Tarixiy antropologiya
Morgan xalqlar urug„chilik tuzumini tarixiy nuqtai nazardan
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
3. Morgan xalqlar urug„chilik tuzumini tarixiy nuqtai nazardan
tahlil etishi. Tarixiy antropologiyada evolyutsionizmning shakllanishida amerikalik olim Lyuis Genri Morgan alohida o‗rin tutadi. Morgan (1818-1881) antropologiyaga zamondoshi bo‗lgan barcha hamkasiblarning umumiy xizmatidan ko‗proq hissa qo‗shgan desak mubolag‗a bo‗lmaydi. Urug‗ning taraqqiy etgan tuzimini u irokezlarda kuzatish mumkinligini yozadi.nihoyat urug‗ning so‗ngi turi (ota urug‗) Morganning fikricha qadimgi yunon va rimliklarda arxaik davrida hukm surgan. Bu borada antropologiya uchun: xususiy mulkning to‗planishi va merosga aylana borishi davomida ona urug‗dan ota urug‗ga (patriarxatga) o‗tish haqidagi g‗oya muhim ahamiyat kasb etadi. Morgan ilmiy tadqiqotlarida oila tarixini o‗rganish ham katta o‗rin tutgan. Bu masala ―qadimgi jamiyat‖ asarida yoritilgan. Turli xalqlardagi qon-qarindoshlik turlari haqidagi ma‘lumotlarni to‗plagan olim, ularni sistemalashtiradi. Morgan insonning tarixida oila taraqqiyotining 3 bosqichini: 1) qon-qarindoshlik oilasi (ota –ona farzandlari orasidagi nikohni taqiqlanishi; 2) punalual oila – bir necha opa – singillarning umumiy erlari bilan yoki bir necha aka-ukalarning umumiy xotinlari bilan guruhiy nikohi; 3) juft sindiastlik oila; 4) patriarxal yoki pompam oila; 5) monogam – zamonaviy ko‗rinish dagi oilalar bo‗lganini ta‘kidlaydi. Olimning fikricha oila formalari orasida eng muhimlari 1,2 va 5 lari bo‗lib, xuddi shu xildagi nikohlardan insonlar qardoshligi asosiy turlari rivojlanadi. Tarixiy antropologiya uchun Morgan tadqiqotlaridan eng muhimi ibtidoiy jamoa tuzumini tadqiq qilishi va ibtidoiy madaniyatning davrlashtirishga harakati hisoblanadi. 55 Olim taklif etgan davrlashtirishni etnografik, tarixiy va arxeologik ma‘lumotlarni birlashtirib, har bir xalqni tarixdagi o‗rnini belgilab, etnoslar taraqqiyoti darajasini qiyoslash imkonini berdi. Bu jahon tarixini birinchi marta universal davrlashtirish sistemasi edi. Evolyutsion yo‗nalish, inson taraqqiyoti va uning madaniyatini tartibli o‗rganish borasidagi dastlabki konsepsiya bo‗lib, u ijtimoiy taraqqiyotining doimiy yuksala borishi g‗oyasiga asoslangan edi. Evolyutsionizmning asosiy g‗oyalari quydagalarda: - insoniyatning kelib chiqishi yagonadir, shu sababdan uning vakillari aqliy imkoiyatlari deyarli bir xil, ma‘lum vaziyatlarda ular o‗xshash qarorga keladilar; bu hol inson vakillari madaniyatining, ular qayerda yashamasinlar birlikka egaligi va bir xilda taraqqiy etishi, turli madaniyatlar orasidagi aloqalar hal qiluvchi ahamiyatga ega emasligi; - insoniyat jamiyatlarda doimiy yuksalishi, ya‘ni oddiy (soddolik) dan murakkablikka o‗tish jarayoni mavjud; madaniyat ham jamiyatning bir bo‗lagi sifatida oddiylikdan murakkablik tomonga doimiy, sekinlik bilan bo‗ladigan o‗zgaishlar, son jihatidan o‗sish yoki kamayish orqali rivojlanadi; - Madaniyatning har bir ko‗rinishi (elementi) taraqqiyoti avvaldan belgilab qo‗yilgan, uning keyingi formalari avvalgilaridan rolida tug‗ilib, shakllanadi, bu borada madaniyat taraqqiyoti ko‗pbosqichli bo‗lib, ular dunyodagi barcha madaniyatlar uchun bir xildir; - Insoniyat madaniyatlarining universal qonunlariga binoan, turli xalqlar va ularning madaniyati bir xil bosqichda bir xil natijalar beradi; - Ijtimoiy taravviyot evolyusiya qonunlari bo‗yicha, jonli tabiatgamas, bir elemetni ikinchisi ustida yoki eskisining o‗rniga yangisini paydo bo‗lishi, natijada madaniyat elementlarining o‗zaro bog‗liqligi; - Turli xalqlar madaniyatidagi farqlar ularning taraqqiyoti bosqichlaridagi tafovutlar bilan bog‗liq ekanligi. Ushbu prinsiplarga asoslanib evolyutsionist etnologlar muhim mafkuraviy va amaliy; ya‘ni barcha xalqlar yagona taraqqiyot yo‗lidan 56 borsa va uning cho‗qqisi yevropa sivilizasiyasi hamda madaniyati bo‗lsa, demak barcha xalqlar oxir-oqibat yevropa madaniy qadriyatlariga kelishishi lozimligi haqida xulosalar qilganlar. Bu esa yevropaldiklarning mustamlakachilik siyosatlarini oqlashga, uni ―qoloq xalqlar‖ madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishini taqqoslashga yo‗naltirilgan edi. Tarixiy antropologiyaning keyingi taraqqiyoti, XIX asrning oxirida yangi ma‘lumotlarni to‗planishi, evolyutsion g‗oyaning zaif tomonlarini, hayotda mavjud faktlar bilan nomuvoffiq kelishini aniqlaydi. Xususan madaniyatda faqat son jihatidan o‗zgarishlar bo‗lishi mumkinligiga asoslangan evolyutsionistlar, uni yangidan tug‗ilishi (vujudga kelishi) mumkinligini izohlash tugul o‗ylab ham ko‗rishmagan. Evolyutsion g‗oya bo‗yicha madaniyatning barcha elementlari insoniyat tarixining muqaddimasidan boshlangan. Yangi etnografik tadqiqotlar davomida oligan ma‘lumotlar evolyutsion g‗oyaga mos kelmasdan izoh talab eta boshlaydi. Natijada madaniyatni vujudga kelishi, yuksalish va tadqiq etishning yangi yo‗llari usullari izlana boshladi. Xuddi shu sababdan ya‘ni ko‗pincha evolyutsion nzariyaga qarshi maktab yo‗nalishlar vujudga keldi. Evolyutsion g‗oyadan qoniqmagan ayrim etnolog va antropologlar esa nazariy muammolar bilan shug‗ullanishdan bosh tortib, faqat empirik ma‘lumotlar yig‗ishga o‗tdilar. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling