Tarixiy-madaniy yodgorliklarini kreativ o'rganishga qaratilgan sinfdan tashqari mashG'ulotlar mazmuni


Download 20.57 Kb.
bet1/2
Sana28.07.2023
Hajmi20.57 Kb.
#1663230
  1   2
Bog'liq
Б.Бекниязовтезис


TARIXIY-MADANIY YODGORLIKLARINI KREATIV O'RGANIShGA QARATILGAN SINFDAN TAShQARI MAShG'ULOTLAR MAZMUNI (Qoraqalpog'iston misolida)
Bekniyazov Bayrambay Saparbaevich
Ajiniyoz nomidagi NDPI Pedagogika va psixologiya kafedrasi assistent o'qituvchi
Respublikamizda ta'lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish, kadrlar tayyorlash tizimi mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirishga e'tibor qaratilgan [1]. Kreativ fikrlaydigan yoshlar salohiyati va iqtidorini rivojlantirish, modifikatsiyalashgan ta'lim mazmuniga, yangi texnologiya va innovatsiyalarni kiritish lozimligi ta'kidlangan.
O'quv jarayonida milliy-madaniy meros idrok qilinibgina qolmay, intellektual-ijodiy nuqtai nazardan o'rganilishi zarur [2]. Сhunki intellektual-ijodiy kreativ idrok qilish va uni ijodiy faoliyat jarayoniga joriy etishni, zarur kommunikativ munosabatlarni amalga tatbiq qilishni sinfdan tashqari sharoitlarda to'liq amalga oshirish mumkin. Yuqori sinf o'quvchisi ijodiy mahsulot yaratar ekan, qadimiy me'moriy ob'ektning me'moriy-timsolli ifodaliligini his etishi; ishning aniq bir maqsadga qaratilgani; mazmunan rejalashtirilganini anglashi; materialni mantiqiy va izchil idrok etishi; ijodiy tasavvuri keng bo'lishi; yodgorlikning nafaqat tarixiy-madaniy, balki me'moriy-badiiy qimmatini bilishi, estetikasi, emotsional ta'sirini ochib berishi; o'zining dadil mulohazasi va fikrini bildirgan holda, asosiy mazmunni umumlashtira olishi; intellektual-ijodiy mahsulotga kreativ yondashishi, o'z-o'zini namoyon eta bilishi; foydalanilayotgan adabiyotlar ro'yxatini keltira olishi zarur. Ta'kidlash joizki, o'quvchida kreativlik qobiliyatini rivojlantirish uchun yuqori emotsional-ijobiy kayfiyat, ehtiyoj bo'lishi, buning uchun ta'lim jarayonida zarur didaktik shart-sharoitlar ta'minlanishi zarur.
Tarixiy-madaniy yodgorliklarni kreativ o'rganishga qaratilgan mashg'ulot jarayoni modeli muammoni hal etishning strukturaviy-mazmundor asosi sifatida O'zbekiston tarixiy-madaniy yodgorliklarini kreativ o'rganishga qaratilgan sinfdan tashqari mashg'ulotlar mazmuni negizini tashkil etadi. Mazkur jarayonda rang-barang va ko'p variantli ish turlari, tiplari, janrlari va uslublaridan foydalaniladi.
Qo'llaniladigan ish tematikasi ham o'ziga xos va qiziqarli bo'lib, muayyan mavzu yuzasidan mulohoza yuritish, fikrlashish, yozma va og'zaki muloqot (she'r yozish, nasriy matnlar tuzish va h.k.), uzoq o'tmish bilan“dialog”ga kirishish, ijodiy tasavvurga berilish, o'z davriga “qaytish” kabilarni qamrab oladi. Bunday ish tematikasini amalga oshirishda referat, ma'ruza, ma'rifiy materiallar tayyorlashdan foydalaniladi. Me'moriy yodgorlikni hissiy-emotsional idrok qilish, qadimiy me'morchilik san'atini badiiy-estetik algoritmlangan tahlilini amalga oshirish, bu haqda o'quvchilarning taassurotlarini tinglash o'quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqori sinf o'quvchilari o'z kreativlik qobiliyatini rivojlantirishda sinfdan tashqari mashg'ulotlarning muhimligi, mohiyati va rolini anglab oladilar.
I. O'quvchining mashg'ulotning ahamiyati va mohiyatini anglab olishiga qaratilgan motivatsion ishlar, uni bajariladigan ishga tayyorlash.
II. O'quvchilarni O'zbekiston tarixiy-madaniy yodgorliklarini intellektual-ijodiy, badiiy-tahliliy, kreativ o'rganishga yo'naltiradigan axborot-anglash, lug'aviy-tushunchaviy, aniq nazariy idrok qilish, madaniy ishlar.
III. Tarixiy-madaniy, badiiy-tahliliy ijodiy topshiriqlar va intellektual-ijodiy ishlarning bajarilish jarayonini tashkil qilish, boshqarish va nazorat qilish.
IV. O'quvchilarning o'z intellektual-ijodiy mahsulotini amaliyotga tatbiq qilishi; bu kommunikativ faoliyatni tashkil qilish, unga rahbarlik qilish, nazorat etish, baholash.
V. O'quvchilarni o'z kreativlik qobiliyatini mustaqil rivojlantirishga yo'naltirish.
Haqiqatan, Qoraqalpog'iston tarixiy-madaniy yodgorliklarini kreativ o'rganish bo'yicha mashg'ulotlar o'quvchiga nimalarni berishi mumkin? Mashg'ulotlar sababli o'quvchilar tarixiy-madaniy yodgorliklarni ulug' milliy qadriyat, milliy meros sifatida tushunadilar; uni YuNESKO tomonidan muhofaza qilinadigan jahon boyligi sifatida tasavvur qiladilar; buyuk qadimiy me'morchilik yodgorliklari to'g'risidagi tarixiy-madaniy bilimlarni egallaydilar; tarixiy-madaniy inshootlar estetikasi va badiiy-me'moriy xususiyatlarini bilib oladilar. Ularda idrok, ijodiy tasavvur, bilish, fikrlash, faraz qilish, o'rganish, tahlil qilish, umumlashtirishga oid ijodiy qobiliyatlar faollashadi. Tarixiy-madaniy me'morchilik yodgorliklariga nisbatan qiziqish paydo bo'ladi, ularni ijodiy o'rganishga, tasviriy ijodda aks ettirishga nisbatan ehtiyoj vujudga keladi. O'rtoqlari va yaqinlari bilan o'z bilimlarini o'rtoqlashish, o'z kreativlik qobiliyatlarini ko'rsatish istagi vujudga keladi. O'quvchilarga beriladigan topshiriq va ishlar ularni bilishga oid, pedagogik mo'ljalga qaratilgan, amaliy, tasviriy va ijodiy tarjimaga oid faoliyatga yo'naltiradi. Bunda muayyan-nazariy va lug'aviy tushunchalarga oid bilimlar, hattoki, ingliz tili lug'ati bilan ishlash, fanni bilish, misol uchun, “klaster”, “insayt”, “breynstorming”, evristik, algoritmik, “mini-tadqiqotchilik” singari va boshqa (murakkablikning turli darajalaridagi) metodlar va qobiliyatlardan foydalanish talab etiladi. O'quvchilarga, albatta, shaxs sifatida o'sish, kreativ, kreativlik intellektual-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga oid motivatsiya kerak. Сhunki o'quv-biluv faoliyati jarayonida o'quvchi kreativ o'z-o'zini namoyon qilishi (ijtimoiylashuv), o'z-o'zini faollashtirishi, o'z qobiliyatlarini rivojdantirishi zarur [3. 192].
Sinfdan tashqari mashg'ulotlar va mustaqil idrok qilish jarayonida o'quvchilarning intellektual-ijodiy mahsulot ustida ishlashi amalga oshirilib, o'qituvchi o'quv jarayonini boshqarar va nazorat qilar ekan, ayni vaqtda o'z o'quvchilarida kreativlikni, jumladan, kreativ-intellektual-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiradi.
Tarixiy-me'moriy majmualariga ekskursovodlik qilish uchun tayyorlanadigan matnlar, sayyohlardan olinadigan reportaj uchun savollar tayyorlash, Qoraqalpog'iston hududidagi me'moriy yodgorliklar to'g'risida maqolalar va esselar ijod qilish, axborot va ma'lumotlar yozish, shuningdek, Qoraqalpog'iston qadimiy shaharlarining siluetlari va manzaralari, ularning gerblari va ramzlari; qadimiy me'morchilik yodgorliklari hududi bo'yicha ekskursiya yo'nalishlarining jadvallari; me'moriy-badiiy komponentlar, detallardan lavhalar, rasmlar tayyorlash o'quvchilardan faol intellektual-ijodiy qobiliyatlarni talab qiladi [4. 111]. Masalan, Qoraqalpog'iston tarixiy-madaniy merosini o'rganishga qaratilgan mashg'ulotlar yakunida o'quvchilarga “breynstorming” metodi asosida nazorat tekshiruv savollari, test va anketa ishlari topshirilib, ularga me'moriy inshootlarni ta'riflash, ular haqida hikoya qilish taklif etiladi. Test va anketa ishlarini o'tkazishdan maqsad: o'quvchilarning tarixiy-madaniy yodgorlikni kreativ o'rganish to'g'risida qanday tasavvurga ega ekanligini aniqlashdan iborat. Test va anketa ishlarida “Tarixiy-madaniy yodgorliklarni kreativ o'rganish to'g'risida tasavvurga egamisiz?”(javoblar: ha; sust tasavvurga, hech qanday tasavurga ega emasman (ma'qulini tagiga chizing), “Siz qadimiy me'moriy yodgorlikni tahliliy o'rganganmisiz? (javoblar: ha; sust tasavvurga, hech qanday tasavurga ega emasman (ma'qulini tagiga chizing)”, “Qoraqalpog'iston tarixiy-madaniy yodgorliklarini o'rganish bo'yicha taqdim etilgan sabablardan birini ajratib ko'rsating (javoblar: Qoraqalpog'iston qadimiy me'morchilik yodgorliklari tarixini bilish, Qoraqalpog'iston qadimiy me'morchilik arxitektura san'atiga qiziqish, o'z kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish, Qoraqalpog'iston hududidagi tarixiy-madaniy yodgorliklarini kreativ jihatdan o'rganilishini o'zlashtirish istagi) kabi savol va ko'rsatilgan test variantlari berilib, o'quvchilarning javoblari tahlil etiladi [5. 177]. Har qanday mashg'ulot o'ziga xos pedagogik texnologiyaga ega bo'ladi. Masalan, Qoraqalpog'iston tarixiy-madaniy yodgorliklarini intellektual-ijodiy jihatdan o'rganish mavzusi bo'yicha qo'llaniladigan mashg'ulot texnologiyasi quyidagilarni qamrab oladi:
I. Motivatsion - ko'rsatmali va tashkiliy-pedagogik suhbat.
O'quvchilarni mavzu bilan tanishtirish. Turli variantdagi topshiriqlarni taklif etish.
II. Eng qadimgi davrlarning tarixiy-madaniy, me'moriy tahlili.
III.Qadimiy me'moriy yodgorlik, milliy meros va uning tarixi to'g'risida hikoya.
IV.O'quvchilarni tarixiy-madaniy yodgorlikning o'rganilishiga kreativ intellektual-ijodiy yondashuv; idrok qilish algoritmi badiiy-me'moriy tahlili, umumlashtirilishi, o'z fikri va munosabatini bayon qilish.
V. Me'morchilik yodgorligini kreativ anglash va intellektual-ijodiy o'rganish jarayoni.
VI. Yodgorlikning emotsional-hissiy idrok etilishi, me'moriy-badiiy tahlili va qadimiy me'morchilik san'atiga qadriyatli-estetik munosabatda bo'lishni o'zlashtirish (taklif qilingan algoritm bo'yicha).
VII. Bayon qilingan materialni o'zlashtirish.
VIII. Mavzu bo'yicha asosiy, muhim mazmunni mustahkamlash.
IX. Qoraqalpog'iston yodgorliklari to'g'risida o'ta qiziqarli mavzuni shakllantirish.
X. Belgilangan mavzu bo'yicha ijodiy topshiriq va intellektual-ijodiy ishlarni taklif qilish. O'quvchilarni maktabdagi ijtimoiy-kommunikativ tadbirlarda chiqish qilishga tayyorlash (maktab auditoriyasi talab qiladigan intellektual-ijodiy va ma'naviy-axloqiy darajada).
XI. Mashg'ulot mavzusi bo'yicha asosiy va qo'shimcha adabiyotlar ro'yxatini havola etish.
Albatta, sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'qituvchi yoki taklif etilgan reja asosida oldindan tayyorlanib kelgan iqtidorli o'quvchining ma'ruzasi muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, “Qoraqalpog'iston yodgorliklari - eng buyuk tarixiy-madaniy meros va jahon qadriyati” mavzusida tashkil etiladigan ma'ruza davomida o'quvchilar (keng formatli, rangli, me'moriy yodgorlikning turli rakurslarida boy illyustrativ materiallar bilan tanishadilar.

Download 20.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling