Mavzu: pedagogik jarayonni rivojlantirish


Download 97.2 Kb.
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi97.2 Kb.
#1512902
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Педагог.жараённи ривожл.


MAVZU: PEDAGOGIK JARAYONNI RIVOJLANTIRISH


REJA

  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM




  1. Motivlar - o‘quv-tarbiya jarayonini harakatlantiruvchi kuch sifatida




  1. Ta’limda o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish jarayonida tarbiyachi faoliyati




  1. Stimul – o‘quv- tarbiya jarayonini motivlashtirishning asosiy sharti sifatida

4. O‘quv-tarbiya jarayonida mantiqiy mushohada qilishda interaktiv texnologiyalarning ahamiyati




UMUMIY XULOSALAR


FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YHATI


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimidagi ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy ta’lim konsepsiyalari asoslanib, davr talablariga mos dastur, darsliklar tuzilganligi; tarbiyalanuvchilar o‘zlashtirishini jahon andozalariga mo‘ljallab DTSlar ishlab chiqib, joriy qilinganligi bunga yaqqol dalil bo‘la oladi. Bu shubhasiz, ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchilar o‘quv-biluv faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishning imkoniyatlarini oshirdi. Pedagogik nazariya zamonaviy g‘oyalar bilan boyitilib, pedagogik amaliyot yanada takomillashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda O‘zbekistonda ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirishga qaratilgan qator hujjatlarda ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, uni shaxsga - ta’lim jarayonining asosiy sub’ektlaridan biriga qaratish alohida ta’kidlab o‘tiladi. Shu munosabat bilan ta’lim tizimini isloh qilishning hozirgi bosqichida tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi munosabatlarning adekvat modelini qurish uchun tarbiyalanuvchi individual xususiyatlarini tahlil etishga yanada sinchkovlik bilan yondashish talab etiladi.
Qayd etilgan muammolarni tadqiq etish qator shart-sharoitlarga bog‘liq. Avvalo, ta’limda tarbiyalanuvchilar maqomini yangilash, ularni ta’lim jarayonining faol sub’ektiga aylantirish ehtiyoji tug‘iladi. Binobarin, bu masala muammoning ikkinchi tomoniga, ya’ni tarbiyalanuvchining ta’lim jarayoni sub’ektiga aylanish istagi va ehtiyojiga ham bog‘liq.

Download 97.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling