Xitoy manbalaridan ayrimlari ham ilk feodalizm davriga oid ma`lumotlarni beradi. Masalan: 629 yili Xitoy sayyohlaridan biri Syuan' Tszan Issiq ko`l xavzasi, Chuv vodiysi, Chimkent, Jambul, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz shaharlari va Janubiy Tojikiston bo`ylab safar qilgan bo`lsa kerak shu erlarning geografik tasvirini yaxshi yoritgan. M. Issiq ko`lni tasvirlar ekan uzunligi, shakli, suvining xususiyati ko`l atrofidagi tog’lar, daryolar haqida ma`lumot bergan. VII-IX asrlardagi Tan dinastiyasi davrida tuzilgan xaritalar Xitoyliklar ilk o`rta asrlarda Osiyoning 69 issiq o`lkalardan sharqiy qismini durust bilganligini ko`rsatadi. (ayrim noto`g’ri tasvirlar ham bor).
Do'stlaringiz bilan baham: |