Tarixiy antropologiya
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
antrapologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Madaniy antropologiyaning
- madaniy antropologiya
4. Antropologiya va tarix
Etnotarix xususida qisqa so‗z yuritilganda tarix va antropologiya aloqalariga to‗xtalib o‗tilgan edi. Odamlar va jamiyatlarga ta‘sir ko‗rsatuvchi ikki tarixiy o‗zgarish omillari: kadrlar va shakldagi o‗zgarishga ham 12 to‗xtalib o‗tish joizdir. Odamlar ma‘lum bir jamiyatga tug‗ilish va ko‗chib o‗tish natijasida qo‗shiladilar va ulardan hayotdan ko‗z yumish yoki ko‗chib chiqish natijasida ayriladilar. Bu kabi o‗zgarishlar kadrlarda - shaxslarda kuzatilib, tizimda aytarlik ko‗zga tashlanarli o‗zgarish kuzatilmasligi mumkin. Tarixiy o‗zgarishning ikkinchi turida ijtimoiy tizim o‗z tuzilishi va shaklini o‗zgartirishi mumkin. Bu narsani to‗satdan, radikal amalga oshirilgan inqilob olib kelishi mumkin. Yoki bo‗lmasa bu o‗zgarish avlodlar osha amalga oshishi, shaxslarning yangiliklari natijasida shakldagi o‗zgarish sekin- asta amalga oshishi mumkin. 5. Madaniy va ijtimoiy antropologiya. Amerika va Britaniyada antropologiyaga nisbatan qarashlardagi farq ijtimoiy antropologiya va madaniy antropologiya yo‗nalishlarini yaratilishiga olib kelgan. Muammoga alohida to‗xtalib o‗tirmasdan ularni bitta medalni ikki tomoni bilan qiyoslash, har ikkisi bir borliqni turli xususiyatlarini o‗rganishini takidlashimiz joiz. Ijtimoiy antropologiya etnik guruhlarning o‗zaro munosabatlari va ijtimoiy jarayonlarini o‗rganadi. Uning predmeti inson hayotining ijtimoiy tizimlarini, insonning an‘anaviy va zamonaviy jamiyatlardagi hayotini tadqiq qilishdan iborat. Uning aniq obyekti sifatida ma‘lum hududda yashab o‗z siyosiy qurilmasi (tashkilotiga) umumiy madaniyati va tiliga ega bo‗lgan insonlar guruhi hisoblanadi. Madaniy antropologiyaning predmeti inson va madaniyati munosabatlarini tadqiq qilish bilan chegaralanadi. U inson madaniyatining kelib chiqishi (genezis), tuzilishi (morfologiyasi) va taraqqiyoti (xilma-xillik va yuksalishi) muammolarini aniq tarixiy sharoitdagi ijtimoiy tashkilotlarda tadqiq qiladi. Bu borada sotsium inson va madaniyatning mavjudligini (borligini) ta‘minlaydi. Shu bilan birgalikda xorijiy adabiyotlarda: antropologiya, madaniy antropologiya va ijtimoiy antropologiya bitta fanning turli nomlari degan tushuncha ham mavjud. Ammo har uchala yo‗nalishni diqqat bilan tahlil qilinsa, bunday qiyoslash nisbiy va talabga javob bermasligi ma‘lum 13 bo‗ladi. Amalda ―antropologiya‖ atamasi G‗arbda ham Rossiyada ham mavjud va deyarli bir xil ma‘noni angalatadi. Fizik antropologiyadan farqli ravishda madaniy antropologiya dastlabki paytdanoq insonning jismoniy belgilari emas, uning madaniyatini shakllanishini o‗rgana boshladi. Uning tarixiy antropologiya bilan aloqasi dala etnologik tadqiqotlar ma‘lumotlarni o‗z kansepsiyalarini tekshirish va tasdiqlash uchun ishlatishidir. Tarixiy antropologiya esa o‗z navbatida madaniy antropologiya ma‘lumotlarini o‗zining nazariy qarashlarini shakllantirishda qo‗llaydi. Tarixiy antropologiyaning Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling