Tarixiy mazmunning shakllanishida umumiy yondashuvlar. Tarix darsligi bilim manbai va ta’lim vositasi sifatida. Tarix darsligining asosiy tarkibiy qismlari


Download 29.64 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi29.64 Kb.
#1572980
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4 mavzu


Tarix darsliklari vaularga qo’yiladigan zamonaviy talablar
Reja:

  1. Tarixiy mazmunning shakllanishida umumiy yondashuvlar.

  2. Tarix darsligi bilim manbai va ta’lim vositasi sifatida.

  3. Tarix darsligining asosiy tarkibiy qismlari.

  4. O’quvchilarning darslik matni va illyustratsiyalar bilan ishlash usullari.



1. Tarixiy mazmunning shakllanishida umumiy yondashuvlar. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuniga ko’ra, boshqa fanlar kabi tarix fani bo’yicha ta’lim standartlari belgilangan. Standart normativ hujjat bo’lib, majburiy tartibda ta’lim dasturlarini minimumini belgilaydigan va o’quvchilarni tayyorlash darajasiga talablarni belgilaydigan normativ hujjatdir. Ta’lim standarti o’quvchilarni tarix ta’limini olish uchun keng imkoniyatlarni ta’minlashga yanada yuqori natijani rag’batlantirishga va shu asosda yakka tartibda o’qitishga qaratilgan. Hozirgi vaqtga kelib, o’rta maktab ta’limining barcha fanlar bo’yicha majburiy minimumlari tasdiqlangan. Predmetning mazmunini asosiy o’quv rejasi, ta’limning majburiy minimumlari va namunaviy o’quv dasturlari shakllantiradi. Tarix fanining maktab kursi uchta vazifani bajarishga qaratilgan: bilimlarning yaxlit tizimini berish, ularning chuqurligi va mustahkamligini ta’minlash; tarixni ilmiy tushunishning shakllanishi va milliy tarix, xorijiy mamlakatlar va xalqlar tarixiga hurmat munosabatiga bo’lishni taminlash; o’quvchilarda tarixiy ong, tarixiy xotira, tarixiy tafakkurni rivojlantirish va o’quvchilarning bilimlarini mustaqil o’zlashtirish va qo’llashga o’rgatishdir. O’quvchilarning tarixiy mushohadasi ularning umumiy tafakkurini rivojlanishi bilan birlikda qaraladi. Shu bilan birga tarix ta’limi har bir odamga etnomilliy, umummilliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’zlashtirishga yordam berishi lozim. Bu o’quvchini shaxs, fuqaro, inson sifatida shakllanishiga asos bo’ladi.
Maktab tarix ta’limining mazmunini tuzishda siyosiy, madaniy, etnomilliy qadriyatlarning muvozanati va umummilliy (davlat) qadriyatlar doninanti bilan birga boshqa qadriyatlarning muvozanatini ham ta’minlash lozim. Maktab tarix ta’limining zamonaviy konsepsiyasi tarixni tizimli o’rganishni saqlab qoladi. Tarix qandaydir antropologik yoki jamiyatshunoslik kurslari to’plami bilan almashtirilishi mumkin emas. Tarix o’quv fani o’rta maktabda gumanitar fanlarning asosini tashkil qiladi. Tarix fani boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi uchun metodologik shart-sharoit yaratadi. Tarix fanining ma’lumotlari, tushunchalari, atamalari, tamoyillari boshqa fanlarda keng qo’llaniladi. Ayniqsa, falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, sotsiologiya, siyosatshunoslik va boshqa fanlar bilan tarix aloqada bo’ladi.
Hozirgi kunda tarix fani nazariya va konsepsiyalari xilma-xil va ko’pchilik hukmiga havola qilinmoqda. O’qituvchi tarix faniga tegishli barcha nazariya va konsepsiyalarni izchil o’rganishi zarur. Tarix o’qituvchisi tarixiy nazariya va konsepsiyalardan har bir mavzuda qo’llashi mumkin va shart. Shu bilan birga mavzu bilan mos bo’lishi uchun uni darsga tayyorlanish jarayonida tahlil qilishi va o’tilayotgan mavzuga oqilona foydalanishi zarur. Shu bilan birga tarixiy ma’lumot, dalillar bilan nazariyaning o’rtasidagi muvozanat uyg’un saqlanib qolishiga e’tibor beriladi.
Hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri maktabda tarix ta’limini zamonga mos, hozirgi taraqqiyot talablariga javob beradigan konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirishdir. Maktab tarix ta’limi o’tmishning boy tajribasiga ega. To’plangan tajriba hozirgi murakkab davrda tarix o’qitishda muhim o’rin tutadi. Tarix ta’limi mazmuni mukammal bo’lishi uchun qator omillarni hisobga olish zarur. Maktab tarix ta’limi mazmuni mukammal bo’lishi uchun qator omillarni hisobga olish zarur. Maktab tarix ta’limining asosiy mazmunli chizig’i o’zida tarixiy vaqt, tarixiy kenglik, tarixiy harakatni oladi. Tarixiy vaqt nafaqat voqea va jarayonlar (yil, asr, ming yillik, davr)ni davrlashtirishgina emas, balki tarixda siklik, tarixiy harakatning sinxronligi va sinxronlikdir. Tarixiy kenglik lokal-tarixiy sivilizatsiyalar xaritasini tashkil etadi. Inson va jamiyat taraqqiyotining geografik xaritalarining o’zgarishini tashkil etadi. Tarixiy harakat insonni turli tarixiy davrlarda (ehtiyojlar, manfaatlar, harakatlar, motivlar, dunyoni, qadriyatlarni qabul qilish, odamning hayoti va turmushi shart-sharoitlari); odam mehnat faoliyatining evolyutsiyasi, turli davrlarda insoniyat jamiyatlari tarixi; davlatlarning tashkil topishi va rivojlanishi jarayonlari, ularning tarixiy shakllari, mamlakatlar va dunyo xalqlarining siyosiy tarixining asosiy lahzalari; odamning atrof-muhitni bilish tarixi; mafkuraviy (diniy va dunyoviy ta’limotlar taraqqiyoti), ijtimoiy tafakkur, ilmiy g’oyalar rivojlanishi; dunyo xalqlari madaniyati tarixi, xalqlar, jamiyatlar va sivilizatsiyalar o’rtasidagi munosabatlar (qo’shnichilik, muloqot, vorisiylik, istelochilik va boshqalar.
Yuqorida ko’rsatilgan chiziqlarga mos ravishda predmetning to’la sikli mazmuni bo’lgan tarixni eng qadimgi davrdan shu kunlargacha bayon qilish shakllantiriladi. Tarixni tasavvur qilishning turli darajalari mavjud-umumjahon tarixi, davlatlar va xalqlar tarixi, O’zbekiston tarixi va hudud tarixi. Tarix fanining o’rta maktab kursi bir necha o’n yillik amaliy tajriba natijasida shakllantirilgan.

Download 29.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling