“Tarixiy tadqiqot metodologiyasi va zamonaviy usullari”


Download 20.77 Kb.
bet4/7
Sana07.11.2023
Hajmi20.77 Kb.
#1753452
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim 2-mavzu. O\'zbekistonda tarixshunoslik fani

O‘zbekistonning zamonaviy “ilmiy tarixiy maydonida” faollashayotgan tarixshunoslik tobora tarixchilarning tadqiqotchilik amaliyotiga kirib borish diapazonini kengaytirmoqda,
yangi muammolarni aniqlab va ularni hal qilish orqali, ilmiy tarixiy bilish chegaralarini ham kengaytirmoqda.
Bu nafaqat bugun mamlakatimizda kechayotgan tarix fani tashkiliy funksional tizimidagi modernizatsiyalashuv jarayoni balkim, katta hajmdagi ilmiy tadqiqotchilik mummolarini mushohada qilish,
shuningdek, epistemologik va ijtimoiy madaniy “chaqiriqlar” sharoitida sifat jihatdan yangi “tarixiy polotno” yaratish bilan izohlanadi.
“Tarixiy tadqiqot usullari” Doniyorov A.X. Toshkent-2015 186-191-bet
  • Ilmiy tarixiy jaryonning “ustida”gi tarixshunoslik ayni paytda tarix fanining funksional muhitida bo‘lib, uning ajralmas va tarkibiy qismidir. O‘zbekiston tarixini qayta mushohada qilishda, tarix rivojini o‘rganishning konseptual yangilanishida, tadqiqotchilik muammolarini dolzarblashuvida tarixshunoslik muhim o‘rin tutadi.

Tarixshunoslik ramziy ma’noda professional tarixiy bilimlarning, tarix sohasida bilish jarayonini tadqiq qilishga yo‘naltirilgan qolaversa ilmiy mushohadaning haqqoniyligini ko‘rsatuvchi “lakmus qog‘ozi”, tarixchilar g‘oyalari va nuqtai nazarlari o‘rtasidagi arbitrdir.
“Tarixiy tadqiqot usullari” Doniyorov A.X. Toshkent-2015 186-191-bet

Tarixshunoslik haqida umuman gap yuritadigan bo‘lsak,


birinchidan,
ya’ni u yoki bu mavzuviy yoki xronologik ilmiy axborot hajmi umumlashtirilgan materiallar, tarixshunoslik planidagi ilk nashrlar 1920-30-yillarda vujudga kelgan edi
Undan so‘ng 1940-50-yillarda respublikada ilmiy tarixiy bilimlar rivojini ko‘rsatuvchi yakunlovchi mazmundagi ishlar chop etildi
“Tarixiy tadqiqot usullari” Doniyorov A.X. Toshkent-2015 186-191-bet
Ikkinchidan,
tarixshunoslik haqida ilmiy tarixiy tadqiqotlar va tarix fani rivoji haqidagi ilmiy bilimlar tizimi sifatida fikr yuritadigan bo‘lsak, vatan tarixshunosligi rivoji kontekstida 1950-yillarning oxiri,
va 1960-yillarni “tizimli epizodik” rivojlanish davri deb shartli ravishda xarakterlash mumkin. Gap shundaki bu davrda tarixshunoslik yordamchi funksiyalarni bajaruvchi “mavqega” ega bo‘lib, uning uning predmeti atrofida sobiq SSSR ilmiy tarixiy doiralarida qizg‘in bahslar olib borilayotgan edi.
“Tarixiy tadqiqot usullari” Doniyorov A.X. Toshkent-2015 186-191-bet
Uchinchidan,
1968 yilda FA Tarix institutida tarixshunoslik bo‘limining tashkil topishi O‘zbekistonda tarixshunoslikning mustaqil soha sifatida rivojlanishida muhim rol o‘ynaganligini alohida ta’kidlash lozimdir. Bu soha shakllanishi va rivojida B.V.Luninning xizmatlari ayniqsa yuksak e’tirofga sazovordir.
Muammo tarixshunosligi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu soha O‘zbekistonda 1970-yillarda, G.Jeltova, F.Qosimov va boshqa bir qator tadqiqotchilarning monografik asarlari chop etildi.


Download 20.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling