Tarixiy manba tushunchasi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana11.01.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1087897
1   2
Bog'liq
tarixiy-manba-tushunchasi

Usmonova Dilzoda To`ra qizi - Shofirkon tumani 38- IDUM tarix fani o`qituvchisi, 
Buxoro, O`zbekiston. 
2
Hazrat Dilora Boboqul qizi - Shofirkon tumani 38- IDUM tarix fani o`qituvchisi, 
Buxoro, O`zbekiston.


Ученый XXI века • 2022 • № 5-2 (86) 
80 
ifodalangan manbani, borliq shaklidagi manbani qabul qilishda, bu dalilning u yoki bu 
darajada saqlangan obrazini qabul qilmaydi. Mavjud dalilni moddiy shaklda aks 
ettiradigan belgilar asosida tarixchi mavjud dalilni ilmiy tadqiq qilish uchun o`zida 
obraz yaratilishi lozim. 
Manbalarni ikki guruhga: tasvirlovchi va belgilovchi dalillarga bo`lish mumkin. 
Manbalarni shunday asosda, ya’ni ularni empirik buyum yodgorliklari, so`z va yozma 
yodgorliklarga bo`lish mumkin. Ular tashqi ko`rinishi bilan bir-biridan farq qiladi. 
Dalilni ifodalaydigan manbalar buyum yodgorliklarining manbalari bilan, belgilaydigan 
dalil so`z va yozma yodgorliklar bilan mos keladi.
Manbalarni mazmuni bo`yicha ham bo`lish mumkin: 1. Daliliy mazmundagi 
manbalar. 2. Normativ mazmundagi manbalar. 
Tarixiy manbalar nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Nazariy jihatdan ular tarixiy 
voqelikni bilish uchun, amalda esa unda harakat qilish, insoniyat madaniy hayot ida 
ishtirok etish muhim va zarurdir. Tarixiy manbalar anchadan beri mavjud bo`lmagan 
dalillar to`g`risidagi mulohazalarda muhim ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, tarixiy 
manbalar asosida buyuk Temur to`g`risida yoki yanada qadimgiroq xorazm, so`g`d va 
baqtriya yozuvlari to`g`risida so`zlash mumkin. Tarixiy manbalar bo`lmasa, insoniyat 
o`tmish tarixini qayta tiklab bo`lmaydi. Chunki insoniyatning o`tmish taraqqiyoti 
o`zining yaxlitligida hozirgi kunda mavjud emas. U hozirgi kungacha yetib kelgan ayrim 
izlar, qoldiqlar bo`yicha ma’lum. O`tmish izlari, qoldiqlarini tarixiy manbalarda bevosita 
tarixiy tadqiqot qilish mumkin. Tarixiy dalil tarixiy manbaning bag`rida yotadi. 
Manbadagi dalilsiz insoniyat tarixini qayta tiklash mumkin emas. Dalil mavqeini olish 
uchun u tasdiqlanishi lozim. Tarixiy manba shaklan barqaror bo`lishi natijasida, u uzoq 
muddat o`rganilishi mumkin. Tadqiqotchi unga bir necha bor qaytishi mumkin. 
Manba inson tafakkurining boy xilma-xil xazinasini o`zida saqlaydi. Bu 
xazinaning tadqiqi bizning tariximiz, madaniyatimizning eng asosiy belgilari 
(qadriyatlari)ni qayta tiklashga va madaniyatimizning kelajak rivoji uchun vorisiylikni 
ta`minlashga imkon yaratadi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
1. Sagdullayev A.S. O’zbekiston tarixi. Toshkent 1998 yil
2. Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. УЧЕБНЫЕ МЕТОДЫ ОРГАНИЗАЦИИ СПОРТИВНО-
ОЗДОРОВИТЕЛЬНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ// 
Вестник науки и образования, 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38. 
© D.T. Usmonova, D.B. Hazrat, 2022. 
 
 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling