Tarixiy antropologiya


AQShda diffuzionizm. Frans Boas


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/56
Sana29.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1401098
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56
Bog'liq
antrapologiya

4. AQShda diffuzionizm. Frans Boas. AQShda diffuzionizm 
ahamiyatiga molik ilmiy yo‗nalish ko‗rina olmaydi. Uning amerikada 
shakllanishi Frans Boasning tarixiy antropologiyada evolyutsion 
nazariyani tanqid qilish bilan bevosita bog‗liq bo‗ladi. Boas 
Grebnerning turli geografik xududlarda bir xildagi madaniy omillar 
vujudga kelishi mumkin emasligi fikrini to‗liq qo‗llaydi. Har qanday 
madaniy borliqni, uning ichki taraqqiyoti yoki yaqin-uzoqdagi 
qo‗shnilari madaniyati ta‘siri bilan izohlash mumkin. Shuning uchun har 
qanday mahalliy madaniyatning rivojlanishida diffuziya muhim o‗rin 
tutadi. Baos va uning shogirdlari tufayli amerika antropologlari 
diffuziyaning turli xalqlar madaniyatlaridagi o‗xshashliklarning asosiy 
omili degan xulosaga keldilar. 
XIX-XX asrlar chegarasida amerika etnologlarining ko‗pchiligi 
indeyslarni o‗rganish uchun dala ekspedisiyalari uyushtira boshladilar. 
Bu tadqiqotlar natijasi ―madaniy viloyatlar‖ konsepsiyasida 
mujassamlashib, Klark Uisslerning (1870-1947) ―Amerika Hindusi‖ 
(1912) asarida nisbatan to‗liq va tartiblashtirilgan holda bayon etilgan. 
Shimoliy 
Amerika 
hindulari 
o‗zaro 
aloqalarini, 
ularning 
madaniyati elementlarini geografik tarqalishini taxlil qilgan Uissler
madaniyatni ma‘lum kishilar guruhining, biror-bir ekologik uhitga 
moslashuv natijasi degan xulosaga keldi. Xo‗jalik qurollari, kulolchilik 
folklor 
syujetlari 
va 
h.k.o.larga 
oid 
ko‗plab ma‘lumotlarni 
umumlashtirgan: olim moddiy hamda ma‘naviy madaniyat elementlari
insonning somatik (tanasi) belgilari mavjud madaniy viloyatlar orasida 
diffuziya orqali tarqalishini tasdiqladi. 
Empirik ma‘lumotlarga asoslangan Uissler, Shimoliy Amerika 
hindularining 15 ta madaniy viloyatlarini ajratib, madaniy diffuziyaning 
umumiy qonunini – antropologik xususiyatlar o‗zi shakllangan joydan 
barcha yo‗nalishlar bo‗ylab tarqalish xususiyatiga ega ekanligini 


64 
ko‗rsatdi. Uning fikricha madaniy omillar va odam xususiyatlari 
―konsentrik usulda‖, ya‘ni oddiy narsalar chetda, markaziy o‗rinni 
murakkab xususiyatlar egallashini ta‘kidlaydi. Shu tariqa Uisslerning 
fikricha madaniy viloyat madaniy markazning ifodasi sifatida namoyon 
bo‗ladi. Shuning uchun madaniy markazdan uzoq-yaqinligiga qarab 
ayrim jamiyatlar boshqalariga nisbatan tipik madaniyatga ega bo‗ladi. 
Diffuziya g‗oyasining ingliz antropologiyasiga kirishi va uning 
taraqqiyotini Uilyam Rivers (1864-1922) nomi bilan bog‗lashadi. U 
―Melaneziya jamiyati tarixi‖ (1914) asari ustida ishlash davomida 
melaneziyaliklarda 
qarindoshlik 
va 
ijtimoiy 
munosabatlarni 
rivojlanishini evolyusiya bilan izohlash mumkin emas degan xulosaga 
keladi. Uning fikricha Melaneziyada yangi madaniyatning shakllanishi 
ko‗chib kelganlar katta guruhining o‗zaro aloqalari natijasidadir. Rivers 
Okeaniyada birini ikkinchisi almashtirgan, bir necha to‗lqinsimon 
ko‗chishlar bo‗lib, ularning har biri madaniyatga yangi elementlar 
kiritilganini ta‘kidlaydi. Jumladan: Kavi xalqi totemizm, vafot 
etganlarga e‘tiqod, quyosh va oy kuti monogam nixoq, o‗q-yoy, ma‘lum 
ko‗rinish dagi uylarni va hakazolarni keltirgan. Xulosa yangi 
madaniyatlar evalyusiya emas turli madaniyatlarning aralashuvidan 
vujudga kelishi mumkin. Bir necha madaniyatlar aralashuvi va o‗zaro 
ta‘siridan ularning hyech qaysisiga xos bo‗lmagan butunlay yangi 
madaniyat elementi vujutga kelishi mumkin. Reverening fikricha ko‗p 
sonli bo‗lmagan migrantlar ham, yuksakroq texnologiyaga ega bo‗lsa, 
o‗zlarining udumlarini mahalliy xalqqa o‗tkazishi mumkin. 
Shunga qaramasdan Reverening qarashlari o‗zining sun‘iyligi va 
xayoliyligi bilan ajralib turadi. Jumladan u aytgan migrantlar kim, ular 
qayerdan va qanday madaniy ko‗nikmalar bilan kelishgani, keyinchalik 
madaniyatlari qanday yuksalgani noma‘lum. O‗zga diffuzioniylar kabi 
Rivere ham bu masa
Buning uchun ular qaysi uslubni topib madaniyatlardagi o‗xshash 
jihatlarni taxlil qilishga urindilar.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling