“Tarixiy tadqiqot metodologiyasi va zamonaviy usullari”


Xalqimizning qadim tarixga ega ekanligi haqida so‘z yuritar ekan, Prezident I.A.Karimov quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tadi


Download 20.77 Kb.
bet2/7
Sana07.11.2023
Hajmi20.77 Kb.
#1753452
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim 2-mavzu. O\'zbekistonda tarixshunoslik fani

Xalqimizning qadim tarixga ega ekanligi haqida so‘z yuritar ekan, Prezident I.A.Karimov quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tadi:

  • “Hozir O‘zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat SHarq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuprovdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarniig asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal toptan, Eramizgacha va undan qeyin qurilgan murakkab suv inshootlar», shu kungacha ko’rk-u fayzini, mahobatini yo‘qotmagan. Osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaxarsozlik san’ati yuksak bo‘lganidan dalolat beradi”

“Tarixiy tadqiqot usullari” Doniyorov A.X. Toshkent-2015 186-191-bet
O‘rta Osiyo xonliklarining Rossiya mustamlakasiga aylantirilishi bilan mustamlakachilik tuzumi tartibotlari tarix sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ko‘lami va mavzusiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Rus tarixchilarining yuqorida zikr etilgan O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixiga oid asarlarining aksariyati o‘zining bir yoqlamaligi, metropoliya manfaatlariga xizmat qilishga mo‘ljallanganligi bilan ajralib turadi.
XX asrning boshida milliy davriy matbuot «Sadoi Farg‘ona», «Sadoi Turkiston», «Oyna», «Najot», «Hurriyat» sahifalarida O‘zbekiston tarixi muammolariga oid ilk maqolalar e’lon qilina boshladi.
“Tarixiy tadqiqot usullari” Doniyorov A.X. Toshkent-2015 186-191-bet
  • Behbudiy komil inson bo‘lib etishishda va jamiyatni boshqarishda tarix fanining o‘rni beqiyosligini ta’kidlaydi. U «Tarix va jo‘g‘rofiya», «Turkiston tarixi», «Sart so‘zi majhuldir» kabi asarlarida faqatgina Vatan tarixini emas, Evropa va jahon mamlakatlari tarixini bilish zarurligi haqida so‘z yuritadi. Uning «Moziy istiqbolning tarozisidir», degan xitobi tarix tajribasida o‘zining to‘g‘riligini isbotladi.

Bu maqolalar mualliflari jadidchilik harakati namoyandalari bo‘lib, ular mamlakat rivoji, millatning tarakqiysi, o‘zlikni anglashda tarix fanining o‘rniga alohida e’tibor qaratdilar. Xususan, Mahmudxo‘ja Behbudiy faoliyatida tarix muammolarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etdi.
“Tarixiy tadqiqot usullari” Doniyorov A.X. Toshkent-2015 186-191-bet

Download 20.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling