Mustaqil ish fan: iqtisodiy siyosat mavzu: amerika qo’shma shtatlarining iqtisodiy siyosati tayorladi: Ikkinchi oliy ta'lim 2-kurs, bia 97-2-guruh talabasi Jumabaev Murad Saparbaevich Tekshirdi


Download 399.88 Kb.
bet1/3
Sana25.04.2023
Hajmi399.88 Kb.
#1398134
  1   2   3
Bog'liq
AMERIKA QO’SHMA SHTATLARINING IQTISODIY SIYOSATI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

MUSTAQIL ISH
Fan: IQTISODIY SIYOSAT
Mavzu: AMERIKA QO’SHMA SHTATLARINING IQTISODIY SIYOSATI


Tayorladi: Ikkinchi oliy ta'lim 2-kurs, BIA 97-2-guruh talabasi Jumabaev Murad Saparbaevich


Tekshirdi: ___________________
Toshkent – 2023 yil
Mavzu: AMERIKA QO’SHMA SHTATLARINING IQTISODIY SIYOSATI

R E J A

KIRISH

ASOSIY QISM





  1. AQSHNING IQTISODIY RIVOJLANISH TARIXI.

  2. AQSHDA QISHLOQ XO’JALIGI, TABIIY RESURSLAR VA ENERGETIKA, SANOAT, XIZMATLAR SOHASI, TASHQI SAVDO MUNOSABATLARI, ILM-FAN VA TEXNOLOGIYA.

  3. AQSHNING JAHON BANKI BILAN HAMKORLIGI.

  4. AQSHNING O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN ALOQALARI.


KIRISH


Statistics Time xalqaro reyting kompaniyasi 2018 yil ikkinchi choragi hisobotiga ko‘ra AQSh nominal YaIM hajmi 20,412 trln. AQSh dollari, 2017 yil yakunlari bo‘yicha XVF ma‘lumotiga ko‘ra aholi jon boshiga tushadigan milliy daromad bo‘yicha esa 62,150 AQSh dollarini tashkil etib, hozirda dunyo iqtisodiyotining 1 orinida turadigan mamlakat. Ushbu reyting kompaniya tomonidan mamlakatning 2023 yilga borib YaIM hajmi 24,537 trln. AQSh dollari bashorat qilingan. AQSh 1995 yil 1 yanvarda Butunjahon Savdo Tashkilotiga a‘zo bo‘lgan. AQShning Millatlar Ittifoqiga qo'shilmaslik bu tashkilotning tarqalishiga sabab bo‘ldi. 1945 yil 24 oktyabrga mamlakat BMTning nizomiy a'zosi hisoblanadi. Qo'shma Shtatlar EHE, ECLAC, ESCAP va barcha mintaqaviy bo'lmagan ixtisoslashgan muassasalaga a‘zo. Birlashgan Millatlar Tashkilotini saqlash uchun zarur bo'lgan jami mablag'larning AQShdagi ulushi umumiy sonining qariyb 25% ni tashkil qiladi. Bu har qanday boshqa davlatdan ko'ra juda ko'pdir. Biroq, AQSh 1990-yillar mobaynida to'lovlarni to'xtatdi. AQSh 70 dan ziyod hukumatlararo tashkilotlar, shu jumladan Osiyo taraqqiyot banki, İqtisodiy, Xalqaro Valyuta Fondi va XTTB (Jahon Banki), turli sohalarda xalqaro kengashlar va komissiyalar ishtirok etmoqda. AQSh doimiy arbitraj sudida ham faol ishtirok etadi. Hemisferaviy agentliklarga Idoralararo Komitet, IADB va OASga az‘o. Amerika Qo'shma Shtatlari shimoliy Amerika qit‘asida joylashgan bo‘lib, dunyo bo‘yicha o‘zimning barqaror moliyaviy tizimi, Transmilliy kompaniyalari, YaIMning eng yuqoriligi, ta‘lim tizimi, astronavtika, energetika va ilmiy-tadqiqot markazlarining judayam taraqqiy etganligi bilan ahamiyat kasb etadi. AQShning rivojlanish modeli aralash iqtisodiyot hisoblanadi. U dunyodagi keng ko‘lamli taraqqiy etgan iqtisod bo'lib, jahon Transmmilliy kompaniyalarning 70 foizini nazorat qiladi. Inson taraqqiyoti indeksi, Doing Business ko‘rsatkichi, Global innovatsion indekslar bo‘yicha juda kyuqori o‘rinlarga ega bo‘lgan bu mamlakat dunyoning moliyaviy institutlari, xalqaro tashkilotlari, nodavlat tashkilotlari, jahon logistika tizimi, xalqaro kommunikatsiya, tibbiyot va ta‘lim sohalariga bevosita o‘zining ta‘sirini o‘tkazib keladi. Bu mamlakat haqiqatan jahon iqtisodiyotining yetakchi lokomativi husoblanadi. AQShda joylashgan Federal Reserv Tizimi (Federal Reserve System) mamlakatning xususiy tashkiloti bo‘lib, mamlakat va butun dunyo bo‘ylab xalqaro savdo aloqalarining hamda jahon valyuta-kredit munosabatlarini eng asosiy valyutasi hsioblanadigan AQSh dollarini tashkil etuvchi qog‘oz pullarni pechat qilish shuningdek, metal tangalarni zarb qiladigan muassasa hisoblanadi. Ushbu valyuta xalqaro tranzaktsiyalarda eng ko'p foydalaniladigan valyutadir. AQSh o'zining ilm-fan va texnologiyalari, harbiy kuchlari, xalqaro tashqi kapital migratsiyasiga judda katta e‘tibor qaratadi, AQSh hukumati tashqi qarzlarini to'lash uchun to'la ishonchli, dunyo miqyosida istalgan xalqaro institutlar faoliyatini qo'llab-quvvatlovchi dunyodagi eng katta valyuta zaxirasiga ega mamlakat hisoblanadi. Mamlakatda BMT, Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Fondi va boshqa o‘nlab xalqaro nufuzu juda yuqori bo‘lgan tashkilotlar joylashgan. Eng yaqin ittifoqchi mamlakatlardan Saudiya Arabiston, Birlashgan Qirollik, Kanada, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Isroil, Janubiy Koreya, Turkiya, Avstraliya va boshqa mamlakatlar kiradi.



  1. AQSHNING IQTISODIY RIVOJLANISH TARIXI

AQSh iqtisodiy rivojlanish tarixi 17 va 18 asrlarda aholining jamoa xo‘jaliklarga tayanib ish boshlashi bilan boshlandi. Amerika mustamlakalari kichik mustaqil qishloq xo'jaligi iqtisodiyotidan voz kechib, 1776 yilda Amerika Qo'shma Shtatlari deb nomlangan ko‘p tarmoqli bir butun mamlakat iqtisodiyotiga aylandi. 180 yil ichida AQSh jahon iqtisodiyotining beshdan bir qismini tashkil etuvchi ulkan, integratsiyalangan, sanoatlashgan iqtisodiyotga aylandi. Natijada, AQSh aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot shuningdek, iqtisodiy jihatdan ancha ilgarilab ketgan boshqa davlatlar bilan raqobatlashib ularni ortda qoldirdi(Buyuk Britaniya). Milliy iqtisodiyot butun dunyo bo'ylab millionlab muhojirlarni qiladigan yuqori ish haqini to‘lanadigan mamlakatga aylana boshladi. Ayniqsa, dengiz portlari orqali ilk migratsiya butun dunyo bo‘ylab arzon ish kuchi (Hindiston, Afrika mamlakatlari, Lotin Amerikasi va Janubi sharqiy Osiyo) tashrif buyura boshladi.


XX asrning boshida sanoatda nodernizatsiyalar va mavjud innovatsiyalarni takomillashtirish amerikalik iste'molchilar o'rtasida turmush darajasini yaxshilash uchun eshiklarni ochdi. Yirik kompaniyalar mamlakatdagi erkinlashtirilgan iqtisodiy siyosatdan samarali foydalangan holda shtatlar bo‘ylab o‘zlarining mehnat taqsimotlari bo‘yicha ixtisoslasha boshladilar.Ayniqsa, neftni qidirish, qazib olish, qayta ishlash, undan tayyor mahsulot olish, uni eksport qilish AQSh uchun eng katta tadbirkorlik manbasiga aylana boshladi. Shuningdek, elektr energiya manbalarini zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirib borish, oddiy uy xo‘jaligidagi lampochkadan juda katta kuchlanishli elektr energiyasiga erishish orqali sanoatni rivojlantirish modeli ham aynan ushbu mamlakat milliy evolyutsion tajribasi hisoblanadi, 1 mln.Volt (Edison va Nikola tesla, oddiy va o‘zgarubchan tok). Ushbu sohalardagi monopolistik siyosatlar mamlakatdagi boshqa tadbirkorlarni ancha sarosimaga solib qo‘yar edi. Chunki, ular ham endilikda ilmiy izlanishlar orqali tajribalar o‘tkazib sanoay uchun juda zarur bo‘lgan innovatsiyalarni patentlab amaliyitga joriy qilishga majbur bo‘la boshladilar. Milliy iqtisodiyotda qo'rquvni ko'tarilib, ishlab chiqarishning pasayishiga olib keldi. Biroq, raqobatga chiday olmagan kompaniyalarning aksariyati narxlarni pasaytirib aksariyati zarar ko‘ra boshladi. Sanoatning yanada liberallashtirilishi hamda diversifikatsiya qilinishi yangi ish o‘rinlarini yatailishi va dunyoning boshqa mintaqalaridan ilmiy-texnikaviy yangilik egalarini mamlakatga ko‘chib o‘tishi hamda hukumatning tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlovchi milliy qonunchiliklari hisobiga AQShni dunyoning eng ilg‘or kapital eksport qiluvchisi aylantirdi.
1910 yil noyabr oyining oxirida Senator Nelson Uilyam Aldrich va AQSh Xazina Departamenti kotibi A. Piatt Endryu hamda mamlakatning yetakchi moliyachilaridan besh nafari (Frank Vanderlip, Genri P. Davison, Benjamin Strong va Pol Warburg) Jekill orolining klublari pul-kredit siyosati va bank tizimini muhokama qilishdi. Ular ushbu uchrashuv davomida Federal Rezerv Tizimini xufiyona yaratdilar. Atlanta Federal Rezerv Bankiga ko'ra, 1910 yilgi Jekyll orolining uchrashuvi AQSh markaziy bankini tuzish uchun qonun loyihasi bilan yakunlandi. Ushbu qoralama qismlari (Aldrich rejasi) 1913 yilgi federal zaxira qonuniga kiritilgan. Bu esa AQSh tarixidagi eng katta o‘g;irlik deb muhirlangan. 1913 yilgi moliaviy inqirozdan so‘ng J.P. Morgan tomonidan bosti-bosti qilingan ushu ―qahramonlik mamlakat tarixida oltin davrni boshlab berdi.
Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlari davrida mamlakat asosan har ikki tomonga harbiy texnikalar uchun yonil‘g‘i, qurol aslaha, oziq ovqat, kiyim-kechak, transport vositalari, dori-darmon, aloqa vositalari, qimmatbaho ma‘lumotlar hamda juda katta miqdorda moliyaviy mablag‘lar hisobiga milliy iqtisodiyotini butunlay yangicha taraqqiy etgan mamlakatga aylantirdi (J.F.Kennedi, Richard Nikson).
Birinchi Jahon urushidan so‘ng AQSh jahon xaritasi bo‘ylab o‘zinig yanada yangi ittifoqdoshlari va mustamlakalarini ko‘paytirishni davom ettridi. (1912 yilda 1 GBP 12 USDga teng bo‘lgan). Ikkinchi Jahon urushi davrida sobiq Ittifoq bilan bir tomoda bo\lgan AQSh 1945 yilda Yaponiyaga tashlangan ikkita atom bombasidan keyin jahon hamjamiyatida mamlakat uchun yangi rivojlanish va kengayish davri boshlandi. 1950 yillarda Buyuk Britaniyani quvib o‘tgan AQSh endiikda Yevropa mamlakatlarida o‘z kapital va texnologiyalarin joylashtira boshladi. Sovuq urush yillarida ham mamlakat iqtisodiy jihatdan ulkan kengayuvchan bozorlarga ega bo‘la boshladi. Ikkinchi jahon urushidan boshlab petrodollar tizimi oriy qilindi va bir necha davlat uni rasmiy valyutasi sifatida ishlatmoqdi. Ko'pgina boshqa mamlakatlar bu de facto valyuta deb hisoblamoqda.
BMTning 29.5 foiz byudjetini ta‘minlab beruvchi (2017) bu gigant iqtisosdiyot endilikda o‘z ilm-fan taraqqiyotini rivojlantirishni yangi darajasiga chiqdi. Suv ostida, quruqlikda, havoda hatto kosmosda dominant bo‘lgan bu mamlakat strategik rejalashtirish, samarali muvofiqlashtirilgan hisob-kitoblar, ko‘p variantli modellashtirishlar va uzoqni ko‘ra bilish kabi murakkab xususiyatli taktikalr hisobiga muvoffaqiyatlarga erishmoqda. Hozirda AQSh dunyodagi sanoat ishlab chiqarishning qariyb 18 foizini tashkil qiladi.
AQSh iqtisodiyoti 2008 yilda dunyo moliyaviy bozorlarida ipoteka inqirozi va dollar qiymatining pasayishi boshlangan muammoga yuz tutdi (American Dream, NINA Loan, Freddy Mac, Fannie May). 2008 yilda AQSH prezidenti Barak Obama tashabbusi bilan ―Havoga Ehson loyihasi tadbiq etish bilan (Bailout Bubble) deb nomlanuvchi global inqirozga yechim berdi.



  1. AQSHDA QISHLOQ XO’JALIGI, TABIIY RESURSLAR VA ENERGETIKA, SANOAT, XIZMATLAR SOHASI, TASHQI SAVDO MUNOSABATLARI, TURIZM, ILM-FAN VA TEXNOLOGIYA.

AQSh YaIMtarkibida qishloq xo'jaligi sektori 2018 yilning birinchi choragida 151,70 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilda esa bu ko‘rsatkich 149,90 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan. 2005 yildan 2018 yilgacha o'rtacha ko‘rsatkich 138,27 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. 2016 yilning uchinchi choragida esa 171.40 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib 2007 yilning uchinchi choragida rekord darajada past ko‘rsatkich 108.80 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan.


AQSh hozirgi kunda dunyoning yetakchi energiya ishlab chiqaruvchilardan biridir. XX asrning boshlarida esa Xitoy dunyoning eng yirik energiya iste'molchisi bo'lgan. Xususan, ko'plab energiya manbalari - neft mahsulotlari asosida ishlaydi. Mamlakat tabiiy resurslardan oqilona foydalanishi uchun o'ziga xos milliy dastur hamda loyihalarga amala qiladi. Gidrotexnika resurslari Tinch okean va tog'li hududlarda katta ahamiyatga ega. Gidroenergetika, mamlakatning elektr ta'minotining o'ndan birini tashkil qiladi. Ko'mir yoqish natijasida esa zavodlar mamlakat energetikasining to'rtdan bir qismini ta'minlaydi. Atom generatorlari esa umumiy energiya resurslarning o'ndan bir qismini o'z ichiga oladi va qayta tiklanadigan energiya manbalari 13 foizini tashkil qiladi. Amerika Qo'shma Shtatlari dunyoning eng yaxshi qayta ishlanadigan katta miqdorda tabiiy zaxiraga ega bo‘lgan neft qazib oluvchisidan biri hisoblanadi. Mamlakat 1990-yillardan boshlab slanetsiz gazni gorizontal burg'ilash va gidravlik boyitish orqali yuqori samaradorlikka erishib kelmoqda (Ohangda, Pensilvaniya va G'arbiy Virjiniya). AQSh jahondagi yetakchi ko'mir eksport qiluvchilardan biri hisoblanadi. Ko'mir konlari asosan Appalachian tog'larida va Vayomingda joylashgan. G'arbiy Virjiniya va Kentukkida bitumli ko'mirning deyarli yarmi ishlab chiqariladi. Pensilvaniya esa mamlakatning yagona antrasitini qazib oladi. Illinoys, Indiana va Ogayo shtatlari ko'mir qazib oladigan eng asosiy hududlaridan hisoblanadi. Temir rudasi asosan Minnesota va Michigan shtatlarida qazib olinadi. Qo'shma Shtatlarda mis, magniy, qo'rg'oshin va ruxning muhim zahiralari mavjud. Mis qazib olish Arizona, Yuta, Montana, Nevada va Nyu-Meksikadagi tog'li shtatlardan olinadi. Ruxning asosiy zahitalari Tennessee, Missuri, Idahoda qazib olinadi. Qurg'oqlarni qazib olish bo‘yicha Missuri shtati yetakchilik qiladi. AQShda qazib olanadigan boshqa metallar oltin, kumush, molibden, marganets, volfram, boksit, uran, vanadiy va nikel hiosblanadi. Neft (Meksika qo‘ltig‘i sohilidagi Galf, Kaliforniya, Alyaska), tabiiy gaz va oltingugurt (Galf), ko‘mir (Appalachi va Markaziy havzalar), temir ruda (Yuqori ko‘l atrofi), fosforit (Florida), uran, rangli metallar, kaliy tuzlari qazib olinadi. Qora metallurgiyaning asosiy markazlari - Chikago, Pittsburg, Detroyt, Klivlend, Buffalo, Baltimor, Filadelfiya hududlari hisoblanadi. Fosfatlar, kaliy, oltingugurt, tosh va gillardan iborat muhim metall bo'lmagan minerallar mamlakat sanoating yetakchiaektorlarini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadi, ayniqsa aerokosmonavtika (NASA) loyihalari hisoblanadi. Elektr energiyaning 74% issiqlik elektr stansiyalarida, 12,1 % GESlarda, 14,1% AESlarda hosil qilinadi. Qo'shma Shtatlarda sanoat ishlab chiqarish yanvar oyida 3,5 foizga pasayishdan so'ng, 2018 yil fevral oyida 4,4 foizga oshish kuzatildi. 2011 yilning mart oyidan boshlab sanoat ishlab chiqarishida eng yuqori o'sish sur'ati ishlab chiqarish hajmi 2,5 foizga, sanoatda qazib olish esa 9,7 foizga, kommunal sohalarda esa 10,5 foizga o'sish qayd etildi. Qo'shma Shtatlarda sanoat ishlab chiqarish 1920 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda o'rtacha 3,74 foizni tashkil etdi. 1933 yil iyul oyida 62 foizdan yuqori bo'lgan bo‘lsa 1946 yil fevral oyiga kelib -33,70 foizni natijani tashkil etdi.
AQSh dollari bu xalqaro bank operatsiyalarida eng ko'p foydalaniladigan valyutadir. Ko'pgina davlatlar uni rasmiy valyuta sifatida. Federal hukumat (Federal Reserve System) past inflyatsiya, yuqori iqtisodiy o'sish va kam ishsizlikni saqlab qolish uchun ham pul siyosatini va fiskal siyosatni qo'llashga harakat qiladi. Federal zahira sifatida ma'lum bo'lgan markaziy bank bo‘lib, 1913 yilda barqaror valyuta va pul-kredit siyosatini ta'minlash uchun maxfiy tarzda (Jekyll orolida) tashkil etilgan. AQSh dollari, dunyodagi yanada barqaror valyuta sifatida qabul qilingan va ko'plab mamlakatlar milliy iqtisosdiyotining zahira valyutasi sifatida faydalanib kelinmoqda. Nyu-York fond birjasi ro'yxatga olingan kompaniyalar qimmatbaho qiymatlari bilan o'lchangan, dunyodagi boshqa fond birjasidan uch barobarga katta. 2018 yil oktyabr oyi holatiga ko'ra birga kapitalizatsiyasi, barcha NYFB (NYSE) kompaniyalarning umumiy kapitallashuvi 10,1 trln. AQSh dollarini tashkil etdi. AQShning ikkinchi yirik fond birjasi hisoblanadigan NASDAQ, Nyu-York fond birjasi bilan birgalikda dunyodagi eng katta uchinchi birja Yaponiyaning Tokio fond birjasi yaratdi. Banklar korporativ moliyalashtirish uchun foydalaniladigan mablag'larning yarmidan kamini taklif qilsada, bank kreditlari biznesni jalb qilish uchun mamlakatning eng katta kapital manbasi hisoblanadi. 1970-1980 yillarda davlat milliy qonunchiligida liberallashtiruvchi tendentsiya bank muassasalari va bank xolding kompaniyalari ichki hamda davlatlararo kengayishini qo'llabquvvatladi. Mamlakatning yirik banklari orasidagi birlashmalar muvaffaqiyatli yirik mintaqaviy va milliy bank-moliya xizmatlari korporatsiyalarini shakllantirishga olib keldi. Xususiy, ham tijorat mijozlariga xizmat ko'rsatishda ushbu institutlar depozitlarni qabul qila boshladi, hisoblarni tekshiradi, qimmatli qog'ozlarni joriy qiladi, kreditlar ajratadi, ipoteka taklif qiladi, investitsiyalarni boshqaradi va homiylik kredit kartalarini beradi. Moliyaviy xizmatlar ham sug'urta kompaniyalari va xavfsizlik brokerlari tomonidan taqdim etiladi. Federal hukumat uy-joy (uy ipotekalari), fermerlik (qishloq xo'jalik kreditlari) va oliy ma'lumot (talabalar krediti) sohasidagi kredit agentliklarini homiylik qiladi. Nyu-York fond birjasi - Nyu-York fond birjasi (NYSE), NYSE Amex Equities va NASDAQ - uchta birlashgan fond birjalariga ega. Tovar, fyuchers va variantlar bo'yicha mamlakatning yetakchi bozorlari Chikago savdo kengashi (CBOT) hisoblanadi. Chikago savdo birjasi (CME) va Chicago Board Options Exchange (CBOE) hisoblanadi. Chikago iqlim o'zgarishi bo'yicha birjasi (CCX) issiqxona gazlari chiqindilari (uglerod kreditlari) bo'yicha muddatli shartnomalarga ixtisoslashgan. AQShning bir qator shaharlarida kichik ayirbohlash shaxobchalari mavjud. AQShda xususiy tadbirkorlar va nufuzli biznes kompaniyalar sanoat mahsulotlarining aksariyat qismini ishlab chiqaradi. Federal va davlat hukumatlari asosan xususiy bozorda kerakli tovar hamda xizmatlarni xarid qiladi. AQSh biznes shirkatlari kapital ishlab chiqarishni kengaytirish, xavfli sanoat ishlarini avtomatlashtirish hamda robotlashtirish, masofadan boshqarish hisobiga texnologiyalarni takomillashtirish orqali yangi mahsulotlarni ishlab chiqish uchun G'arbiy Yevropa va Yaponiyadagi o'z hamkorlariga qaraganda ko'proq moslashuvchan hamda ixtisoslikka ega ekanligi, xalqaro, jahon bozorlarida alohida o‘ringa mos baholangan. Shu bilan birga, xorijiy kompaniyalar AQSh milliy bozorlariga kirishiga qaramay raqobatchilarning juda yuqori to'siqlariga duch kelishmoqda. AQShning nufuzli banklari - JP Morgan, Chase & Co., Bank of America, Wells Fargo, Citigroup, Goldman Sachs, Morgan Stanley.
Xalqaro savdo munosabatlari milliy iqtisodiyot uchun juda muhim bo‘lib, import va eksport umumiy qiymati yalpi milliy mahsulotning qariyb uchdan biriga teng. Kanada, Meksika, Yaponiya, Xitoy va Buyuk Britaniya asosiy savdo sheriklari hisoblanadi. Elektr va ofis texnikasi, kimyo mahsulotlari, avtoulovlar, samolyotlar va aviatsiya buyumlari, shuningdek, ilmiy asbob-uskunalarni yetkazib berish bo'yicha yetakchi o'rin tutadi. Asosiy import tarkibiga ishlab chiqarilgan tovarlar, neft va yoqilg'i mahsulotlari, texnika-texnologiyalar, mashina va transport vositalari kiradi. Alyuminiy sanoat va energetika asbob-uskunalari, qurilish va qishloq xo‘jaligi mashinalari ishlab chiqarish asosan, shimoliy-sharqiy shtatlarda, elektrotexnika va aloqa vositalari ishlab chiqarish shimoliy Kaliforniyada yo‘lga qo‘yilgan. Avtomobilsozlikning bosh markazi Detroyt shahri hisoblanib, Los-Anjeles, San-Diyego, Boston, Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Buffalo, Dallas, Atlanta shaharlarida savdo markazlari juda keng ommalashgan. 2018 yil yanvar oyida AQSh eksporti 1,3 foizga kamayib, 200,9 milliard AQSh dollarni tashkil etdi. Chunki fuqarolik samolyotlari va neftni yetkazib berishga bo‘lgan talabning pasayishi kuzatildi. 2014 yilning iyul oyidan boshlab avtoulovlar, ehtiyot qismlar va texnik motorlar eksporti eng yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lib, iste'mol tovarlari eksporti esa rekord darajaga yetdi. AQShda eksport 1950 yildan 2018 yil oralig‘ida 'rtacha 53,245.38 mlrd. AQSh dollari bo'lib, 2017 yil dekabr oyida 1.45 trln.AQSh dollarini tashkil etgan. 1950 yil mart oyida esa 772 mln.AQSh dollarini tashkil etgan past rekord darajaga qayd etilgan. 2018 yilning yanvarida AQShda import 257,51 mlrd.AQSh dollarini tashkil etdi. 2017-yil dekabr oyida 2,25 trln.AQSh dollari miqdoridagi eng yuqori ko'rsatkich qayd etildi. Mobil telefonlar va fuqaro samolyotlarining importi kamaydi. AQShda import 1950 yildan 2018 yilgacha o'rtacha 67,377 mlrd. AQSh dollari bo'lib, 2018 yil yanvar oyida 257,510 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan. 1950 yil mart oyida esa 577 mln.AQSh dollari qiymatida past rekord darajadagi ko‘rsatkich qayd etilgan. Qo'shma Shtatlarda yalpi ichki mahsulot (YaIM) 2017 yilning to'rtinchi choragida o'tgan yilning ayni ushbu choragiga nisbatan 2,50 foizga o'sdi. Qo'shma Shtatlarda yalpi ichki mahsulotning yillik o'sish sur'ati 1948 yildan 2017 yilgacha bo'lgan davrda o'rtacha 3,19 foizni tashkil etdi. 1950 yilning to'rtinchi choragida 13,40 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2009 yilning ikkinchi choragida bu ko‘rsatkich rekord darajadagi past ko‘rsatkich -4,10 foizni tashkil etdi.
AQShda sayyohlik yil sayin millionlab xalqaro va mahalliy sayyohlarga xizmat qiladigan yirik sanoat hisoblanadi. Sayyohlar AQShga tabiiy mo'jizalar, shaharlar, tarixiy joylar va ko'ngilochar joylarni ko'rish uchun tashrif buyurishadi. Amerikaliklar shu kabi diqqatga sazovor joylarni, shuningdek, dam olish joylarini izlaydilar. AQSh turizmi 15 asrda Xristofor Kolumb tomonidan ilk marta kashf qilingan. Keyinchalik ispan, portugal va inglizlarning ushbu mintaqaga tashrif buyurishlari yangidan yangi tadbirkorlik g‘oyalari hamda texnologiyalarni kashf etgan holda mamlakatni birga qurishdi. Demgiz yo‘llarining juda yaxshi tashkil etilishi hududga katta miqdorda sayyohlarni jalb qila boshladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida shaxar turizmida tez sur'atlar bilan o'sdi. 1850 yillarga kelib, Qo'shma Shtatlarda sayyohlik madaniy faoliyat va sanoat sifatida yaxshi tashkil etildi. 1890-yillarda esa Nyu-York, Chikagodagi, Boston, Filadelfiya, Vashington D.C. va San-Fransisko shaharlari va AQShning barcha yirik shaharlarida sayyohlar turli xil maqsadlarda kela boshladilar. 1915 yilga kelib, mamlakatga uyushtirilgan safarlar muhim o'zgarishlarni kashf qila boshladi. Sayyohlikni liberallashtirish va demokratlashtirish XX asrning boshlarida avtoulovda sayohat qilish inqilobga yuz tutdi. 1945-1969 yillar mobaynida Qo'shma Shtatlarda turizmga katta hissa qo'shgan holda, havo safarlari inqirozga aylandi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng mamlakatda yangicha tarzda turizm tiizmi ishga tushdi. Yangi tur operatorlari, yo‘nalishlar, o‘rmonlar, tog‘lar, muzeylar, park, kino sanoati (Hollywood), multfilm sanoati (Walt Disney), milliy bog‘lar, hayvonot va qushalar dunyosi, sirk hamda yuqori darajadagi mehmonxonalar qurish orqali butun dunyo ahlini o‘ziga jalb qildi. Ayniqsa kasino va otchoparlar milliy madaniy me‘rosga aylandi. Sport sohasidagi yutuqlar hamdaa ta‘limni yanada yangi cho‘qqilarga olib chiqish mamlakatda xorijlik sayyohlarni yanada ko‘payishini ta‘minladi. Tibbiyot tizimi hamda muhandislik sohalaridagi ulkan yutuqlar esa AQShning dunyo yetakchisi ekanin yana bir bor isbotladi. 2013 yil fevral oyida Qo'shma Shtatlarda sayohat qilgan xalqaro sayyohlar safari va sayyohlik bilan bog'liq mahsulot hamda xizmatlarni sotib olish 10,9 mlrd.AQSh dollarini tashkil etdi. AQShda turizm 2004 yilda 7,3 mln.AQSh dollari miqdorida daromad keltirgan bo‘lsa, 2005 yilda esa 1,19 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan. 2007 yildan boshlab Amerika Qo'shma Shtatlari hukumati tomonidan e'tirof etilgan 2462 ta milliy tarixiy yodgorliklar to‘laligicha yangi ta‘mirdan chiqarildi (NHL). 2016 yildan boshlab, Orlando Qo'shma Shtatlarda eng ko'p tashrif buyuradigan joyga aylandi. AQSh turizmi 2011 yil 11 sentyabr voqealaridan so‘ng bir muncha pasaydi. Parvozlar qayta boshlanganidan keyin birinchi haftada yo'lovchilar soni 45 foizga kamaydi, 11 sentyabrgacha bu ko‘rsatkich 11 million kishini tashkil etgan edi. Dunyo va sayyohlik agentliklari butun dunyo bo'ylab uchish reyslarini bekor qilgan. Mehmonxona sanoati hujumlardan keyingi to'rt kun davomida taxminan 700 million dollar miqdorida daromad ko'rdi. Federal rezerv moliyaviy tizimni ushlab turgani sababli keyingi oylarda vaziyat tiklandi. AQSh Kongressi mamlakatning aviakompaniyalariga 5 milliard dollarlik grant va ularga qarash uchun 10 milliard AQSh dollarida kredit kafolati berdi. AQSh iqtisodiyoti 2007 yilda asosan, ko'chmas mulk inqirozi, neft narxlarining pasayishi va moliyaviy muammolar tufayli sezilarli darajada sekinlashdi. Ko'pchilik iqtisodchilarning fikricha, iqtisodiyot 2007 yil oxirida yoki 2008 yil boshida turistik marketing bo'yicha milliy loyihalarni yanada takomillashtirish lozimigini taklif qilishgan. Masalan, 2015 yilga kelib Florida shahriga 100 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi, bu esa mamlakat uchun yanagi darajaga ko‘tarilgan turizm sanoatidagi rekord daraja bo‘ldi. "Amerika birinchi" kompaniyasining shiori bo'lgan va sayohat taqiqlarini amalga oshirishga bag'ishlangan "Donald Trump" saylovidan keyin izolyatsion nuqtai nazarga ega bo'lgan AQSh 2017 yil davomida xalqaro sayyohlar safarlarida 3,3 foizga pasayib ketdi. AQSh Sayohat Assotsiatsiyasi 4,6 milliard dollar va 40 ming ish o'rni tashkil etadigan yirik korporatsiya hisoblanadi. Mamlakatdagi siyosiy o‘zgarishlar hatto bu kabi sayyohlik gigantlariga o‘z ta‘srini o‘tkazmay qolmadi.
AQShda 1998 yillarda tadqiqot va rivojlantirish uchun taxminan 227 milliard AQSh dollar sarflangan. 1980 yildan beri sanoatning tadqiqot va rivojlantirish uchun moliyalashtirish ulushi federal hukumat tomonidan taqdim etilgan ulushdan oshib ketdi; 1995 yilda sanoat ulushi 46% ni va federal hukumatning 54% ni tashkil etdi; 1998 yilda 66% sanoatdan, 30% federal hukumatdan, qolgan qismi esa akademik institutlardan kelgan. 1998 yilda NASAning byudjeti 9,9 milliard AQSh dollarni tashkil qildi. 1960 yilda NASA faqatgina 1,1 milliard AQSh dollar sarfladi. 2003 yil fevral oyida Kolumbiya kosmik kemasi halokatga uchraganidan so'ng, NASA avtohalokat sababini aniqlab bo'lgach, ishga tushirishni to'xtatdi. 1987-1997 yillar mobaynida tadqiqot va rivojlanish jarayonida million kishiga taxminan 3,676 olim va muhandis qatnashdi. 1998 yilda tadqiqot va rivojlantirish bo'yicha milliy xarajatlar YaIMning 2,67% ni tashkil etdi. Milliy Ilmiy Jamg'arma (1950 yilda tashkil etilgan) ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirgan bosh davlat muassasalaridan biridir. Amerikaning Ilm-fanni rivojlantirish assotsiatsiyasi (1848-yilda tashkil etilgan) ilm-fan va texnika tushunchalarini tushunishga yordam beradi. Milliy fanlar akademiyasi (1863 yilda tashkil etilgan) va Milliy muhandislik akademiyasi (1964 yilda tashkil etilgan) ikkalasi ham Vashingtonda joylashgan bo'lib, 1996 yilda AQShda 95000 dan ortiq talaba fan va texnika sohasida magistr darajasini oldi.




  1. Download 399.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling