Tarixiy antropologiya


Tarixiy antropologiyada strukturalizm


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

1. Tarixiy antropologiyada strukturalizm. Strukturalizmning 
yaratilishi funksionalizm doirasida bo‗lgani sababli, uning ilk turi 
strukturaviy funksionalizm nomini oladi. Yuqorida aytilganidek 
antropologiya yangi yo‗nalishning asoschisi ingliz olimi Alfred 
Radkliff-Braun bo‗ldi. Ilk marotaba jamiyatni, alohida elementlarning 
o‗zaro aloqadagi strukturaviy tizimi sifatida qaray boshladi. Olimning 
fikricha insonlarning ijtimoiy hayotini, ularning ma‘lum ijtimoiy tizim 


81 
doirasidagi faoliyatlari sifatida qarash mumkin. Uning faoliyat doirasida 
takrorlanadigan har qanday funksiya, yo‗naltirilgan ijtimoiy muhim 
vazifalarni bajarish, strukturaviy merosiylikni ta‘minlashga qaratilgan. 
Shu tariqa ijtimoiy madaniy hayotga funksional yondashuv, shaxsni 
ijtimoiy hayotni o‗zlashtirishi, unga moslashuvi va qo‗llashining muhim 
fermalarini o‗rganishni anglatadi. Shu sababdan Radkliff-Braunning 
fikricha antropologiyaning asosiy vazifasi, inson jamiyati va 
madaniyatidagi strukturaviy o‗zgarishlarni aniqlash emas, ularda doimo 
takrorlanib turadigan strukturaviy o‗zaro aloqalarni ko‗rsatish deb 
hisoblagan. 
Radkliff 
– 
Braun 
yaratgan 
g‗oyalar 
ingliz 
ijtimoiy 
antropologiyasida tezda ommalashib, o‗z taraqqiyotini qator olimlar 
guruhi tadqiqotlarida topdi. Ular orasida Eduard Evans-Pritchard (1902-
1972) ayniqsa mashhur edi. Afrika madaniyatlarining taniqli 
tadqiqotchisi 
bo‗lgan 
Evans-Pritchard, 
ularni 
o‗zganishda 
strukturavistik uslubni qo‗llagan. Unga binoan aniq dalillarni tavsifi 
ma‘lum sotsiologik nazariyaga bo‗ysundirilgan. Ushbu uslub ko‗magida 
jamiyatning 
strukturaviy 
tuzilishi, 
unda 
mavjud 
insonlararo 
munosabatlarning anglash, oqibatda bu uslubning maqsadi jamiyat 
tizimini yanada aniqroq tushinishga imkon bergan.
Strukturalistik uslubning ushbu maqsadini ilgari surgan Evans-
Pritchardning tushunishicha (anglashicha) tizim elementlari bir-biriga 
ta‘sir etadi, strukturaviy yondashuv esa elementlar oasidagi aloqalarni 
o‗rganadi. Uning fikricha ijtimoiy va madaniy tizimlar yaxlitlikni tashkil 
etadi, sababi ular inson tomonidan yaratiladi. Bu tizimlar insonni 
ehtiyojlari, uni o‗rab turgan muhit bilan munosabatlarini tartibga solib 
turadi. Ushbu uslubni qo‗llanishi tadqiq etilayotgan bir necha bir xil 
obyektni qiyoslashni taqazo etadi, zero bu ularning struktura turlari 
muhim xususiyatlari va ularning o‗zgarishini aniqlashga qaratilgan. 
Buning uchun dastlab ―madaniy formadan ijtimoiy faktni chiqarib olish 
lozim bo‗ladi. Ushbu faktlarning har biri birlamchi va ikkilamchi 
sifatlarga egadir. Birlamchi sifat-struktura (tizim) – bu mavjud narsa 
hamda sababning muhim vazifasidir. Ikkinchi sifat-madaniyat-bir 
tomondan atrof-muhitning inson sezgi organlariga ta‘siri bo‗lsa, boshqa 


82 
jihatdan-ushbu jamiyatda ramziy belgilar tanlovi orqali vujudga keladi. 
Ushbu sifatlar o‗zaro munosabatida birinchisi ikkinchisining, ya‘ni 
madaniyatning asosini tashkil etadi. Madaniyat ham o‗z strukturasiga 
egadir va bu barcha madaniy hodisalarning aloqalarini tushinish hamda 
izohlashga imkon beradi.
O‗zining strukturalistik g‗oyalarini rivojlantira borgan Evans-
Pritchardning xulosasicha, odamlar orasidagi xar qanday munosabatlar 
o‗ziga xos strukturani tashkil etib, ular birgalikda ijtimoiy tizim 
(ko‗rinish idagi) iyerarxilni tashkil qiladi. Uning fikricha zamonaviy 
ijtimoiy antropologiya (antropologiya) faqat ―qabila‖, ―klan‖, ―oila‖ va 
h. ko tushunchalari bilan ish ko‗rish noo‗rin. Bu tushunchalar ijtimoiy 
tizimning faoliyatida asosiy vosita emas. Tarixiy antropologiya uchun 
asosiysi – ijtimoiy vaziyat, munosabat turlari va ular orasidagi 
munosabatlar bilan bog‗liq tushunchalardir. Olimning fikricha faqat shu 
yo‗l bilan ijtimoiy taraqqiyotning umumiy qonunlarini shakillantirish 
mumkin.
Tarixiy antropologiya keyingi yaqin 50 yilda Yevropa va 
Amerikada paydo bo‗lgan fan bo‗lib, bu fanning asosiy g‗oya va 
tushunchalarini paydo bo‗lib rivojlanishi ham aynan shu davrlarga 
to‗g‗ri keladi. Tarixiy antropologiya fanidagi bunday keskin 
o‗zgarishlarning bo‗lishiga butun dunyoning siyosiy va ijtimoiy hayotini 
keskin o‗zgartirib yuborgan II jahon urushi va urushdan keyingi butun 
jahondagi vaziyatlar ta‘sir etmasdan qolmadi. Ayniqsa ikkinchi jahon 
urushidan keyin butun dunyoni kapitalistik dunyo va sotsialistik 
dunyoga ajrashi, sobiq imperialistik mamlakatlarning katta-katta 
hududlarini, xalqlarini mustamlakachilik tamg‗asidan ozod bo‗lishi, 
tarixiy antropologiya va ayniqsa etnologiya fanlarini rivojlanishiga, bu 
fanlarda yangi-yangi g‗oyalarni paydo bo‗lishiga olib keldi.
Ikkinchi jahon urushining tugashi sababli juda ko‗plab 
mustamlakachi mamlakatlarning etnologiya faniga qiziqishi susaydi. 
Natijada fanning bu sohalarini mablag‗ bilan ta‘minlash ham og‗ir 
ahvolda qoldi. Albatta bu narsa faqat etnografiya yoki etnologiya 
fanlarini mablag‗ bilan ta‘minlash ishlarigina emas, balki urush tufayli 
umuman vayronaga aylangan butun boshli davlatlarni, xalqlarni oyoqqa 


83 
turgizish, ularni qornini to‗ydirish, o‗sha davr mamlakatlarining birinchi 
navbatda qiladigan ishi edi. Shuning uchun ham ayrim mamlakatlarda, 
xususan Niderlandiyada bir qator ijtimoiy-gumanitar sohasidagi ilmiy-
tadqiqot institutlari yopilgan bo‗lsa, boshqa davlatlarda, shu jumladan 
Buyuk Britaniya va Fransiyada etnologiya bilan bog‗liq bo‗limlar 
qisqardi. Ammo tarixchilar, arxeologlar va etnolog olimlar o‗ta fidoiy 
olimlar bo‗lganliklari uchun ham, ular fidoiylarcha ishladilar va o‗z 
zamonasining eng ilg‗or nazariyalarini yaratishga muvaffaq bo‗ldilar. 
Jumladan, mashhur fransuz olimi Levi Strossning strukturaviy 
antropologiya maktabini misol qilib keltirish mumkin. Levi Strossning 
nazariy-metodologik qarashlari o‗zining soddaligi, shu bilan birga o‗ta 
ilmiyligi, originalligi bilan etnologiya va tarixiy antropologiya fanlarida 
alohida ajralib turadi. 
Levi-Strosning barcha asarlaridan markaziy, insoniyat ongining 
barcha tarixiy bosqichlarda yaxlitligi g‗oyasi yotadi. Uning uchun, inson 
faoliyati va inson ongining barcha turlari qat‘iy mantiqqa 
bo‗ysundirilgan. Bu borada inson ongida hissiy emosional emas oqillik, 
oqilona faoliyat aksari ko‗pchilikni tashkil qiladi. Shu sababdan Levi – 
Stros turmush va madaniyatning har bir qirrasiga alohida yakunlangan 
tizim siftida qarab, ularning har biridan mantiqiy qonuniyatlarini 
topishga intilgan. Aksari holatda qarama – qarshiliklar, ziddiyatlarni 
binar oppozisiyalarda yoki juft qarama – qarshiliklarning asosiylaridan 
biri ―tabiat –madaniyat‖ da topgan. U rivojlantirgan strukturaviy 
taxlilning asosiy maqsadi barcha ijtimoiy va madaniy xodisalar asosida 
yotgan mantiqiy qonuniyatlarni topish bo‗lgan. Ayni paytda u F. de 
Sossyurning aloxida fenomenlar ahaiyat kasb etmaydi, faqat ularning 
majmuasi (so‗z) axamiyatga molikligi xaqidagi tezisiga tayangan.
Shveysariyalik lingvist Ferdinand de Sossyur (1857-1913) va 
uning davomchilari qiyosiy tilshunoslikda inqilobi o‗zgarishlar qildi. 
Ular tillar diaxron yondashuvdan vos kechib o‗z tuzilishida ma‘lum 
strukturali o‗xshashligi bo‗lgan sinxrom belgili tizimni qo‗llaydilar. 
Bunday yondashuv eng avvalo til va sO‗z orasida farq mavjudligiga 
asoslangan. De Sossyurning yozishicha belgilarning muvofiqlashtirilgan 
tizimi bo‗lib, ularning har biri ikki komponet: signifakant ―belgilaydigan 


84 
va signifikat‖ yoki ―belgilanadigan‖ so‗zlardan iborat bo‗lgan. 
Lingvistikada ovozning minimal birligi fonemadir. Bir fenomani 
ikkinchisi bilan almashtirilishi hamma vaqt ham so‗zning ma‘nosini 
o‗zgarishiga olib kelmaydi. Ammo har bir tilda fenomlar bo‗lib, ular
oppozitsion juftliklarni tuzishadi. Shuning uchun bir ovoz davomidagi 
o‗zgarish, so‗z ma‘nosining o‗zgarishiga (masalan ―qo‗y‖, ―to‗y‖) olib 
keladi.
Ushbu 
metodologik 
yondashuvni 
Levi 
– Stros tarixiy 
antropologiyada qo‗llab, madaniyatning o‗rganilayotgan hodisasi 
mazmun – ma‘nosini empirik aniqlangan dalillardan emas, ularning 
o‗zaro munosabatlaridan axtaradi. Jumladan u qarindoshlik va nikoh 
munosabalari o‗ziga xos til ya‘ni individlar va guruh orasidagi 
xarakatsizlik kamunikasiya tipi sifatida qaraydi. Ammo bu metodni 
antropologiyada qo‗llash, faqat ijtimoiy va madaniy yutuqlar asosida 
o‗xshash strukturaviy tamoyillar (prinsiplar) mavjudligini tasdiqlashga 
xizmat qildi xolos. Bu borada Levi – Stros ta‘birida ―struktura abstrakt 
xususiyatiga ega bo‗lib, ma‘mum darajadr empirik borliqqa emas, 
borliqning modellariga mos keladi‖. Levi – Stros uchun ijtimoiy 
munosabatlar, modellar tuzish uchun qurilish ashyosi hisoblanib, 
ularning yordamida keyinchalik ijtimoiy strukturalar anglanadi. Bu 
asosda strukturaviy analizning mohiyati etnografik materiallarni ma‘lum 
komponentlarga bo‗lib minimal invariant birliklarni olish, ular 
yordamida ijtimoiy va madaniy hayotning barcha tomonlarini aks 
ettiruvchi modellarini konstruksiya qilishdir.
Strukturaviy taxlil metodini qarindoshlik tizimini o‗rganishda 
qo‗llagan Levi – Stros keyinchalik uni totemizmni tadqiq qilishda 
anglash jarayonlarini izohlashda foydalandi. o‗zining to‗rt tomli 
―Mifologiya‖ (1964-1971) asarida Levi – Stros, strukturaviy taxlildan, 
uning strukturalarning qat‘iy asosi hisoblangan jamoaviy ongning 
fundamental mazmuni bo‗lgan, rivoyatlarni qiyosiy tadqiq etishda 
foydalanadi. Bu etnologga ongning turli formalari asosida yotgan 
kodlarni ochishga imkoniyat berdi. Insonlar doimo bir xil o‗ylaydilar, 
farqi faqat ong obyektlaridir deb yozadi Levi – Stros. Strukturalizm ham 
funksionalizm singari ma‘lum antropologik konstantalarda insonlar 


85 
madaniyatlarining 
o‗xshashligi 
sabablarini 
izlaydi. 
Lekin 
funksionalizmda o‗xshashlik insonlar asosiy ehtiyojlarining o‗xshashligi 
bilan izohlansa, strukturalizmda bu holatni inson ruhiyatining 
o‗xshashligidan chiqarilgan. 
Levi – Strosning antropologiyani strukturaviy antropologiyaga 
aylantirishga urinishi oraliq fanlarda keng munozaralarga sabab bo‗lib, 
XX asrning 60 yillarida ushbu yo‗nalishni fransiyaning yetuk 
intellektual oqimiga aylantirdi. Ingliz ijtimoiy antropologiyasida Levi – 
Stros g‗oyalari Meri Duglas (1921y tug‗.) tomonidan rivojlantirilsada, 
keng tus olmadi. AQSh madaniy antropologiyasida kognitiye 
antropologiya maktabi namoyondalari, strukturalizm bilan o‗xshash 
metodologik yondashuvni rivojlantirsada, ma‘lum xudud geografik 
nomlarini yaxlitligini tadqiq qilish bilan cheklanganlar. Shu sababdan 
strukturalizmning ta‘siri nihoyatda cheklangan bo‗lib, uning inson 
ongining universalligi g‗oyasi qizg‗in bahs va munozaralarga sabab 
bo‗ldi xolos. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling