Tarixiy antropologiya


Amerika tarixiy antropologiya maktabi


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

3. Amerika tarixiy antropologiya maktabi. XIX asrning 90 
yillariga qadar AQSh antropologiya fani evolyutsion yo‗nalish ta‘sirida 
rivojlangan. Lekin XIX asr 90-yillarida Amerika antropologiyasida 
yangi yo‗nalish vujudga kelib uning asoschisi yirik olim va jamoa arbobi 
Frans Boas (1858-1942) bo‗ladi. Yangi yo‗nalish ―Boas maktabi‖, 
rasman esa ―tarixiy antropologiyaning amerika maktabi‖ nomini oldi.
Antropologiyadagi inqiroz holati yangi yo‗nalishning vujudga 
kelishi yo‗l ochdi. Bir qator olimlar fanda hukmron bo‗lgan g‗oyalarni 
inkor etib, turli xalqlar hayotini o‗rganishda butunlay yangi 
yondashuvlarni taklif etishdi. Antropologiya vaziflarini qayta ko‗rishi 
taklifi bilan chiqqan olimlar orasida F. Baos alohida o‗rin tutadi. U 
antropologiyadagi barcha yo‗nalishlar: evolyutsionizm, diffuzionizm va 
funksionalizmni zarur darajada universal emas deb inkor etadi. Tanqid 
eng avvalo evolyutsion ta‘limotga taaluqli bo‗lib, undagi – insonlar, 


76 
ijtimoiy itstitutlar va madaniyatlarning oddiy, sodda ko‗rinish dan 
murakkablikka yuksalib borishi g‗oyasigs qarshi qaratilgan edi. Baos 
antropologiyani amalda butunlay yangidan yaratishni taklif etib, uni 
avvalgi etnologik nazariyalar noto‗g‗ri asosga ega bo‗lgani hamda 
tadqiqotlarni noo‗rin xulosalarga olib kelganini takidlaydi. Uning 
fikricha, 
etnografik 
ma‘lumotlarni 
qaytadan 
to‗plab, 
ularni 
umumlashtirish asosida, yangi metodlar va yangi nazariyalar yaratish 
lozim.
Inson haqidagi fanning maqsadini Baos har bir xalqni uning tili va 
madaniyatini o‗rganish orqali, tarix haqidagi yaxlit tasavvurni yaratish 
deb biladi. Bu aniq tadqiqotni, antropologiya an‘anaviy maktablarining 
soddalashtirilgan abstayet sxemalari bilan alishtirib bo‗lmaydi. 
O‗ziningidastlabki prinsipial, ―Antropologiya vazifalari haqida‖ 
maqolasida Baos – bu fanning yakuniy maqsadi faqat sivilizasiyalashgan 
emas barcha xalqlar buyuk muzlik davridan to hozirga qadar barcha 
bosqichlardagi yagona tarixini yaratishdir deydi. Buning uchun olimning 
fikricha, har bir xalqning madaniyati, tilini ularning o‗ziga xosligini 
alohida tadqiq etish lozim. Butun insoniyatning mavjud tarixini 
rekonstruksiya qilish orqali esa inson faoliyatini boshqaruvchi, barcha 
qonunlarni aniqlash maqsad etib qo‗yiladi. Boasning tan olishicha bu 
jarayonda, madaniyat taraqqiyotining umumiy qonunlari mavjud, ammo 
ularni ifodalashda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‗lish lozim, sababi 
har bir madaniyat o‗ziga xos betakror taraqqiyot yo‗lini bosib o‗tadi. 
U o‗zining ehtiyotkorlik bilan yondoshuvini, tashqi ko‗rinish idan 
o‗xshash narsalarning turli kelib chiqishiga egaligi va turli vazifalarni 
bajarishga mo‗ljallangan bo‗lishi mumkinligi bilan izohlaydi. Har bir 
o‗xshashlik ham tarixiy aloqalar yoki moddiy omillarni bir xalq 
tomonidan boshqasidan o‗zlashtirganidan darak beravermaydi. Moddiy 
omillarning o‗xshashligini odamzot ruhiyatining bir xil tashkil etilgani 
atrof-muhit o‗xshashligi bilan izohlash ham, har doim to‗g‗ri deb 
bo‗lmaydi. Boas madaniyat tarixida turli variantlar, xususan matriarxat 
yoki patriarxat turdagi qardoshlik tizimiga o‗tishi kuzatilishi 
mumkinligini aytadi. Har bir vaziyatda sin‘chikovlik bilan tarixiy 
taraqqiyotlar o‗tkazish lozim. 


77 
Evolyutsionizm va diffuzionizmni rad etar ekan Baos o‗z 
navbatida madaniyatni tarixiy metodi orqali tadqiq qilish lozimligini 
ta‘kidlaydi. Uning anglashicha madaniyat – inson ulg‗ayishi va qabul 
qilishi borasida o‗zlashtirgan xalq modellari yig‗indisi, madaniyat 
taraqqiyoti – ijtimoiy guruhning ichki taraqqiyoti o‗ziga xosligi, qisman 
uniga o‗tkazilgan tashqi ta‘sir bilan belgilanadi. Har bir madaniyatni 
betakror va o‗ziga xos deb bilgan amerika tarixiy maktabi tarafdori 
madaniyatning eng mayda elementlarini ham to‗liq tasvirlashga 
intilganlar. Buning natijasida to‗plangan ko‗p sonli rang-barang 
ma‘lumotlar tabiiy uni qayta ishlashda o‗ziga xos metodlarini talab 
qiladi. Shuning uchun Baos maktabida qator yangi metodlar, xususan 
etnografik 
kartografiyalash 
uslubi 
yaratilib, 

keyinchalik 
antropologiyada keng qo‗llanildi. 
Baosning ilmiy salohiyati nihoyatda yuksak bo‗lib, uning qator 
shogirdlari va davomchilari yetishib chiqadi. Ular ichida eng taniqlilari: 
K.Uissler, A.Kreber, A. Goldenvayzer, R. Loui, P. Radin, L. Uaytlar 
bo‗lgan. Ulardan Alfred Kreberni (1876-1960) shubhasiz eng qat‘iyatli 
izdoshlardan deb atash mumkin. 
O‗zining ilmiy qarashlarida Kreber Baos maktabining davomchisi 
sifatida: antropologiya (antropologiyaning) bosh predmeti – bu inson 
madaniyati, aniqrog‗i inson guruhlari madaniyati ekanligi izchil 
ta‘kidlaydi. O‗zining nazariy qarashlarini olim ―Antropologiya‖ (1912) 
asarida tariflaydi. Uning yozishicha dunyo xalqlari madaniyati, 
o‗tmishda va hozir, yaxlit, uzluksiz kontiniumli tashkil etsada va uni 
qismlarga bo‗lish qiyin bo‗lsa-da, an‘anaga ko‗ra insoniyat yaratgan 
madaniyatlarni ikkiga yozuvsiz va yozuvli xalqlar madaniyatlariga 
bo‗lish mavjud. Antropologiya ulardan birinchisini, tarix fan esa 
ikkinchisini tadqiq qiladi. 
Kreber madaniyati: turli elementlardan o‗ziga xos tarzda 
birlashtirilgan va yaxlitlikni tashkil etuvchi, ma‘lum model, namunaga 
mujassamlashgan, uyg‗unlashgan sistemasi tizimi deb tushungan. 
Madaniyat formasi unga mansub stilga bog‗liq bo‗lib, bu insonlarni 
o‗zini tutishda, moddiy madaniyat ashyolarida o‗z muhrini qoldiradi. 
Uning o‗ziga xosligi ma‘naviy madaniyat va uning qadriyatlarida 


78 
namoyon bo‗ladi. Har bir madniyatga xos ma‘lum dominant (yetakchi) 
g‗oya bo‗lib, u ushbu madaniyatning eng buyuk yutuqlarini va betakror 
ekanlligini ifodalaydi.
Kreber nazariyasida eng muhim ―Etos‖ – tushunchasi bo‗lib, 
umadaniyatning umumiy sifati, uni qamrab olgan hidi deyish mumkin. 
Etos – ideallar, qadriyatlar sistemasi (tizimi) bo‗lib u har qanday aniq 
madaniyatda namoyon bo‗ladi va uning a‘zolari hulqini nazorat qiladi. 
Etosni ideal madaniyat kvintessensiyasi deb ham aytish mumkin. 
Kreberning nazariy muammolariga qiziqishlari uni sof-
antropologiya mavzulari bilan chegaralanib qolmasligiga olib keladi. 
O‗zining fundamental asarlaridan biri ―Madaniyat tabiati‖ u jaxon 
madaniyatiga bag‗ishlab, jarayonni Qadimgi Sharqda hozirga qadar 
davom etib kelayotgan uzluksiz madaniy modellar bosqichi sifatida 
tasvirlaydi. Keyinchalik K. Klakxon bilan hamkorlikda yozilgan boshqa 
bir asarida u madaniy modellar haqidagi g‗oyasini uzil-kesil 
umumlashtirib, tartibga keltirdi. Kreberning madaniy modellarning 
o‗ziga 
xos abstraksiya, ya‘ni tadqiqotchilarni o‗rganilayotgan 
madaniyatlarning barcha elementlarini (siyosiy tuzilishi, kiyimlari
taomlari, san‘at asarlari, uy-joylar qurilishi texnalogiyalari va h.k.o.) 
yaxlitlikda ko‗rish imkonini beradi. Bu xildagi yondashuv bilan Kreber 
amalda ―madaniy modellar‖ tushunchasini almashtiradi. Shu tariqa 
modellarni alohida madaniyatlarning suyagi, arxitapik asosi deb atash 
mumkin. 
Kreberning madaniy modellar nazariyasi ijtimriy hayot turlari va 
strukturalarning kelib chiqishi bilan qiziqmaydi. Ularga borliq sifatida 
qaraladi. Biz biror – bir madaniyatni o‗rganar ekanmiz, o‗z 
madaniyatimiz paragmalari doirasida, etnosentrizm pozisiyasida 
qolishimiz tabiiy. Madaniyat hayoti ichki innovasiyalari va tashqi 
ta‘sirlarga beriluvchan bo‗lsa-da ular madaniyatning yuksalishini 
ta‘minlasa, boshqalari uni sekinlashtiradi. Madaniyatning bu xildagi 
notekis rivojlanishi Kreber tomonidan kulminatsiya tushunchasini 
kiritilishiga sabab bo‗lib, unda turli madaniy modellar kombinasiyasi 
eng muvaffaqiyatli chiqib, madaniyatning ma‘lum sohalari yuksalgan 
(gullab yashnagan) davri olinadi. Bitta madaniyatning o‗zi qator 


79 
kulminasiyalarni boshdan o‗tkazishi mumkin. Kulminatsiyaning vaqti 
ham turlicha – bir necha 10 yildan bir necha 100 yilgacha bo‗lishi 
mumkin. 
Tarixiy maktabning mohiyatini, va uning antropologiyaga 
qo‗shgan hissasini ifodalaydigan bo‗lsak, quydagilarga e‘tibor bermoq 
lozim: 
- antropologiya har bir xalqni alohida, tili, madaniyati va 
antropologik tipini aniq va har tomonlama (mukammal) o‗rganishi 
kerak; 
- turli xalqlar madaniyatlarining o‗zaro ta‘siri, ma‘lum geografik 
xududlaridagi 
madaniy 
birlikni 
shakllanishini; 
ushbu 
areallar 
chegarasida xalqlar madaniyati o‗zaro ta‘sirining aniq ko‗rinish larini, 
ayrim madaniy elementlar diffuziyasini kuzatish mumkin; 
- insoniyat va uning madaniyati taraqqiyoti anglash qiyin bo‗lgan
umumiy qonunlar asosida bo‗ladi: umumiy qonuniyatlarni tadqiq qilish 
davomida madaniy omillarning tashqi o‗xshashligidan aldanmaslik 
lozim, sababi ular aslida butunlay xilma-xil hamda kelib chiqishi ham 
har xil bo‗lishi mumkin; 
- ―O‗zimizning‖ ma‘naviy baholash kriteriyalarmizni o‗zga 
madaniy tipga ega xalqlarga nisbatan qo‗llashimiz noo‗rindir, sababi har 
bir xalqda tarixan ijtimoiy ideallar, axloqiy normalar shakllanadi. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling