Tarixiy geografiya fanining maqsadi va vazifalari
Ilk feodalizm davrida geografik bilimlar
Download 122.29 Kb.
|
2 5190435009047038468
Ilk feodalizm davrida geografik bilimlar.
V asr oxiri - VI asr boshlariga oid geografik ma`lumotlarga qadimgi xorazm va sog’d yozuvlari kiradi. Bu yozuvlar turli xil xujjatlar (ahdnomalar, nikoh shartnomalari, oldi-sotdi xujjatlari tilxatlar) va So`g’d, Shosh, Turk va Farg’ona xukmdorlari o`rtasidagi yozishmalar hamda xo`jalik xujjatlaridir. Ular Mug’ qal`asidan, Afrosib, Qirg’iziston va sharqiy Turkistondan topilgan. Mug’ qal`asi dagi yozuvlar 1932 yili Tojikiston Respublikasi Zahmatobod tumani Xayrobod qishlog’idan topilgan. Xujjatlar jami 80 ta bo`lib 74 tasi Qadimgi so`g’d, 1 tasi arab, 3 tasi xitoy va 1 tasi turk tilidadir. Xujjatlar sovet olimlari tomonidan o`rganilib 1934 yili Leningradda "Sogdiyskiy sbornik" nomi balan birinchi marta e`lon qilingan. Shunday yozuvlardan yana biri Samarqandda Afrosyob xarobasida topilgan bo`lsa Xitoyning Dun'xuyan va Turfon viloyatlarida, Qozog’istoln va Qirg’iziston qoya tosh yozuvlari topilgan. Topilgan xujjatlarning barchasi, ayniqsa, xo`jalik xujjatlari tarixiy geografiya fani uchun beqiyosdir. Ilk feodalizm davriga oid tarixiy geografik ma`lumotlarga qadimgi turk manbalari ham kiradi. A) Enisiy bitiklari XVII asr oxiri, XVIII asr boshlarida yashagan rus xaritagraf olimi S.Ch.Remezov tomonidan topilgan. Ma`lumotlar 1884 yil "Sibiriskiy vestnik" jurnalida e`lon qilingan. B) Mo`g’iliston bitiklari 1. To`nyuquq bitigi Ulan-Batardan 66 km janubi-sharqda Bian Tsoktoda topilgan Ilterish xoqoning maslahatchisi sarkarda To`nyuquqqa baqishlanib 712-716 yillarda yozilgan 2. Qultegin bitigi Bilga xoqonning (716-734 iyl) ukasi Qultegin sharafiga bitilgan. Mo`g’ilistonning Koshо Tsaydan vodiysida Ko`kshun Urxun daryosi bo`yida rus axreolog va etnografi N.M. Yadrintsev tomonidan topilgan. Download 122.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling