N.Vavilovning polisentrik ta’limoti, 
neolit, kasalliklar, Tovar almashinuvi, savdo-sotiq, pul birligi. 
1. Neolit davrining asosiy texnik yutuqlari va eneolit davri. 
Neolit ko‘p ming yillikdan iborat tosh asrining oxirgi bosqichi 
hisoblanadi. 
Neolit 
davri, 
avvalo, 
mehnat 
qurollarni 
yasash 
texnikasining muayyan darajada takomillashgan davridir. Bu davrning 
eng xarakterli xususiyatlaridan biri toshni qayta ishlash, toshni silliqlash, 
parmalash texnologiyasining joriy qilinishidadir. Bu davrda nafaqat 
toshni parchalash, shuningdek, parmalash, silliqlash orqali tosh qurolga 
muayyan shakl kiritish usullari rivojlanadi. Mehnat qurollari turli-tuman 
toshlardan yasalgan. Ko‘pincha chaqmoqtosh, nefrit toshlar ancha 
qadrlangan. Ammo toshni silliqlash va parmalash ancha murakkab ish 
jarayoni bilan bog‘liq kechgan. Shunga qaramasdan, neolit davrida tosh 
qurollarni ishlab chiqarish avvalgi davrlardan keskin farq qilardi. Neolit 
davrida ham toshni parchalash, yupqa paraqalar olish bilan birga, hamon 
to‘qmoqlab tosh parchalarini olish davom etardi. Bu davrda tosh qurolga 
ikki tomonlama mayda kertish usuli bilan kesuvchi tig‘ chiqarish 
texnologiyasi ancha rivoj topadi. Tosh o‘zakdan pona bilan bosim 
yordamida qurol uchun zarur paraqalar uchirib olish texnologiyasi rivoj 
topgan. Neolit davriga kelib kishilar nafaqat daryo sohillarida 
uchraydigan chaqmoqtoshlardan, shuningdek, yer osti konlaridan ham 
foydalanishga o‘tadilar. Chaqmoqtosh konlari bilan bog‘liq shaxtalar 
Angliya, Fransiya, bir qator Ovropa mamlakatlari va O‘rta Osiyo 
hududlaridan topib o‘rganilgan. Shaxta va konlar bilan bog‘liq ko‘pgina 
toshsoz ustaxonalar topilgan bo‘lib, ularda ishlab chiqilgan mahsulotlar 
keng doiradagi hududlarga tarqalgan. Neolit davrida tosh qurollardan 
yog‘ochlarni qayta ishlashda keng foydalanilgan. Bu vaqtning xarakterli 
qurollaridan biri silliqlangan toshbolta edi. 
Ibtidoiy 
odamlar 
toshbolta 
yordamida 
chakalakzorlar, 
o‘rmonzorlardan yerlar ochib, undan dehqonchilik va chorvachilik 
xo‘jaliklarini yuritishda foydalanganlar. Toshbolta va boshqa qurollar 
yordamida daraxt kundasini o‘yib, oddiy qayiqlar yasash, uy-joylar 
qurish, daraxt kundalaridan mollar uchun quralar qurish kabi 
yumushlarda keng foydalanilgan. Terim-termachilik tirikchiligida ham 


144 
tosh qurollardan zaruriyatga qarab foydalangan. Uchiga o‘tkir tosh 
parchalari bog‘langan tayoqlar bilan oziqabop o‘simliklarning ildizlari 
qazib olingan, kulbalar qurishda foydalanilgan. Keyinchalik tosh 
qurollardan yerni yumshatish ishlarida, xullas, dastlabki dehqonchilik 
xo‘jaligini yuritishda ham foydalanganlar. Bu davrda yerni qazuvchi 
toshdan qilingan uchli asboblar, suyakdan, shoxdan tayorlangan yerni 
yumshatuvchi motiga – qo‘l omochi, mikrolitlardan, suyak va 
shoxlardan foydalanib yasalgan qadama toshli, arra tishli o‘roq asboblar 
yasalgan. Mezolit davrida paydo bo‘lgan o‘q-yoy neolit davrida 
birmuncha takomillashadi, nayza paykonlarining bargsimon, keyinchalik 
uchburchak shakllari vujudga keladi. 
Neolit davrining eng muhim yangiliklaridan yana biri sopol, ya‘ni 
keramikaning kashf qilinishi edi. Loydan sopol idishlari yasash, ularni 
gulxanda toblab pishirib, turmushda foydalanish katta ahamiyatga ega 
bo‘ldi. Endilikda odamlar oziq-ovqatni saqlash, pishirish imkoniyatiga 
ega bo‘ldilar. Sopol idishlarni yasashda loydan tasmasifat, uzunchoq loy 
qorishmasini spiral tarzda bir-birining ustiga yopishtirib, ustini silliqlab, 
muayyan ko‘rinishdagi idish yasalgan va oftobda quritilgandan so‘ng 
olovda toblab kuydirish yo‘li bilan tayyorlangan. Neolit davri keramika 
idishining ichki tomonida mato izlari bo‘lishi kuzatilgan. Ma‘lum 
bo‘lishicha, matodan tayyorlangan xalta tikilib, mayda qum bilan 
to‘ldirish chog‘ida u zarur idish shakliga keltirilgan va ustidan loy 
tasmasi spiral tarzda aylantirilib yopishtirilgan va usti silliqlangan. Idish 
oftobda quritilgandan so‘ng mato xaltasi idish ichidan ajratib olingan, 
so‘ng gulxanda toblangan. Shunday texnologik usulda turli idishlarni 
ishlab chiqarish boshlangan. Idish uchun tayyorlangan loyga qum, 
tabiatda uchraydigan momiq kabilar aralashtirilib, loy rosa pishitilgan. 
Xullas, shu kabi va boshqa usullardan foydalanilib, dastlabki 
vaqtlarda birmuncha qo‘pol tarzdagi idishlar ishlab chiqilgan. Bunday 
idishlarning dastlabkilarining yerga qo‘yadigan qismi tuxumsimon 
shaklda yasalgan. Bu holatdan esa idishni ovqat pishirish maqsadida 
gulganga qadab yoki sanchib qo‘yish nazarda tutilgan bo‘lsa kerak. 
Binobarin, u zamonlarda hali ovqat pishiradigan tom ma‘nodagi 
o‘choqlar bo‘lmagan. 


145 
Neolit davrining so‘nggi bosqichida vujudga kelgan yangiliklardan 
biri ip yigirish va to‘qimachilikning kashf qilinishi edi. Dastlabki 
vaqtlarda ip yigirish xom ashyosi sifatida yovvoyi tarzda o‘sadigan 
momiqli o‘simliklardan foydalanilgan. Hayvon junlaridan ham keng 
foydalanilgan. Neolit davrining dastlabki matolari qo‘lda to‘rsimon 
tarzda to‘qilgan va keyinchalik to‘qimachilik dastgohi kashf qilingan. Ip 
yigirishda urchuqdan, tosh predmetlardan foydalanilgan. Neolit 
yodgorliklaridan toshdan teshilib yasalgan hamda sopoldan silliqlanib 
ishlangan urchuqboshlar topilgan. Ip yigirishning kashf qilinishi baliq 
ovlash asboblari – to‘r kabi narsalarni ishlab chiqishda asqotgan. 
Neolit davrida oddiy yo‘l vositalarining vujudga kelishi muhim 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Arxeologik yodgorliklardan oddiy qayiq, chana 
kabi topilmalarga qaraganda, neolit davri odamlari daryo, ko‘l, dengiz 
suvlarida suzib, bu holat ularning keng doiradagi harakatlarga ega 
bo‘lganligidan guvohlik beradi. Eneolit davriga kelib g‘ildirakli arava, 
shamol yordamida suzadigan qayiq kashf qilinadi. Bu kabi texnik va 
xo‘jalik o‘zgarishlar neolit davrida odamzod o‘zining avvalgi 
o‘tmishdoshlariga qaraganda katta imkoniyatlarga ega bo‘lganligidan 
dalolat beradi. Neolit davrining eng muhim yutuqlaridan yana biri 
doimiy oziq-ovqatga ega bo‘lishdan iborat edi. Bu tarixiy hodisa mazkur 
davrda oddiy o‘troq dehqonchilik va uy chorvachiligining vujudga 
kelishi bilan bog‘liq edi. 
Shuni aytish lozimki, jahonning turli joylarida neolit davri turlicha 
kechgan. Yevropa va Osiyo hududlarida o‘rganilgan neolit davrining 
ko‘pgina yodgorliklari mil. avv. 9-3 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. 
Ayrim o‘lkalarda neolit davrining oxirlariga kelib metalldan foydalanish 
boshlanadi. Dastlab mis qorishmasidan qurol-aslahalarni ishlab chiqish 
boshlangan. Shunday foydalanilgan metallardan dastlabkisi mis edi. 
Misdan foydalanish davri fanda eneolit yoki xalkomit nomi bilan ataladi. 
Eneolitning dastlabki bosqichi neolitdan keskin farq qilmaydi. Mis 
qurollar tosh qurollarni turmushdan siqib chiqarolmadi. Shuning uchun 
ham eneolit davrida mehnat qurollarining aksariyati toshdan yasalgan. 
Shuning bilan bir vaqtda metallning kashf qilinishi galdagi texnik 
taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 


146 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling