Tarixiy o`lkashunoslikda yozma va arxiv manbalarining ahamiyati
Download 145 Kb.
|
TARIXIY O\'LKASHUNOSLIKNI O\'RGANISHDA ARXIV MANBALARINING TUTGAN O\'RNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishinig vazifasi
- Kurs ishining strukturasi.
Kurs ishinig maqsadi: Tarixiy o‘lkashunoslikning asosiy manbalari hisoblangan arxeologik, etnologik, antropologik, toponimik, yozma va arxiv manbalarining ahamiyati, muzey manbalaridan foydalanish va ularning o‘lkamiz tarixini o‘rganishdagi ahamiyati kabi tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan.
Kurs ishinig vazifasi: Tarixiy o‘lkashunoslikning turlari, o‘lkashunosligi, Vatanimizning geografik o‘rni va tabiati, tarixiy o‘lkashunoslikda arxeologik, me’morchilik, etnologik, antropologik, toponimik, yozma va arxiv manbalarining ahamiyati haqida tasavvurga ega bo‘lish; - Tarixiy o‘lkashunoslikning turlari, uning manbalari va tarixshunosligi oid bilimlarga ega bo‘lish; - O‘lka tarixini o‘rganishda arxeologik, etnologik, o‘lkamizda shaharsozlik urbanizatsiyasi va davlatchilikning qaror topishi jihatlarini anglab etish imkoniyatiga ega bo‘lishi; Kurs ishining strukturasi. Ish kirish, ikki bob, to‘rt band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, umumiy hajmi 34 betni tashkil qiladi. I- BOB TARIXIY O‘LKASHUNOSLIKDA YOZMA MANBALARNING AHAMIYATI VA ULARNING TURLARI. 1.1. O‘lkamiz tarixi to‘g`risida dastlabki ma`lumotlar. (“Avesto”, boshqa fors manbalari, yunon-rim mualliflari asarlari, Xitoy manbalari). O‘lka tarixini o‘rganishda arxeologiya, etnografiya, yozma va moddiy madaniyat yodgorliklari bilan bir katorda arxivshunoslik, ya`ni arxiv xujjatlaridan foydalanishning axamiyati benixoya kattadir. Arxiv xujjatlarini kidirib topish, ular ustida ishlash va olingan ma`lumotlarni xayotga tadbik qilish bu juda murakkab ishdir. Arxivda tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, kolxoz, sov-xozlar, ayrim shaxslarning ko‘p yillik faoliyatlari haqidaa ma`lumot va xujjatlar saqlanadi. Yozma manbalar. Yozma manbalar o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi: 1.Rasmiy hujjatlar. Oliy va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan hujjatlar-yorliqar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy-hisob daftrlari, rasmiy yozishmalar. 2.tarixiy, geo-kosmografiya, hamda biografik asarlar “Zafarnoma”, Yoqut Hamaviy- “Mo‘`jam ul-buldon”, Abu Tohir xo‘ja “Samariya”, Xudoyberdi ibn Qo‘shmuhammad “Dili g`aroyib”, Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkarat ush-shuaro”, Bahouddin Hasan Nisoriy “Mazakkiri ahbob”, Mutribiy- “Xotiroti mutribiy”… O’lka materiallaridan va uning asosiy manbalardan biri bulgan arxiv xujjatlaridan foydalanish metodikasi bilan shugullanish juda muhim axamiyatga ega1. Arxivshunoslik kursi tarix fanining boshqa yo‘nalishlari o‘lkashunoslik, manbashunoslik, tarixshunoslik, muzeyshunoslik va shu kabi kurslari bilan ham chambarchas bog`liq. Talabalar tarix fanining ushbu yo‘nalishlari bilan tanishar ekan arxivshunoslik kursining nazariy asoslarini ham to‘laroq tushuna boshlaydi. Lekin talaba uchun arxivshunoslik kursining hozirgi bosqichdagi nazariyasi va amaliyoti nihoyatda muhim bir kasbiy mavqeni egallaydi. Bugungi taraqqiyotda har bir tashkilot o‘z xizmati nuqtai-nazaridan faoliyat ko‘rsatar ekan hujjatlarni ijod qilib, yaratibgina qolmasdan, chetdan o‘ziga zarur bo‘lgan axborotlarni hujjatlar vositasida qabul qilib ham oladi. Korxonami yoki shaxsning mana shunday faoliyati natijasida to‘planadigan yozma ma`lumotlar-hujjatlar-fondi (jamg`armasi)ni tashkil etadi. Ko‘pchilik korxonalarda arxiv faoliyatini yuritish va arxiv ishini bajarish amaliyotidan xabardor bo‘lmoqlikni shart qilib qo‘yadi. Arxiv-bu arxiv hujjatlari majmui, shuningdek arxiv muassasasi yoki korxona, muassasa va tashkilotning arxivi hujjatlarini qabul qiluvchi, saqlovchi va ulardan foydalanuvchi tarkibiy bo‘linmasi tushuniladi. Arxiv hujjatlari-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli ekspertiza asosida arxiv ahamiyatiga molik deb topilgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plenkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek turli moddiy ashyodagi yozuvlarni tushunish kerak. O‘zbekiston Respublikasining “Arxivlar to‘g`risida”gi Qonuni 1999 yil 15 aprelida qabul qilingan bo‘lib, 21 ta moddadan iboratdir. Ushbu qonun rxivlarni shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan munosabatlarni hamda O‘zbekiston Respublikasi arxiv muassasalari faoliyatini tartibga soladi. Qonun O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan barcha arxiv hujjatlarini to‘liq qamrab olishga, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining yaxlitligini saqlab qolishga va fuqarolar, jamiyat va davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida arxiv hujjatlarini hisobga olish, ekspertiza qilish ro‘yxatdan o‘tkazish, butlash hamda ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilashga qaratilgandir2. Download 145 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling