Tarixiy antropologiya
Diffuzionizm g„oyasining yo„nalishlari va maktablari
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
2. Diffuzionizm g„oyasining yo„nalishlari va maktablari.
Diffuzionizm g‗oyasining qator yo‗nalishlari va maktablari shakllandi. Skandinaviya mamlakatlarida Erik Nordenildning tarixiy – geografik yo‗nalishi; Germaniyada Fris Grebper va Vilgelm Shmidtning madaniy - tarixiy hamda Leo Frobeniusning antropolografiya maktablari; AQShda Eduard Sepir, Melvill Xerskovis; Angliyada giperdiffizionizm (geosiyosiy) maktabi vakillari Grafton Elliot Smit, Uilyam Riverslar ijod qilishgan. Diffuzionizmning asoschisi deb Myunxen universiteti professori Fridrix Ratsel (1844-1904) tan olinadi. U birinchi bo‗lib madaniy omillarning mamlakatlar va xududlardagi tarqalishi qonuniyatlariga e‘tibor qaratdi. Evolyutsionistlarda madaniy omillar ularning paydo bo‗lishi sharoitlari bilan bog‗liq holda ko‗rilmagan. Ratsel‘ esa madaniyat omillarini xalqlararo munosabatlardagi muhim omil sifatida ko‗rsatdi. Uning fikricha irqlar aralashadi, tillar paydo bo‗ladi va yo‗qoladi, xalqlarning nomi o‗zgaradi, faqat madaniy ashyolar o‗zining xududiy o‗rnini hamda ko‗rinish ini saqlab qoladi. Shuning uchun Ratsel madaniy ashyolarning tarqalishi masalasini o‗rganishni fanning asosiy vazifalaridan deb hisoblaydi. Ratsel o‗z g‗oyalarini ―Antropogeografiya (1882-1891)‖ Xalqshunoslik (1885-1895) va ―Yer va hayot‖ (1897) kabi ko‗p tomlik asarlarida ifodalaydi. Ularda olim yer yuzida insonlarning joylashishi umumiy ta‘svirini yozar ekan. Madaniyatning geografik muhit bilan 59 bog‗liq holda yuksalishiga e‘tibor qaratdi. Bu borada olim tabiiy muhitning; xalqning ichki hayotiga, uning madaniyatini shakllantirishiga, xalqlar orasida aloqalar xarakteriga (fe‘li-atvoriga) ta‘sirini batafsil tadqiq qiladi. Ratsel o‗zining madaniyati borasidagi asosiy g‗oyalarini ―Antropogeografiya‖ asoslarida, moddiy madaniyat buyumlari (etnografik buyumlar va ularning atamalari), ularning egalari elat va xalqlar orqali tarqalishi geografiyasini taxlil qildi. Uning fikricha turli xalqlar madaniyatidagi tabiiy muhit bilan bog‗liq tafovutlar, xalqlar orasidagi aloqalar etnografik buyumlarning tarqalishi orqali asta-sekin yo‗qolib boradi. Ratsel xalqaro munosabatlarga: qabilalarning ko‗chishlari, bosqinlar, irqlararo aralashuv xususiyatlariga, almashinuv, savdo va h.k.o.lar alohida e‘tibor qaratadi: bunday o‘zaro munosabatlar davomida madaniyatning borliqqa tarqalishi ro‗y beradi. Amalda etnografik ashyolarning tarqalishi til yoki irqlar xususiyatlarning yoyilishidan ancha muhimdir. Irqiy tillar aralashuvii doimiy jarayon bo‗lganidan, zamonaviy irqlar aralashgan bo‗lishi tabiiy. Til etnik belgi sifatida irqqa nisbatan muhimroq, lekin u ham vaqt davomida o‗zgaradi yoki boshqa tillar tomonidan surib chiqaradi. Moddiy madaniyat ashyolari – buyumlar esa o‗zining ko‗rinish ini, tarqalgan xududini madaniyatning boshqa omillariga nisbatan uzoqroq saqlab turadi. Ratsel‘ning fikricha xalqlar o‗zgaradi, yo‗qolib ketadi, moddiy madaniyat buyumlari esa nima bo‗lsa shunday qoladi. Shuning uchun etnografik ashyolarning tarqalishi geografiyasi madaniyatni tadqiq etishning eng muhim tomonlaridan biridir. Ratsel‘ madaniyatning elementlari tarqalishida 2 usulni: akkulturasiya, ya‘ni madaniyatning ayrim predmetlari (ashyolari) emas butun etnografik ashyolarning bir halqdan ikkinchisiga o‗tishi. Uning takidlashicha ayrim buyumlar (taqinchoqlar, kiyimlar, tamaki) bir halqdan ikkinchisiga o‗tsa, boshqalari ( egar - jabduqlar, temir buyumlar) faqat uni o‗zlashtirgan halqlar bilan birga tarqaladi. Ratsel‘ning asarlarida mustaqil yo‗nalishi sifatida deffuziyanizmning madaniyatni o‗rganishda asosiy tamoyillari: madaniyatlarning o‗zaro ta‘siri; yangi elementlar davomida uning 60 o‗zgarib borishi; insoniyat madaniyatining bir yoki bir necha markazdan boshlangani g‗oyalari aksini topgan. Bu borada Ratsel‘ insonning o‗ziga insonning o‗ziga ikkinchi darajali etnografik buyumlar tashuvchisi sifatida o‗rin berib, madaniyatni unga nisbatan mustaqil deb hisoblaydi. Bu madaniy omillarning uni tashuvchilaridan nisbatan mustaqilligi g‗oyasi; keyinchalik Frobenusning ―madaniy morfologiya‖ va Shmidtning ―vena maktabi‖ vakillari asarlarida yanada rivojlantirildi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling