Tarixiy antropologiya
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo„shimcha adabiyotlar
- 4-MAVZU: TARIXIY ANTROPOLOGIYADA EVOLYUTSIONIZM NAZARIYASI REJA 1. Eduard Taylor evolyutsion nazariya asoschisi sifatida.
- 1. Eduard Taylor evolyutsion nazariya asoschisi sifatida.
Asosiy adabiyotlar
1. Kottak C.Ph. Anthropology: the exploration of human diversity. 12th ed. – New York: McGraw-Hill Inc., 2008.R.3-23. 2. Barnard A. History and Theory in Anthropology. Cambridge University Press. 2004.R.1-15. 3. Elizabeth Campbell and Luke Eric Lassiter. Doing Ethnography Today: Theories, Methods, Exercises. British Library. 2015. Qo„shimcha adabiyotlar 1. Ashirov A. Antropologiya. –T.., 2014. 2. Antropologiya. (Pod red. Miskovoy Ye.V, Mexedova N.A, Pimenova V.V)-M.., Izd-vo «Kultura» 2005. Nazorat savollari 1.Yangi zamonaviy yo‗nalishlarning shakllanish omillari. 2. Fransiyada ―Annallar maktabi‖ va uni kelib chiqishi. 3. Etnopsixologiya maktabi va uning shakllanishi va yutuqlari. 4. Neoevolyutsionizm g‗oyalari 5.Strukturaviy antropologiya yo‗nalishi 6.Neofunksionalizmning Manchester maktabi 7.Lesli Elvin Uayt konsepsiyasi . 49 4-MAVZU: TARIXIY ANTROPOLOGIYADA EVOLYUTSIONIZM NAZARIYASI REJA 1. Eduard Taylor evolyutsion nazariya asoschisi sifatida. 2. G. Spenser va Bastian nazariy qarashlari. 3. Morgan xalqlar urug„chilik tuzumini tarixiy nuqtai nazardan tahlil etishi. TAYANCH SO„ZLAR VA IBORALAR Darvin, evolyutsion, klassifikasiya, madaniyat, xalq, animizm, Morgan, urug‘, ibtidoiy. 1. Eduard Taylor evolyutsion nazariya asoschisi sifatida. Darvinning evolyutsion g‗oyasi tabiiy fanlardagina to‗ntarish yasab qolmasdan, ijtimoiy fanlar, xususan yangi shakllanayotgan antropologiyada ham uzil-kesil qaror topadi. Ko‗pgina antropolog – evolyutsionistlar, ularni ijodga tabiiy fanlardagi muvaffaqiyatlar undaganligini ta‘kidlaydilar. Evolyutsionist olimlar o‗zlarining bosh vazifalari deb: turli xalqlar madaniyatlarini qiyoslash, insoniyat madaniyati taraqqiyotining umumiy qonunlarini ochish va asoslash deb bilganlar. Evolyutsion g‗oyani turli mamlakatlar antropologlari: Gerbert Spenser, Eduard Taylor, Teodor Vays, Genrix Shurs (Germaniyadan); sharl Leturno (Fransiya); Lyuis Genri Mofgan (AQSh) yuksaltirdilar. Ularning tadqiqotlari tufayli madaniyat avvalgi ma‘lum mazmunga ega bo‗lmagan alohida tur va xususiyatlar yig‗indisidan, insoniyat uchun umumiy tarixiy qonunlarga ega bo‗lgan mujassam, tizimi va tartibli ko‗rinish ni oladi. Tarixiy antropologiyada evolyutsion nazariya asoschisi deb haqli ravishda ingliz olimi Eduard Taylor (1833-1917) tan olinadi. U 1865 yili nashr qilingan ―Insoniyatning qadimgi tarixiga oid tadqiqotlar‖ asarida o‗z qarashlarini bayon etadi. Olim asarida insoniyat madaniyatining ibtidoiy darajasidan hozirgi qadar yuksalib borishi, xalqlar madaniyatlaridagi farqlar esa haqiqiy xususiyatlarga emas madaniy taraqqiyotning notekis rivojlanishi natijasi ekanligini ta‘kidlaydi. 50 Taraqqiyotning evolyutsion nazariyasini Taylor 1875-yilda nashr qilingan ―Ibtidoiy madaniyat‖ kitobida yanada batafsilroq yoritadi. Unda J. de Mestraning yerda yarim sivilizasiyalashgan odamlarning paydo bo‗lgani hamda ularning bir qisimi yovvoyilikka boshqalarini esa oldingi sivilizasiyaga qarab taraqqiy etishi g‗oyasiga qarshi insoniyat madaniyatining uzluksiz rivojlanishi g‗oyasi yotadi. Shu bilan birgalikda Taylor ma‘lum tarixiy va tabiiy fojialar madaniyatida rekrisiv, ya‘ni salbiy (orqaga qaytish) rivojlanish bo‗lishi mumkinligini ham inkor etmaydi. Madaniyat turlarining ko‗pligini u taraqqiyot davomida ko‗plab bosqichlardan o‗tish bilan izohlangan. Bu bosqichlar o‗zaro bog‗langan bo‗lib barcha xalqlar madaniyatlarini bir zanjirga birlashtiradi. Boshqa evolyutsionistlar kabi Taylor ham madaniy jarayonlarni o‗rganishda ilmiy – tabiiy metodni qo‗llashga xarakat qiladi. Shuning uchun olim tabiiy – ilmiy klassifikasiyani tarixiy antropologiya ehtiyojlariga moslashtirishga intilgan. U moddiy va ma‘naviy madaniyatning ma‘lum belgilarini tadqiq etib uni tabiatshunoslarning o‗simlik va hayvonlar turlariga qiyoslagan (o‗xshatgan). O‗z asarlari va maqolalarida Taylor xususan madaniy borliq umuman insoniyat madaniyatining doimiy taraqqiyotda bo‗lishi nuqtai nazarni yoqlagan. O‗z nazariyasini tasdiqlash uchun olim katta hajimdagi, madaniyatning oddiy holatdan murakkab darajaga yuksalishini tasdiqlovchi dalillarni keltiradi. Taylor madaniy jarayonlarning barchasidan ham, ibtidoiy xalqlarning diniy tasavvurlarini o‗rganishga alohida e‘tibor qaratib, dinning animistik kelib chiqishi g‗oyasini ilgari surdi. Qoloq xalqlar diniy tasavvurlarini o‗rganishda olim, insoniyat va uning madaniyati vujudga kelishi yagona ekanligi g‗oyasiga asoslanadi. U ayrim olimlarning ―yovvoyilar‖ diniy tasavvurlari va udumlari turli bo‗lmag‗ir fikrlar aralashmasi emas, balki ularning aksari qismi mantiqli va tartibli ekanligini tasdiqlashga urinadi. Taylorning yozishicha diniy tasavvurlar asosida jonlar va ruhlarga ishonch tuyg‗usi yotadi. Olim bu tuyg‗ularni ―animizm‖ (lotincha anima –jon, hayot) atamasi bilan ifodalaydi. U animizmning ildizlarini ―yovvoyi‖ kishining ―falsafasi‖ da, uning: tush, tush ko‗rish, hushdan ketish, kasalliklar, o‗lim sabablarini bilishga 51 intilishda ko‗radi. Uni izohlash davomida insonlar har bir kishida ruh mavjudligi va odamni vaqtinchalik (tush) yoki umuman (o‗lim) domiga tashlab ketishi mumkinligi haqidagi xulosaga keladilar. Bu ruhlarga ishonch tuyg‗usi asosida qadimgi odamlarda keyinchalik yanada murakkabroq diniy tasavvurlar shakllanadi. Ibtidoiy odamni afsungarlikka ishonchi, atrof-muhitdagi barcha narsalar, shu jumladan jonsiz buyumlar, narsalar ham o‗z ruhlariga ega ekanligiga ishontirgan. Shu tariqa avval hayvonlar va tabiat kuchlari ruhlarga e‘tiqod, keyinchalik esa ―nargi dunyo‖, tabiatning ulug‗ ilohlariga, eng so‗ngida, yagona Xudoga ishonch paydo bo‗ladi. Taylorning evolyutsion qarashlari antropologiyada oldinga tashlangan muhim qadam bo‗ldi. Ularni tarixiy jarayoni va madaniyatining ijobiy taraqqiyoti yagonalini asoslovchi batartib konsepsiya deb atash mumkin. Ammo evolyutsionizmning, xususan Taylor nazariyasining nuqsonlari keyinchalik ma‘lum bo‗ldi. Olimning g‗oyalari o‗z zamonida antropologiyada juda tez tarqalib, uning qator davomchilari yetishib chiqdi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling