Tarixiy antropologiya
Ilk sivilizasiyalarning vujudga kelishi arafasida din
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
2. Ilk sivilizasiyalarning vujudga kelishi arafasida din
Ibtidoiy jamiyat tuzumining inqirozga yuz tutishi jarayonida avvalgi diniy qarashlar bilan bir vaqtda uning yangi shakllari vujudga keldi. Patriarxat tuzumga o‘tish bilan bir vaqtda erkaklar kulti tashkil topdi. Bu kult avvalgi o‘tgan avliyolarni, urug‘-qabila boshliqlarini va harbiy sarkardalarni hamda dohiylarni ilohiylashtirish yo‘li bilan olqishlashga o‘tildi. Ayrim so‘nggi matriarxat jamoalarda, jumladan, mikroneziyaliklarda shularga o‘xshash, ya‘ni ayollarning o‘tmishdagi avliyolariga sig‘inish an‘anasi mavjud edi. Dehqonchilik va chorvachilikning keng tarqalishi bilan qo‘shni jamoalarda qishloq xo‘jalik kulti tashkil topib, bu holat dehqonchilik va chorvachilikning hosildorligini ilohiylashtirish bilan bir qatorda hosildorlik kulti ham yuzaga keldi. Bu kult an‘analari odamlarni qurbonlik qilish bilan bog‘liq bo‘lib, o‘zlari tasavvur qilgan ruhlarni shod qilishni idrok qilishardi. Shu asosda keyinchalik qadimgi sig‘inish namunalarini Qadimgi Misr Ossuriyasida, Bobilning Dumizisida, Finikiyaning Adanisasi, Frasiya-Yunonlarning Dionisasi va keyinchalik Xristosi xayoliy namunalarida ko‘rish mumkin. Qabilaviy tashkilotlarning kuchayishi oqibatida qabilalar himoyachisi kulti tashkil topib, o‘tgan ruhlarga sig‘inish avj oldi. Ayniqsa, madaniy qahramonlar, urush va jangchi ruhlariga sig‘inish alomatlari keng tarqaldi. Bu davrning asosiy kultlaridan, ayniqsa, dahshatga soluvchi ruhlar bo‘lib, bu sohada qabilaviy ittifoqlar kulti, xullas, qabila dohiylariga sig‘inish bilan bog‘liq diniy urf-odatlar avj oladi. Dinning bu sohasining foydali va zararli jihatlarini tashviqot qiluvchi guruh odamlar ham paydo bo‘ldi. Jumladan, Okeaniya, Afrika, Janubiy Osiyo va boshqa ko‘pgina xalqlarda hokimiyatni sakralizasiya qilish bilan dohiylarning ilohiy kuchga ega ekanligi haqida obdon tashviqot qilinardi. Ularda qabilalarning eson-omonligini, ko‘payishini istagan holda targ‘ibot qilib, dohiylar tabiat hodisalariga ham o‘z ta‘sirini o‘tkazish qobiliyatiga ega deb tushunganlar. Ularning nafas ruhlari kuchli bo‘lib, o‘zining 159 qabiladoshlariga ruhan yordam beradi, shuningdek, o‘zlarining kelajakdagi merosxo‘rlariga muayyan samoning balandligida yashovchi ruhlar yordam bera oladi, deb tushunganlar. Bu har xil diniy shakllarning birlashmasidan politeistik tushunchalar, ya‘ni xudo tushunchasi yoki ularga sig‘inish odatlari shakllandi. Dinning bu shakli ibtidoiy jamiyatning yemirilishi va sinflarning tashkil topishi arafasida ancha rivoj topdi. Politeist so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib, ko‘p xudolik ma‘nosini anglatadi. Shunday qilib, birin-ketin, avvalo, katta oila, urug‘-jamoa, urug‘- qabila, qabilalar ittifoqi, qabila birlashmalarini himoya qiladigan foydali yoki zararli ruhlarga sig‘inish tashkil topdi. Sinfiy jamiyatning ilk ko‘rinish bosqichlarida sarkardalarga, qabila ittifoqlariga va dohiylarga sig‘inish kulti ro‘yobga chiqdi. Shunday qilib, dastlab oddiy ruhlarga sig‘inishda iarxik tarzda qabila ittifoqi sarkardalariga sig‘inishdan xudoga sig‘inish o‘sib chiqdi. Ba‘zi xalqlarda dehqonchilik xudosi, urush xudosi, tinchlik, quyosh, ot, ayrim sayyoralar kabi xudolar, ya‘ni politeistik, xullas, ko‘p xudolikka sig‘inish shakllari tashkil topdi. Masalan, sharqiy afrikalik masai qabilalarida qabila xudosi Ruva quyosh, oy, dehqonchilik va hokazo xudolarni o‘ziga tobe deb bilib, o‘zini esa bosh xudo deb e‘lon qilgan. Dinning taraqqiyoti bilan bir vaqtda kultga xizmat qiluvchi guruh odamlar paydo bo‘ldi. Bunday kishilar o‘zlarini tabiat sirlaridan xabardor alomat sifatga ega, sirli voqyealarning bilimdoni deb ko‘rsatishardilar. Shunday funksiyalarni bajarish qobiliyatiga ega kishilar kohinlar deb atalardi. Ko‘p holatlarda bunday diniy iarxiyaga dohiy rahbarlik qilardi. Shuningdek, dohiy bosh kohin deb ham hisoblanardi. Umuman qaralganda, kohinlar davlatni boshqarishda alohida imtiyozlarga ega bo‘lib, ulardan odatda oddiy xalqni qo‘rqinchli vahima orqali tinchlantirib turish, turli boj-soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, xazinani yanada boyitishga ko‘maklashish, podsho yoki dohiyni Yerdagi xudo deb bilish kabi tashviqot vazifalarini uddalashi talab qilinardi. Xullas, din oddiy jamoatchilarni, oddiy kishilarni, qullarni norozilik hovuridan tushirib turish quroliga aylandi. Shu tarzda dohiylar hokimiyatini rivojlantirishda dindan oshig‘i bilan foydalanilganligi 160 natijasida burjuaziya fanida sakral ta‘limot, ya‘ni muqaddas xizmatchilardan davlat paydo bo‘lganligi haqidagi qarashlar keng yoyilgan edi. Agar haqiqatga to‘g‘ri qaraydigan bo‘linsa, hammasi muayyan natijaga borib taqaladi, ya‘ni teokratiyaning vujudga kelishi davlat hokimiyatining tashkil topishdagi shakl yoki yo‘llardan biri edi. Shunday qilib, ibtidoiy jamiyat tuzumining yemirilishida tashkil topgan din shakllari ekspluatasiyaga duchor bo‘lgan ommaning yanada kuchliroq ezilishiga, sinfiy tengsizlik va davlatning majburlash siyosatini yuritishda muhim qurolga aylandi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling